Og‘ir atletikachi Doston Yoqubov Qatarda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
4 yanvar 2023, 14:48

Og‘ir atletikachi Doston Yoqubov Qatarda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Doston Yoqubov Qatardagi xalqaro musobaqada uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

SSV tizimida yana bir bor «Korrupsiyaga qarshi kurash yili» e’lon qilindi
4 yanvar 2023, 14:26

SSV tizimida yana bir bor «Korrupsiyaga qarshi kurash yili» e’lon qilindi

Dekabr so‘ngida sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangan Amrillo Inoyatov tizimda 2023 yilni Korrupsiyaga qarshi kurash yili deb e’lon qildi. «Ishonch telefoni sifatida o‘zimning shaxsiy raqamimni ham kiritaman», — dedi u. Vazirlik tizimida 2020 yil ham korrupsiyaga qarshi keskin kurash yili bo‘lgandi.

Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan 4 kishi vafot etdi
4 yanvar 2023, 13:22

Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan 4 kishi vafot etdi

Yakkabog‘ tumanida Nexia-2 avtomashinasi 4 piyodani urib yubordi. Ulardan 3 nafari voqea joyida, 1 nafari shifoxonada vafot etdi. Haydovchi tegishli tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Namanganda kanalga tushib ketgan Nexia-2 olib chiqildi
4 yanvar 2023, 13:13

Namanganda kanalga tushib ketgan Nexia-2 olib chiqildi

Chortoq tumanida boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketgan Nexia-2 FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi. Mashina salonida ikki kishi bo‘lgan.

Dekabr oyida kelgan «Dok-1 Maks» dorilari Davlat bojxona qo‘mitasi omborlarida saqlanmoqda
4 yanvar 2023, 12:59

Dekabr oyida kelgan «Dok-1 Maks» dorilari Davlat bojxona qo‘mitasi omborlarida saqlanmoqda

O‘zbekistondagi bojxona omborlarida dekabr oyida kelgan «Dok-1 Maks» preparatining uchta partiyasi (taxminan 60 ming quti) va undan oldin kelgan ikki partiyasi saqlanmoqda. Mamlakatda uning ta’sirida vafot etgan 20 ga yaqin bola voqeasidan keyin dori-darmonlarni sotish taqiqlandi.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
4 yanvar 2023, 12:35

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

Odam savdosi jinoyati bo‘yicha gumonlanayotgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Uni qo‘lga olish Toshkent Interpol va Kuala-Lumpur Milliy markaziy byurolarining hamkorligida amalga oshirildi.

O‘zbek-tojik chegarasi yaqinida 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi
4 yanvar 2023, 12:25

O‘zbek-tojik chegarasi yaqinida 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi

Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi. Giyohvandlik vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqandda 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
4 yanvar 2023, 12:18

Samarqandda 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

Ishtixon tumanida tadbirkor 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Iste’molchi foydalanilgan elektr energiyasi miqdorini sun’iy ravishda buzib (pasaytirib) ko‘rsatib kelgan.

2 mlndan ortiq haydovchilik guvohnomasi haligacha yangisiga almashtirilmagan — IIV
4 yanvar 2023, 11:49

2 mlndan ortiq haydovchilik guvohnomasi haligacha yangisiga almashtirilmagan — IIV

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va «texpasport»ni yangisiga almashtirish muddati (berilgan vaqtiga qarab) 2023 yilda yakunlanadi. Hozirgacha 2 mlndan ortiq «prava», 557 mingdan ortiq «texpasport»lar yangisiga almashtirilmagan. IIV haydovchilarni e’tiborsiz bo‘lmaslikka chaqirdi.

Toshkent viloyatida noqonuniy faoliyat yuritgan «zapravka» mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
4 yanvar 2023, 10:54

Toshkent viloyatida noqonuniy faoliyat yuritgan «zapravka» mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Yangiyo‘l tumanida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan «zapravka»ni aniqladi. Holat bo‘yicha AGTKSH va «O‘ztransgaz» hududiy boshqarmasi mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Buxorodagi o‘quv markazi yerto‘lasida portlash yuz berdi
4 yanvar 2023, 10:35

Buxorodagi o‘quv markazi yerto‘lasida portlash yuz berdi

Buxoro shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan o‘quv markazi yerto‘lasida portlash sodir bo‘ldi. 3 dona eshik va rom joyidan siljigan va 70 kv.m maydonda tom qismi plastik qoplamasi zararlangan. Jarohat olganlar yo‘q.

Qamchiq dovonida qolib ketgan fuqarolar evakuatsiya qilindi (yangilandi)
4 yanvar 2023, 09:51

Qamchiq dovonida qolib ketgan fuqarolar evakuatsiya qilindi (yangilandi)

Qamchiq dovoni qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sababli yopildi. Hududda qolib ketgan yo‘lovchilarga maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi va isinish maskanlari tashkil etildi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 300 so‘mdan oshdi
4 yanvar 2023, 09:42

Banklarda dollarning sotish kursi 11 300 so‘mdan oshdi

Tijorat banklari 4 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 170 — 11 260 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 300 — 11 305 so‘m.

Sirdaryoda «Dok-1 Maks» siropi 7 nafar bolaga nojo‘ya ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi
4 yanvar 2023, 09:37

Sirdaryoda «Dok-1 Maks» siropi 7 nafar bolaga nojo‘ya ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi

Sirdaryo viloyati SSV rahbari o‘rinbosari «Dok-1 Maks» dori vositasi 7 nafar bemor bolaga nojo‘ya ta’sir qilganini ma’lum qildi. Hozirda ulardan 4 nafari sog‘ayib chiqqan, 3 nafari esa jonlantirish bo‘limida davo-muolajalarini davom ettirmoqda.

Toshkentdagi sobiq «Yubileyniy» sport majmuasi o‘rnida Alpomish muz saroyi ochildi
3 yanvar 2023, 23:18

Toshkentdagi sobiq «Yubileyniy» sport majmuasi o‘rnida Alpomish muz saroyi ochildi

Toshkentda sobiq «Yubileyniy» sport majmuasi o‘rnida Alpomish muz saroyi foydalanishga topshirildi. Sport inshootini rekonstruksiya qilish ishlari dastlab 2020 yil 1 sentabrgacha yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, ikki yildan ortiq davom etdi.

O‘zbekiston SSVning yangi rahbari Quramax`ning barcha dorilari savdosini to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi
3 yanvar 2023, 22:47

O‘zbekiston SSVning yangi rahbari Quramax`ning barcha dorilari savdosini to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi

SSVning yangi rahbari Amrillo Inoyatov dorixonalarga yo‘llagan xatida Quramax 2022 yilda import qilgan barcha dorilarning sotilishini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berdi. «Dok-1 Maks» va «Ambronol» preparatlarining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalarini bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi ham kiritilgan.

Toshkent — Olmaota reysidagi hodisada 3 nafar o‘zbekistonlik jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
3 yanvar 2023, 16:57

Toshkent — Olmaota reysidagi hodisada 3 nafar o‘zbekistonlik jarohatlangani ma’lum bo‘ldi

Air Astana avikompaniyasining Toshkent — Olmaota reysi samolyoti turbulentlik hududiga tushib qolishi oqibatida jabrlanganlar orasida 3 nafar o‘zbekistonlik fuqarolar borligi ma’lum qilindi. Bosh konsulxona xodimlari ular bilan uchrashib, fuqarolarning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Samarqandda jamoat joyida xavfli manyovrlar qilgan Mercedes-Benz haydovchisi qamaldi
3 yanvar 2023, 16:10

Samarqandda jamoat joyida xavfli manyovrlar qilgan Mercedes-Benz haydovchisi qamaldi

Samarqandda Yangi yil bayrami kechasi Mercedes-Benz mashinasida xavfli manyovrlar bilan driftlar bajargan haydovchi 15 sutkaga qamaldi. U tartibga chaqirishga uringan xodimlarning talablariga ham bo‘ysunmagan.

Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
3 yanvar 2023, 14:13

Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Energetika vazirligi Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi. «Hozirda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi xabarda.

AQSh elchixonasi mamlakatga Meksika orqali kirishga urinayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
3 yanvar 2023, 14:10

AQSh elchixonasi mamlakatga Meksika orqali kirishga urinayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

AQShning Toshkentdagi elchixonasi Meksika orqali mamlakat hududiga kirishga urinayotgan o‘zbekistonliklarni o‘z hayotlarini jinoyatchilik, odam savdosi hamda moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanish xavfi ostiga qo‘yishlaridan ogohlantirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting