O‘zbekistonda 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga qabul qilishda ijtimoiy soliqni ish beruvchiga qaytarish tartibi qayta joriy etiladi. Ushbu imtiyoz 2021−2022-yillarda amalda bo‘lgan, 9 mingta korxona undan foydalangan va ularga 150 mlrd so‘m qaytarilgan.
Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Atilla Gulan boshchiligidagi Turkiya harbiy delegatsiyasi Mudofaa vazirligida O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qarshidagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga tashrif ham kutilmoqda.
Fransiyaning Alstom kompaniyasi Toshkent ichidagi tramvay liniyasining optimal yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi, deya ma’lum qildi O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni tramvaylarni mahalliylashtirish talabini qo‘ymoqda.
27−30-aprel kunlari yengil atletika bo‘yicha Toshkentda beshinchi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 40 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 524 nafar sportchi ishtirok etadi.
Tabiat resurslari vazirligi 10-mayga qadar davom etadigan “Toza havo” oyligi doirasida vazirlik, korxona va hokimliklarning barcha xodimlarini har jumani “Avtomobilsiz kun” sifatida o‘tkazishga chaqirdi.
O‘zbekistonda aholidan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiyalarning eng yuqori miqdori BHMning 20 foizidan ko‘p bo‘lmasligi belgilandi.
O‘zbekiston litiy qazib olish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymoqchi. Geologiya vazirligi mamlakatda boshqa “texnologik metallar” deb ataluvchi sohani rivojlantirishni istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rmoqda.
Toshkentda O‘zbekiston va Italiya mudofaa vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Har ikki davlatning ekstremizm, diniy radikalizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda umumiy maqsadlari borligi qayd etildi.
Chexiya bosh vaziri Petr Fiala Toshkentda O‘zbekiston prezidenti va bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Chexiya tomoni uran va mis sotib olish, tramvay, poyezd va samolyotlar yetkazib berishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni tashkil etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Sergeli tumanida enaga qaramog‘ida qolgan 3 yoshli qiz vafot etdi. Marhumaning onasi bolani tanishinikida qoldirib ketganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotida amaliy hamkorlik, savdo munosabatlari va korxonalar kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini ko‘rib chiqdi. Konstitutsiyaviy referendumning Rossiya hududida o‘tkazilishiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Putinga minnatdorlik bildirildi.
Chortoq tumanida talaba qizni va dugonalarini ko‘p bora bezovta qilib, hatto onasini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan erkakka nisbatan 4,9 mln so‘m jarima jazosi qo‘llanildi.
Asaka tumanida 30 yashar shoshilinch tibbiy yordam shifokori bemorning eri va sheriklari tomonidan kaltaklandi. Bunga erning rashk qilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.
Hozirda bezovtalik va depressiya kabi ruhiy kasalliklar keng tarqalgan. JSST Markaziy Osiyo davlatlarini ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qilish uchun oilaviy shifokorlar darajasida ruhiy salomatlik xizmatini joriy etishga taklif qilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” tashkilot vakili bilan suhbatlashdi.
Shuhrat G‘aniyev Turkmaniston VM raisi o‘rinbosari bilan Turkmanistonda joylashgan O‘zbekiston suv xo‘jaligi obyektlarida ishlovchilar uchun “vaxta” rejimini bekor qilish, 2 ta chegara posti faoliyatini qayta tiklash, Amudaryo suv resurslarini birga boshqarishni avtomatlashtirish kabi masalalarni muhokama qildi.
Shayxontohur tumanidagi maktabning 5 nafar o‘quvchi qizi uy yerto‘lasida bir qizni kaltakladi. Holatga izoh bergan Toshkent shahri maktab ta’limi boshqarmasi ichki ishlar xodimlari tergov-surishtiruv ishlarini olib borayotganini bildirdi.
Denov tumanida ayol ko‘chaga o‘ynagani chiqqan qizini undan berkinib olgani uchun tayoqcha bilan kaltakladi. Qiz tuman markaziy kasalxonasida davolanmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilyapti.
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik va shunga da’vat qilish BHMning 1 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Silk Avia ikki kun ichida 250 ga yaqin chiptani sotishga ulgurdi. Seshanba kuni u ilk tijoriy reysini amalga oshirdi. Toshkentdagi taqdimotda hududlar o‘rtasidagi qatnovni tiklashi aytilayotgan havo kompaniyasini jamoat transporti bilan taqqoslashdi — “o‘tirding va ketding”. “Gazeta.uz” sinov parvozida bo‘ldi.
Tijorat banklari 26-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 345 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 410 — 11 460 so‘m.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting