YeI Rossiyaga «ikki maqsadli» texnologiyalarga ega texnikalar olishga yordam beradigan davlatlarga savdo cheklovlarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Gap, xususan, YeIdan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga eksport qilinayotgan kir yuvish mashinalari, eski avtomobillar va fotokameralar haqida bormoqda.
Toshkentning Olmazor tumanida 17 ming abonent yuqori voltli podstansiyadagi avariya tufayli ikki kundan ortiq vaqt davomida elektr ta’minotisiz qoldi. Buning natijasida suv ta’minotida ham uzilishlar yuzaga keldi. Avariyani bartaraf etishga elektr tarmoqlarining 84 nafar xodimi jalb qilindi.
Sobiq Toshkent madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlari o‘tgan yili 20 mlrd so‘mlik festivallarni tendersiz o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar imzolagan. Bundan tashqari, festivallar davomida 8 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan, deya xabar qildi Bosh prokuratura xabarida.
«Tashabbusli budjet» loyihasiga Face ID orqali ovoz berish, baxtli mamlakatlar reytingida 54-o‘rinda tushgan O‘zbekiston, 2 fuqaroni pichoqlab, yoqib yuborgan erkak, nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksionda yer sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva AQShga tashrifi chog‘ida Amerika «Tinchlik korpusi» ko‘ngillilarining O‘zbekistondagi faoliyatini qayta tiklash hamda gender tengligini birgalikda targ‘ib qilish masalalarini muhokama qildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Afzal Irmatov hibsga olindi. Hozirda uning xatti-harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
5 maydan Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutsk-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklaydi. Qatnovlar 2021 yilda to‘xtatilgandi.
Istanbulda erkak birga yashab kelgan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadni bo‘laklab tashladi. Mojaro erkak olgan qarz tufayli kelib chiqqan.
Amanbay Sagidullayev (“Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi, Norvegiyada yashaydi) va Niyetbay Urazbayev (Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili) Nukus voqealari bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda. Sud ularning ishtirokisiz bo‘lib o‘tyapti.
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga javoban Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda Yandex Go xizmati qanday tartibga solingani, xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromad taqsimoti, kompaniya va taksi xizmati qancha soliq to‘lashi haqida ma’lumot berdi.
«Tashabbusli budjet» loyihasida barcha mahallalar uchun teng imkoniyat yaratish maqsadida Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi. U SMS orqali berilgan 5−10 ovozga tenglashtiriladi. Qolaversa, kam aholili mahalla loyihalari uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti qo‘llash amaliyoti ko‘rib chiqiladi.
Sport infratuzilmasi rivojlanmagan mahallalarda sport maydonchalarini qurish vazifasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 13-sonli jazoni ijro etish muassasasiga yuklatilishi mumkin. Bu bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
O‘zbekiston fanlar akademiyasi katta yoshdagi erkaklardagi prostata bezi rakini samarali davolovchi dori ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda 6 marta 6−8 balli zilzila ro‘y bergan. Ularda jami 16 kishi vafot etgan, 54 kishi jabrlangan. Iqtisodiy zarar miqdori 84 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Farrux Boboyev Maktabgacha ta’lim agentligi direktoriga birinchi o‘rinbosar, Oyatillo Raxmatillayev va Nodir Muslitdinov esa o‘rinbosarlar etib tayinlandi.
Yangiyo‘l tumanida erkak ijaraga berilgan yer maydonlari uchun haq talab qilgan ikki nafar firma xodimini pichoqlab o‘ldirib, yoqib yubordi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.
Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksion orqali yer sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi tasdiqlandi. Xarid xarajatlariga qarab ular BHMning 100 baravarigacha miqdorda kompensatsiya olishi mumkin.
Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyatiga prokuror etib tayinlandi.
Ko‘k somsa, bichak, qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko‘katli o‘ramalar, qatlama, «Piramida» somsasi va boshqalar — Zira.uz bahoriy mavsum uchun oson tayyorlanadigan ko‘katli pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Tijorat banklari 25 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 425 — 11 470 so‘m.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting