O‘zbekiston xalq artisti Guli Xamrayeva 76 yoshida vafot etdi. Marhuma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi bo‘lgan.
19-aprel kuni Toshkent metropoliteni “Yer usti halqa yo‘li”ning 7-bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi. Bu vaqtda yangi bekatlarni texnik jihatdan bog‘lash ishlari amalga oshiriladi. 6−7-bekatlar oralig‘ida qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent viloyatidagi Krasnogorsk qo‘rg‘onini Parkent, Toshkent va Nurafshon shaharlari bilan bog‘lovchi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Har bir yo‘nalishga 4 tadan transport ajratildi.
O‘zbekistonda pomidor narxi bir haftada 33 foizga tushib ketdi (22 ming so‘mgacha) va bu pasayish tendensiyasining boshlanishi hisoblanadi, demoqda EastFruit ekspertlari. Hozirda qizil dumaloq pomidor narxi o‘tgan yilgidan 16% ga yuqori bo‘lsa, pushti pomidor narxi 1,5 barobar yuqoriligicha qolmoqda.
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya hukumati rahbari o‘rinbosari Aleksandr Novak O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyatlari, shuningdek, “Rosatom”ning yangi atom energetikasi inshootlarini qurishda ishtiroki istiqbollarini muhokama qildi.
Shanba kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon viloyatining 2 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali gaplashdi. Savdo-iqtisodiy (Shovot-Toshovuz chegaraoldi savdo sonasini tashkil etish), energetika va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tarmoqlarda Shahrixon tumanida IIO xodimlari fuqarolar bilan mushtlashayotgani aks etgan video tarqaldi. Uch fuqaroga JKning 3 ta moddasi bilan hujjat rasmiylashtirildi. Xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Qozog‘istonning Ostona shahrida sport kurashlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza — jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Pop tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan DAF yuk mashinasi temir to‘siqqa urilib, to‘liq yonib ketdi. Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Kartoshkadan tayyorlangan pishloqli toblatma, klyotskalar, chalpak, krem-sho‘rva, manti va boshqalar — Zira.uz mazali kartoshkali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Qozog‘iston va Xitoy hukumatlari o‘z fuqarolari uchun har ikki yo‘nalishda ham vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda. Vizasiz qolish muddati chegarani kesib o‘tgan paytdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.
Senat 2025-yilgacha banklarning ustav kapitalini bosqichma-bosqich kamida 500 mlrd so‘mgacha oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlarni ma’qulladi. Aksiyador va yakuniy benefitsiarlari ofshor zonada joylashgan norezidentlarga nisbatan talablar ham yumshatildi. MB rahbari o‘rinbosari o‘zgarishlarga izoh berdi.
O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida bo‘lgan kuchli shamol, Shuhrat Abdurahmonov atrofidagi gap-so‘zlar, my.gov.uz orqali “pravani” rasmiylashtirish tartibi, Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga berilayotgan yegulik ichidan chiqqan tabletka, dam olish kunlariga salqin havo va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Taxtaqoracha dovonida yuk mashinasi pastlikka qulab, yonib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi kabinadan sakrab tushishga muvaffaq bo‘lgan.
“Kelgusi uch yilda tayyor mahsulot eksportini 2 baravar oshirish reja qilganmiz. Bunga erishishning birdan bir yo‘li — Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish. Bu 164 ta davlat bilan adolatli savdo tizimini yo‘lga qo‘yish va barqaror bozorlarni yaratish imkonini beradi, — deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev.
TalentLab rekruting agentligi ekspatlar va o‘zbek ishbilarmonlari bir-birlarining umidlarini oqlamayotganini aniqladi. Xorijlik mutaxassislar vazifalarning noaniq belgilanishi va mahalliy kadrlar intizomining sustligidan norozi. Ish beruvchilar esa chet elliklar so‘rayotgan maosh va ularning ish natijalaridan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya gaz ittifoqi loyihasini muhokama qilishda “jumladan, prezidentlar darajasida faol olg‘a siljishganini” aytdi.
Markaziy bank aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya ma’lumotlarini e’lon qilishni qayta boshladi. Yanvar oyida bu ko‘rsatkich 19,5 foizgacha o‘sgan, bu pandemiyasi cho‘qqisiga chiqqan 2020-yil iyul oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Ammo unda rasmiy inflyatsiya bilan farq kamroq bo‘lgandi.
2024-yilda Samarqandga MDHning madaniy poytaxti, Toshkentga esa yoshlar poytaxti maqomi beriladi. Qolaversa, Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida imkoniyati cheklangan bolalar spartakiadasi o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting