Yangihayot tumanidagi 122-sonli bog‘chaga amaliyot o‘tash uchun kelib, uxlamagan bolalarning tanasiga igna tiqib olgan kollej o‘quvchisi va bog‘cha tarbiyachisi 1,3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Toshkent shahridagi Yunusobod dehqon bozori yaqinida joylashgan do‘kon va dorixonada yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Qozog‘iston va Armaniston banklari Rossiya kompaniyalarining parallel import orqali yetkazib berilayotgan elektronika uchun to‘lovlarini bloklashni boshladi. “Kommersant”ning xabar berishicha, yetkazib beruvchilar elektronikani boshqa tovar kodlari ostida import qilishga harakat qilmoqda.
O‘zbekistonda yoz chillasining ilk kunlarida issiq qisqa muddatga biroz kuchsizlanadi. O‘zgidromet va SSV 25-iyundan boshlanadigan 40 kunlik saraton davrida issiqdan qanday himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
DXXga muhim axborot infratuzilmasi (MAI) obyektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlashda vakolatli organ sifatida monitoring olib borish, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, xorijiy davlatlar tajribasi asosida MAI obyektlarining yagona davlat reyestrini shakllantirish kabi vazifalar yuklatildi.
Toshkentning Yashnobod, Bektemir hamda Chilonzor tumanlaridagi ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 18:00 ga qadar vaqtincha o‘chirildi.
Tijorat banklari 8-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 395−11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 465−11 510 so‘m.
Toshkent shahrida konditsionerni yoqmasdan harakatlanib, yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘lgan 59-sonli avtobus haydovchilaridan biri jazolandi.
Yakkabog‘ tumanida VIII — IX asrlarga taalluqli toshdan qurilgan kuzatuv minorasi deya taxmin qilinayotgan obyekt topildi. Mutaxassislarga ko‘ra, ushbu minora zardushtiylarning daxmasi bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rimga bordi. Uni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Adliya vazirligi yo‘l belgilarining onlayn reyestrini joriy etishni taklif qildi. Taqiqlovchi belgilarni faqat hokimlar qarori bilan o‘rnatish taklif etilmoqda. Ular reyestrda bo‘lmasa, hech qanday huquqiy oqibatlar bo‘lmaydi. Yo‘llarni qurish va ta’mirlashda esa nogironlar huquqlari hisobga olinadi.
Yoshlar ishlari agentligi Samarqandda 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolgan to‘rt yigitga noutbuklar sovg‘a qildi va til kurslari xarajatlarini qoplab beradigan bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatida imzo to‘playotgan “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasi rahbari Xidirnazar Allaqulov qo‘lga olindi. IIB uning tarafdorlari bilan talablarga bo‘ysunmay, mojaro uyushtirgani, ikki xodimga tan jarohati yetkazganini iddao qildi. Allaqulov tarafdorlari provokatsiya bo‘lganini aytishmoqda.
DXX tomonidan Farg‘ona va Andijon viloyatlarida fuqarolarning ishonchiga kirib, Haj ziyoratiga yuborish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
XVJ ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva O‘zbekistondagi suv taqchilligi bo‘yicha savolga javob berib, suv resurslarining to‘g‘ri narxlanganiga ishonch hosil qilishga chaqirdi. Shuningdek, u Markaziy bank raisidan O‘zbekistonda suv bo‘yicha narx siyosati qanday ekanini so‘radi.
Jizzax shahrida ADM Jizzakh avtomobil zavodi hududida Koreyaning Dasan DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza — jami 9 ta medal bilan yakunladi. Umumjamoa hisobida ular 4-o‘rinni egalladi.
Tailandda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik velosportchilar aralash jamoaviy estafetada bittadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ombudsman Bo‘kada sodir bo‘lgan holatga munosabat bildirib, aybdorlar hibsga olinganini ijobiy baholashini qayd etdi. Munosabatda ta’kidlanishicha, qiynoqlarni oldini olish uchun shaffoflik ta’minlanishi kerak.
Toshkent shahri hokimligi Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalarida tezyurar avtobuslar yo‘laklarini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Loyihada xorij tajribasi asosida ko‘chalarni optimallashtirish nazarda tutilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting