Hukumat advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Mazkur hujjat 10 yilga advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha hududiy adliya organlari tomonidan beriladi. Guvohnomani berish uchun to‘lov undirilmaydi.
O‘zgidromet 5−8-iyun kunlari O‘zbekistonga Erondan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati +42 darajagacha ko‘tarilishidan ogohlantirdi. Joylarda shamol tezligi soniyasiga 15−20 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
O‘zbekistonda zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatadigan Zilzila mobile nomli dastur yaratildi. Unda yer silkinishi paytida, oldin va keyin qanday harakatlar amalga oshirish kerakligi bo‘yicha va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun testlar mavjud.
Haj-2023 mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 68 mln 760 ming so‘m etib belgilandi. Oldingi yilda bu miqdor 62,9 mln so‘m bo‘lgandi. Ziyoratchilar 4-iyundan 19-iyungacha Madina shahriga yuboriladi.
Ozarbayjonda o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida Svetlana Osipova finalgacha yetib borib, kumush medalni oldi. Avvalroq ushbu musobaqada Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov bronza medalini qo‘lga kiritgandi.
Senatorlar Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlariga ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, jumladan, daraxtlarni kesish, atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik uchun jarima solish va qamoqqa olish imkoniyatini beruvchi qonunni ma’qulladi.
2025-yildan Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir eksportini bosqichma-bosqich 25 barobardan ziyodroqqa oshirmoqchi. 2022-yilda mamlakatga 13,6 mln dollarlik 487,9 ming tonna ko‘mir yetkazib berilgan.
Tijorat banklari 2-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360−11 405 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 425−11 465 so‘m.
Sharof Rashidov tumanida 18 yoshli qiz o‘zini to‘qqiz qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
XMT, YUNISEF va Jahon banki O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishladi. Bayonotda bu ijtimoiy himoyadagi tarqoqlik va kamchiliklarni bartaraf etishiga ishonch bildirilgan. Mutaxassislar va xalqaro tashkilotlar ko‘p yillardan buyon shunday agentlikni tashkil etishni talab qilib kelayotgandi.
Qozog‘istonda ikkita yangi — dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadigan Onalar kuni va Otalar kuni bayramlar ro‘yxatiga kiritildi.
Shilqimlik uchun 5 sutkaga qamalgan “prankchilar”, Toshkentda avgustgacha oshmaydigan yo‘lkira, “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” sammitida qatnashadigan Mirziyoyev, tomorqasida band bo‘lganlarga ham mehnat staji hisoblanishi, xususiylashtirilayotgan “UNG Petro” va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Mansurbek Olloyorov O‘zbekiston prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Davlat bayrog‘idan foydalanishni kengaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev saylovoldi nutqida shunday taklif bilan chiqqandi. Bayroqni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.
Click kompaniyasi 36 va 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarda bayramona tadbirlar tashkillashtirdi, hamda Aloha Mental Arithmetic 2023 VI respublika musobaqasiga homiylik qildi.
Buxoroda O‘zbekistonda ilk bor elektromobillardan foydalaniladigan taksi xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda. U Eco-taxi brendi ostida ishlaydi.
Poytaxtning Chilonzor tumani “Naqqoshlik” mahallasida joylashgan 32 xonadondan iborat to‘rt qavatli uyda yoriqlar aniqlandi. Undagi 15 ta xonadonda istiqomat qiluvchilar o‘z qarindoshlarinikiga ko‘chib o‘tmoqda, 17 oila esa vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi.
May oyi oxirida Toshkent jamoat transporti uchun moslashuvchan tariflar joriy etilishi kerak edi. Biroq, shahar kengashi “tariflarning oshishiga qat’iyan qarshi” chiqdi. Deputatlar o‘zgarishlarni 1-avgustga qoldirdi. “Gazeta.uz” yangi tizimga o‘tish nega zarurligini tushuntiradi.
Rossiya armiyasining Kiyevga uyushtirgan navbatdagi havo hujumida 3 kishi, jumladan bir bola qurbon bo‘ldi. Bu so‘nggi bir oy ichida Ukraina poytaxtining kamida 18-marta o‘qqa tutilishi hisoblanadi.
O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammitida ishtirok etadi. Sammit 2-iyun kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting