Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi. Marosimda Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy ishtirok etdi.
Bosh prokuratura aralashuvi bilan bayroq rangidagi tasma taqqan qamashilik yigitga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qaror bekor qilindi. Shuningdek, mazkur qarorning noqonuniy ekani ma’lum qilindi.
Mudofaa vazirligi O‘zbekistonda 174 nafar Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari yashashini ma’lum qildi. Eng ko‘p urush va front orti qatnashchilari Toshkent shahri (55 nafar), Toshkent (26 nafar) va Farg‘ona (19 nafar) viloyatlarida umr kechirmoqda. Ularning eng yoshi — 78, eng ulug‘i — 112 yoshda.
9-may oqshomida Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i hududida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayramona mushakbozlik tashkil etiladi.
Ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari vakillari qiynoqqa solingan tadbirkorlar Dilshod To‘raxo‘jayev va Hasanboy Abdunabiyev saqlanayotgan “Toshturma”da bo‘ldi. O‘tkazilgan xoli suhbatlarda ular ruhiy va jismoniy qiynoqlarga solinganini tasdiqlab, bunga asosli dalillar borligini aytishgan.
Qamashi tumanidagi bozorda IIO xodimlari O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi tasma taqqan yigitni qo‘lga oldi. U tasmani yechishdan bosh tortdi, shundan so‘ng yigit bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, sudga taqdim etish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.
Prezident Ilxomjon Abdugafarovni transport vaziri o‘rinbosari etib tayinladi. Bunga qadar u Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Germaniyaning Siemens konserni Buxorodagi qozonxona va Qashqadaryodagi issiqlik elektr markazi uchun gaz turbinalari yetkazib beradi, shuningdek, O‘zbekistonda bir qancha elektr stansiyalar quradi.
Toshkentda boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatining (IBA) dastlabki 5 kunida O‘zbekiston terma jamoasi faqat bir marta mag‘lubiyatga uchradi. 6-may kuni terma jamoaning yana 2 nafar vakili bahsga kirishadi.
To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaro 23 yoshli sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Shundan so‘ng o‘ziga ham pichoq urgan erkak shifoxonaga olib ketildi. Bosh prokuratura ular 2022-yilda ajrashgani, ammo majburan birga yashab kelganini bildirdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona tumanida erkak “jo‘jalarni yeb ketayotgani uchun” mushukni pnevmatik ov quroli bilan otib o‘ldirgani aniqlandi. Shuningdek, bug‘uni bo‘g‘izlab o‘ldirgani aks etgan surat tarqaldi. Tuman IIB tomonidan uning quroli olib qo‘yilib, ish bo‘yicha hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.
Shanba kuni Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari bo‘ylab qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Xorazm markazi Urganchda esa 1 sutka davomida 23.7 mm yomg‘ir yog‘ib o‘tgan. “Qor va haroratning nolgacha pasayishi meva va gullarni sovuq urishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin”, — deb yozmoqda O‘zgidromet xodimi Erkin Abdulaxatov.
O‘zbekiston prezidenti qarori bilan turoperatorlarga 5 va undan ortiq xorijiy sayyohlar uchun turpaketlar sotishida QQSning 20 foizi qaytarilishi, sayyohlik kompaniyalari va mehmonxonalarga avtobuslarni olib kirishda QQSni 12 oy davomida foizsiz va shartsiz to‘lash imkoniyati berilishi belgilandi.
Qarshi tumanida Nexia-3 qarama-qarshi tomondan kelayotgan Nexia-2 bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 2 yo‘lovchi hodisa joyida vafot etdi, yana 2 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Qulupnayli pechenelar, mini-pirog, qulupnayli muzqaymoq, pishirishni talab etmaydigan qulupnay va tvorogli tort va boshqalar — Zira.uz shirin va tez tayyorlanadigan qulupnayli shirinliklar ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va FIFA rahbari Janni Infantino uchrashuvida O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sport tashkiloti rahbari mamlakat prezidentiga uning familiyasi hamda 24 raqami tushirilgan futbolka tortiq qildi.
Tarmoqlarda 15−18 yoshlardagi qiz va ikki o‘g‘il yigitning psixotrop modda bilan ushlab turgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIBga ko‘ra, ularda psixotrop modda yoki sovuq qurol aniqlanmagan. Ammo ulardan ikkisi va videoni tarqatgan shaxs jarimaga tortilgan.
Fransiya prezidentining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi, Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiya sudi, Surxondaryodagi chang bo‘ronlari, poytaxt avtobuslarida yo‘qolayotgan “kunlik plan”, o‘g‘li 4 nafar qizga tegajog‘lik qilgani aytilgan bog‘cha direktori ishdan olingani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Sud Dauletmurat Tajimuratovning asosiy advokati kelmagani sababli Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha jinoyat ishi doirasida apellyatsiya jarayoni boshlanishini 10-mayga qoldirdi. Ayblanuvchi prokurorlarni almashtirish va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarishni so‘radi, biroq rad javobini oldi.
JSST rahbari Tedros Gebreyesus COVID-19 tarqalishi sog‘liqni saqlash sohasida global favqulodda holat maqomini yo‘qotganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting