Noma’lum shaxslar guruhi Avstriya poytaxti Venada hujum uyushtirdi. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi vafot etgan, 18 kishi jiddiy jarohat olgan. Hujumchilardan biri qo‘lga olish paytida o‘ldirildi, qolganlari qochishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakat kansleri ushbu hujumlarni «terakt» deb atadi.
Taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov 80 yoshida vafot etdi.
Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Filialga qabul 2021−2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
Koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan Xitoy vaksinasi sinovining uchinchi bosqichi 5 mingga yaqin o‘zbekistonliklarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, O‘zbekiston vaksinani imtiyozli narxlarda sotib olishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlarni qabul qilish to‘xtatilgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. «Toshkent metropoliteni» UK ushbu ma’lumot noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qilib, izoh berdi.
Hukumat qarori bilan Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti tashkil etildi. Muassasa qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarga ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar beradi.
Markaziy bank 2 noyabrdan tijorat banklari orqali 999,9 soflikdagi oltin quymalarni maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqara boshladi. Ularni xorijga olib chiqish ham mumkin.
Moldovada prezidentlik saylovlarining o‘tkazilishi, Germaniyada karantin choralarining kuchaytirilishi, Black Star kompaniyasi bank hisoblarining bloklanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Samsung kompaniyasi rahbari vafot etdi, Starlink internetining sinovlari va natijalari, AMD kompaniyasining yangi videokartalari, Cyberpunk 2077ning qoldirilishi va boshqa texno-yangiliklar «Gazeta.uz» dayjestda.
2 noyabrdan Farg‘ona viloyatida haydovchilarning qoidabuzarligini onlayn tarzda foto va video kameralar orqali aniqlash boshlandi.
2021 yilda noturar va turar-joy binolari, shuningdek, yengil avtomobil va yuk mashinalari uchun ijaraning eng kam stavkalarini oshirish rejalashtirilmoqda.
Toshkent viloyatida dorixonadan tashqarida remdesivir dorisini 850 ming so‘mdan hisoblab, 200 qutisini 170 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi. Oldinroq JSST remdesivir dori vositasini COVID-19 ni davolashda samarasiz deb topgan edi.
547,2 ming dona pirotexnika vositalarini olib ketayotgan Mercedes-Benz to‘xtatildi. Olib ketilayotgan mahsulotning taxminiy qiymati 38 mln so‘m deb belgilanmoqda.
Olmazor tumanida «internet» saytlarida ayol kishining videolarini tarqatishini va oila a’zolariga ko‘rsatishini tahdid qilib 50 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi.
Qoraqalpog‘iston sudlari uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha hisobot berdi. Xususan, bu davr mobaynida 954 kishiga nisbatan 735 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 foizga kamaygan bo‘lsa, shaxslar soni esa 4,6 foizga ko‘paygan.
Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatga olish (propiska) bo‘yicha onlayn xizmat yo‘lga qo‘yildi. Xizmatdan foydalanish uchun OneID va elektron raqamli imzo kaliti talab etiladi. Uni qanday olish bo‘yicha qo‘llanma.
Noyabr oyida o‘rtacha harorat oktyabrga nisbatan 5−7 daraja pastroq bo‘lishi va yog‘ingarchilik ham ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Oy davomida yomg‘irning qorga aylanish holatlari takrorlanib turadi. Oyning ikkinchi qismidan boshlab harorat kechasi 5−8 daraja iliqdan 0−3 daraja sovuqqacha, kunduzi 17−20 daraja issiqdan 3−6 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Yaroqsiz holatga kelib qolgani uchun bundan olti oy oldin harakat to‘xtatilib, qatnovlar amalga oshirilmayotgan Norin daryosi ko‘prigi qayta qurilib, foydalanishga topshirildi.
Davlat mehnat inspeksiyasi respublika hududlarida 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xo‘jaligi va klasterlarda mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar olib bordi. Unga ko‘ra, 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlanib, 577 mln so‘mdan ortiq miqdorda jarimaga tortildi.
Bolalar bog‘chalari tarbiyachilarining ko‘mirdan tezak yasayotgani aks etgan fotosuratlar tarqalganidan so‘ng «O‘zbekko‘mir» holatlarni o‘rganishga kirishdi. Samarqanddagi holat tasdiqlandi, Andijondagi bolalar bog‘chasi esa topilmadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting