Toshkent viloyatida Open budget`ga ovoz to‘plash uchun o‘quvchilardan pul yig‘ilgani aytilmoqda
29 mart 2023, 15:11

Toshkent viloyatida Open budget`ga ovoz to‘plash uchun o‘quvchilardan pul yig‘ilgani aytilmoqda

Tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumanida o‘quvchilarning Open budget loyihasiga ovoz ko‘paytirish maqsadida zarur bo‘lgan sim-kartalarni sotib olish uchun maktabga pul olib borayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi holat o‘rganilayotganini bildirib, bunday harakatni qoraladi.

5+5 yoki 5+7?
29 mart 2023, 14:48

5+5 yoki 5+7?

Konstitutsiyaning yangilanishi bilan prezidentning amaldagi vakolat muddati o‘zgaradimi? «Gazeta.uz» muxbiri shu haqda adliya vaziri Akbar Toshqulovga murojaat qilib, qonun loyihasidagi oddiy fuqarolar uchun tushunishga qiyin bo‘lgan jumlalarga aniqlik kiritishni so‘radi.

«Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi yo‘nalish ochdi
29 mart 2023, 14:13

«Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi yo‘nalish ochdi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi va Urganchni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi. Parvozlar haftada bir marta — chorshanba kuni amalga oshiriladi. Kompaniya Urganchga Moskva va Mineralniye Vodidan ham yo‘lovchi tashiydi.

Nukus voqealari bo‘yicha mahkumlarning yaqinlari ular bilan qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etishni so‘ramoqda — komissiya
29 mart 2023, 13:39

Nukus voqealari bo‘yicha mahkumlarning yaqinlari ular bilan qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etishni so‘ramoqda — komissiya

Nukus voqealarini o‘rganish bo‘yicha komissiya mahkumlarning yaqinlari ular bilan qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etishni so‘rab murojaat qilganini va masala ko‘rib chiqilayotganini bildirdi. «Gazeta.uz»ga ma’lum bo‘lishicha, sudlanganlarning aksariyati apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan.

Toshkentda 32 yoshli erkak buvisini o‘ldirib qo‘ydi
29 mart 2023, 13:21

Toshkentda 32 yoshli erkak buvisini o‘ldirib qo‘ydi

Mirobod tumanida 32 yoshli fuqaro mast holatda o‘zining 84 yoshli buvisini o‘ldirib qo‘ydi. Ayblanuvchi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

O‘zbekistonda 1 sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi
29 mart 2023, 12:45

O‘zbekistonda 1 sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 1 iyuldan jismoniy shaxslarga ayrim davlat ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish uchun onlayn auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi. Shuningdek, 1 sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi.

Uzbekistan Airways BAA va Turkiyaga parvozlar uchun bahorgi chegirmalarni boshladi
29 mart 2023, 12:30

Uzbekistan Airways BAA va Turkiyaga parvozlar uchun bahorgi chegirmalarni boshladi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekistondan Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyaga parvozlar uchun 40 foizgacha chegirmalarni e’lon qildi.

O‘zbekistonda YPX xodimlariga narkotesterdan foydalanishga ruxsat etildi
29 mart 2023, 12:12

O‘zbekistonda YPX xodimlariga narkotesterdan foydalanishga ruxsat etildi

28 maydan kuchga kiradigan Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, YPX xodimlari haydovchilarning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilgani holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanadi.

«Yoshlar» telekanali Qoraqalpog‘istonni viloyat sifatida ko‘rsatgani uchun uzr so‘radi
29 mart 2023, 11:49

«Yoshlar» telekanali Qoraqalpog‘istonni viloyat sifatida ko‘rsatgani uchun uzr so‘radi

«Yoshlar» telekanalida efirga uzatilgan «Biz tomonlarda» ko‘rsatuvida Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomi «Qoraqalpoq viloyati» tarzida namoyish etildi. Telekanal xatolik montaj jarayoni bilan bog‘liq ekanini bildirib, uzr so‘radi va «aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilayotganini» qo‘shimcha qildi.

Og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov jahon chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
29 mart 2023, 11:19

Og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov jahon chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov Albaniyada o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchta — bitta oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Farg‘onada korxona salkam bir yildan beri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi
29 mart 2023, 10:58

Farg‘onada korxona salkam bir yildan beri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi

Quvasoy shahridagi korxona 2022 yilning iyunidan beri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida davlat manfaatlariga 18 mlrd 314 mln so‘m zarar keltirdi.

O‘zbekiston Turkiyaning Hatay viloyatida 100 ta turar joy konteyneri o‘rnatadi
29 mart 2023, 10:46

O‘zbekiston Turkiyaning Hatay viloyatida 100 ta turar joy konteyneri o‘rnatadi

Turkiyadagi Sayhun ta’lim va madaniyat uyushmasi Hatay viloyatida 100 ta yig‘ma turar joy konteyneri o‘rnatadi. Konteynerlarda yotoqxona, oshxona, hammom va hojatxona bor. Unga bemalol bir oila sig‘ishi mumkin.

Noqonuniy ushlab qolingan 27,1 mlrd so‘m foyda solig‘i tadbirkorlarga qaytarildi — Soliq qo‘mitasi
29 mart 2023, 10:29

Noqonuniy ushlab qolingan 27,1 mlrd so‘m foyda solig‘i tadbirkorlarga qaytarildi — Soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasi budjetdan noqonuniy undirilgan 27,1 mlrd so‘mlik foyda solig‘i tadbirkorlarga qaytarilishini ma’lum qildi. Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, bunday hisobdan chiqarish 367 ta korxonaga ta’sir ko‘rsatdi.

Banklarda dollar kursi biroz tushdi
29 mart 2023, 09:44

Banklarda dollar kursi biroz tushdi

Tijorat banklari 29 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 470 so‘m.

Toshkentda 6 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka nisbatan jazo kuchaytirildi
29 mart 2023, 09:36

Toshkentda 6 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka nisbatan jazo kuchaytirildi

Prokuror protestidan so‘ng apellyatsiya sudi avvalroq 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilib, 10 yilga qamalgan Toshkentda yashovchi erkakka nisbatan jazoni kuchaytirdi. U 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

28 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 mart 2023, 22:00

28 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yana o‘rinbosarlikka qaytgan Baxtiyor Rahmonov, tadbirkorlardan noqonuniy ushlab qolingan foyda solig‘i qaytarilishi, gaz portlab, vafot etgan er-xotin va 2 nabira, yana qimmatlayotgan pomidor narxi, apreldan pensiyalar, maydan davlat xodimlari oyligi oshishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Isroil bosh vaziri norozilik namoyishlari tufayli sud islohotini keyinga qoldirdi
28 mart 2023, 20:39

Isroil bosh vaziri norozilik namoyishlari tufayli sud islohotini keyinga qoldirdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ommaviy norozilik va ish tashlashlarga sabab bo‘lgan sud-huquq islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishni kechiktirdi. Loyiha tanqidchilari islohot mamlakatdagi nazorat va muvozanat tizimiga putur yetkazishini ta’kidlamoqda.

O‘zbekistonda 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi «xalqchil IPO» orqali sotiladi
28 mart 2023, 20:23

O‘zbekistonda 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi «xalqchil IPO» orqali sotiladi

Prezident O‘zbekistonda davlat ulushi «xalqchil IPO» orqali sotiladigan 40 ta yirik korxona va bank ro‘yxatini tasdiqladi. Ilk bor NKMK va OKMK, O‘zmetkombinat, «O‘ztelekom», Milliy bank, Sanoatqurilishbank kabi yirik korxonalarning o‘rtacha 2 foiz aksiyalari aholiga taklif etiladi.

Toshkentda Spark piyodani bosib ketdi
28 mart 2023, 19:43

Toshkentda Spark piyodani bosib ketdi

Olmazor tumanida Spark yo‘ldan o‘tayotgan er-xotinni urib, zarbdan so‘ng yerga yiqilgan ayolni bosib ketdi. Ayol shifoxonada vafot etdi.

O‘zbekistonda 1 apreldan pensiyalar, 1 maydan esa davlat xodimlari oyliklari oshadi
28 mart 2023, 19:42

O‘zbekistonda 1 apreldan pensiyalar, 1 maydan esa davlat xodimlari oyliklari oshadi

O‘zbekiston prezidenti 1 apreldan pensiyalar, 1 maydan boshlab esa davlat xizmatchilarining ish haqi va bazaviy hisoblash miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. O‘sish o‘rtacha 7% ni tashkil qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting