ACWA OTB ko‘magida Buxoroda 2 ta shamol elektr stansiyasini quradi
25 aprel 2023, 11:55

ACWA OTB ko‘magida Buxoroda 2 ta shamol elektr stansiyasini quradi

Osiyo taraqqiyot banki va Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi Buxoro viloyatidagi Bosh va Jonkeldi shamol elektr stansiyalarini rivojlantirish uchun 174 mln dollarlik kreditlarni imzoladi.

Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi
25 aprel 2023, 10:13

Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Deputatlar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimiga Baxtiyor Saidov nomzodini ma’qulladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan u ushbu lavozimga tasdiqlandi. 2022-yil oxirida Baxtiyor Saidov TIV v.b. etib tayinlangandi.

Banklarda dollar kursi 11 480 so‘mgacha oshdi
25 aprel 2023, 09:49

Banklarda dollar kursi 11 480 so‘mgacha oshdi

Tijorat banklari 25-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 410 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 425 — 11 480 so‘m.

Qashqadaryodagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi
25 aprel 2023, 09:27

Qashqadaryodagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi

Kitob tumanidagi ko‘p qavatli xonadonlarning birida gaz portladi. Oqibatda uyning deraza va eshik romlariga zarar yetdi. Bir nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.

Jizzaxda Tatariston ishtirokida kimyo-sanoat texnoparki ochiladi
24 aprel 2023, 21:40

Jizzaxda Tatariston ishtirokida kimyo-sanoat texnoparki ochiladi

Tatariston raisi Rustam Minnixanov Jizzaxda kimyo-sanoat texnoparki qurilishi startida ishtirok etdi. O‘tgan yili Chirchiq shahrida qo‘shma texnopark foydalanishga topshirilgandi. Tatariston rahbarini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qildi.

Toshkentda 16 yoshli qiz 3-qavatdan yiqilib tushdi
24 aprel 2023, 17:20

Toshkentda 16 yoshli qiz 3-qavatdan yiqilib tushdi

Yunusobod tumanida yashovchi 16 yoshli qiz 3-qavatda balkon oynasini artayotib, ehtiyotsizligi oqibatida yiqilgan. Bosh prokuratura jarohat olgan qizning ahvoli hozirda yaxshi ekani, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Toshkentda xalqaro landshaft san’ati ekofestivali bo‘lib o‘tadi
24 aprel 2023, 13:16

Toshkentda xalqaro landshaft san’ati ekofestivali bo‘lib o‘tadi

27−29-aprel kunlari Toshkentda GreenArt xalqaro landshaft san’ati ekofestivali bo‘lib o‘tadi. Uning vazifasi ekologik madaniyatni oshirish va mamlakatdagi ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish muammolariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.

Toshkentda Gentra haydovchisi katta tezlikda YPX xodimlaridan qochib, to‘qnashuv sodir etdi
24 aprel 2023, 11:53

Toshkentda Gentra haydovchisi katta tezlikda YPX xodimlaridan qochib, to‘qnashuv sodir etdi

Yakkasaroy tumanida guvohnomaga ega bo‘lmagan haydovchi Gentra mashinasida YPX inspektoridan qochib, katta tezlikda harakatlandi. Oqibatda skuter va Cobalt bilan to‘qnashdi, 2 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

O‘zbekistonda bir haftada yangi hosil piyozi narxi 2 baravarga pasaydi — EastFruit
24 aprel 2023, 10:54

O‘zbekistonda bir haftada yangi hosil piyozi narxi 2 baravarga pasaydi — EastFruit

Ichki bozorga yetkazib berish hajmi keskin oshgani sababli O‘zbekistonda yangi piyoz narxi 2 baravarga pasaydi, bu 2022-yilgi narxlar bilan teng degani. O‘tgan yilgi hosil piyozi narxi esa 17 foizga tushgan, lekin bir yil oldingi narxdan 1,5 marta yuqori, deb yozmoqda EastFruit portali.

Buxoroda maktab direktori 900 ming so‘m pora bilan ushlangani aytilmoqda
23 aprel 2023, 10:44

Buxoroda maktab direktori 900 ming so‘m pora bilan ushlangani aytilmoqda

Qorako‘l tumanidagi maktablardan birining direktori 900 ming so‘m pora bilan ushlangani aytilmoqda. U bu pulni fuqarolarni farrosh va qorovul lavozimiga ishga qabul qilgani evaziga olayotganda qo‘lga tushgan.

Silk Avia tijoriy reyslarni yo‘lga qo‘yadi
22 aprel 2023, 16:36

Silk Avia tijoriy reyslarni yo‘lga qo‘yadi

25-apreldan Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi Toshkentdan Termiz, Navoiy, Namangan, Qarshi va Urganchga (Buxoro va Samarqand orqali) tijoriy reyslarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston qazib olishning qisqarishi fonida gaz importini keskin oshirdi
22 aprel 2023, 15:52

O‘zbekiston qazib olishning qisqarishi fonida gaz importini keskin oshirdi

Mart oyida O‘zbekiston 151,2 mln dollarlik gaz import qildi, bu 2022-yil davomida qilingan importning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Mahalliy gaz ishlab chiqarishning qisqarishi fonida ko‘rsatkich keskin ko‘tarildi. Ko‘mir, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish ham oshdi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti birinchi chorakda 5,5 foizga o‘sdi
22 aprel 2023, 15:29

O‘zbekiston iqtisodiyoti birinchi chorakda 5,5 foizga o‘sdi

Yanvardagi prognoz ancha past bo‘lganiga qaramay, 2023-yilning birinchi choragida O‘zbekiston YAIM 5,5 foizga o‘sdi. Sanoat ishlab chiqarish va qurilish hajmi sezilarli darajada oshdi, yanvar-fevral oylarida ikkala ko‘rsatkich ham o‘tgan yildagidan ancha past bo‘lgan edi.

Qo‘qonda Gentra va Mercedes-Benz to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
22 aprel 2023, 12:18

Qo‘qonda Gentra va Mercedes-Benz to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Qo‘qon shahrida Gentra ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelgan Mercedes-Benz mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, 2 haydovchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

U-20 jahon chempionatiga qur’a tashlandi: O‘zbekiston guruhda mezbon Argentinaga qarshi o‘ynaydi
22 aprel 2023, 11:52

U-20 jahon chempionatiga qur’a tashlandi: O‘zbekiston guruhda mezbon Argentinaga qarshi o‘ynaydi

Juma kuni Shveysariyada U-20 jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Osiyo chempioni sifatida qatnashayotgan O‘zbekiston yoshlar jamoasi turnir mezboni — Argentina joy olgan A guruhidan o‘rin egalladi. Bu guruhda, shuningdek, Gvatemala va Yangi Zelandiya jamoalari ham bor.

Qamchiq dovonida DAF va Damas mashinalari YTHga uchradi
22 aprel 2023, 11:26

Qamchiq dovonida DAF va Damas mashinalari YTHga uchradi

Qamchiq dovonida DAF yuk mashinasi boshqaruvi yo‘qotilib, o‘rta temir to‘siqqa urildi. Undan qochgan Damas esa xandaqqa tushib ketdi. YTH oqibatida 3 kishi jarohatlanib, shifoxonaga olib ketildi.

Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya orqali iqlim bo‘yicha maqsadlarga erishish
22 aprel 2023, 10:49

Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya orqali iqlim bo‘yicha maqsadlarga erishish

Qazilma yoqilg‘ilar sayyora, insoniyat va iqtisodiyot uchun boshi berk ko‘chadir. BMTTD doimiy vakili Matilda Dimovska Xalqaro yer kuniga bag‘ishlangan maqolasida BMTTD ko‘magida O‘zbekistonda “yashil” texnologiyalar sohasida joriy etilayotgan ilg‘or tajribalar haqida yozadi.

Uzbekistan Airways ilk bor A330 samolyotidan foydalanishni boshlaydi
22 aprel 2023, 09:06

Uzbekistan Airways ilk bor A330 samolyotidan foydalanishni boshlaydi

Uzbekistan Airways Litva kompaniyasidan uzoq masofalarga uchuvchi ikkita Airbus A330 samolyotini bir yil muddatga ekipaji va boshqa xarajatlari ichida bo‘lgan holda ijaraga oldi. Ulardan birinchisi Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Mazkur samolyotning ilk reysi 23-aprel kuni Istanbulga rejalashtirilgan.

Toshkentdagi maktabda 2 o‘quvchi qiz 14 yoshli qizni “samosud” qildi
22 aprel 2023, 00:42

Toshkentdagi maktabda 2 o‘quvchi qiz 14 yoshli qizni “samosud” qildi

Yangihayot tumanidagi maktabning 16, 17 yoshli o‘quvchi qizlari 14 yoshli qizni urib, unga yengil jarohat yetkazdi. Qizlarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Voqea yuzasidan bezorilik holati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Farg‘onada tom bosib qolgan ikki ishchi qutqarib olindi
21 aprel 2023, 15:51

Farg‘onada tom bosib qolgan ikki ishchi qutqarib olindi

Farg‘ona shahrida ta’mirlanayotgan uyning tomi qulab tushib, ikki ishchini bosib qoldi. Ular FVB qutqaruvchilari tomonidan chiqarib olindi va shifoxona joylashtirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting