Prokuror suddan Nukus voqealari bo‘yicha sudlanayotgan 37 nafar shaxsga 5 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 nafariga esa ozodlikni cheklash jazosi berishni so‘radi. Advokatlardan biri prokuraturaning ayblovlaridagi barcha moddalar ularni rad etuvchi dalillarga qaramay o‘zgarishsiz qolganini aytdi.
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importi 1-martdan boshlanmaydi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Ishchi guruhlar imzolangan “yo‘l xaritasi” doirasida o‘rganishni davom ettirmoqda. Hozircha aniq kelishuvga erishilmagan.
Gretsiyada yo‘lovchi va yuk poyezdlarining to‘qnashuvi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, 85 kishi jarohat oldi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Tojikiston va Qirg‘izistondan umumiy og‘irligi 56 kg bo‘lgan gashish va opiy olib kirilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini oldi.
Prezident farmoni bilan Navro‘z bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 5 kun, ya’ni 18−22 mart sanalarida, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar 4 kun, ya’ni 19−22 mart sanalarida dam oladi. 23 martdan esa barcha yana ishga chiqadi.
Sirdaryo tumani hokimi Botirjon Mirzaqulov «Hayot maktabi» loyihasi tashkil etilgani haqida gapirib, o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatishni taklif qildi. «Non pishirishni o‘rgatadigan avlod yo‘qolib, non sotib olishga o‘tildi. Dalada hamma g‘o‘zapoya qolib ketdi», — deydi hokim.
OKMK Toshkentda chang paydo bo‘lishining asosiy sababi “Yoshlik I” konining yangi uchastkasida olib borilayotgan tozalash ishlari ekani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Toshkent shahrida 28- va 155-sonli avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi. Ularga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bloger Shahnoza Soatova holat bo‘yicha fikr bildirar ekan, haydovchilarni «potensial zo‘ravon va qotil» deya atadi.
Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 21% chegirma e’lon qildi. U 18 martdan 22 martgacha bo‘lgan sotuv davrida amal qiladi.
TikTok`da Toshkentdagi o‘quvchi qizlarning mashhur «Za dengi da» qo‘shig‘iga qalbaki dollarlarni sochgan holda o‘ynagani aks etgan hazilomuz videosi tarqaldi. Poytaxt xalq ta’limi bosh boshqarmasi holat bo‘yicha qizlarning ota-onasi uzr so‘raganini va raqs «milliy urf-odatlarga to‘g‘ri kelmasligini» bildirdi.
Tijorat banklari 1 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 335 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 395 so‘m.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov o‘tkazgan yig‘ilishda qator imom-xatiblar ishdan olindi, ayrimlariga hayfsan berildi. Muftiy imom-xatiblarga ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilish odobiga amal qilish va bilim saviyalarini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Oliy Majlis Senatining o‘ttiz yettinchi yalpi majlisi 2 mart kuni chaqiriladi. Unda raqobat, davlat boji va tibbiyot hamda pedagog xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi.
2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, 1 apreldan Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyat va tumanlar markazlarida avtomobillar harakatlanishining eng yuqori tezligi 70 km/soatdan 60 km/soatga tushiriladi. Avvalroq loyihada cheklovni barcha aholi punktlarida qo‘llash taklif qilingandi.
Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklaydi va birinchi reys 26 martga mo‘ljallangan. Muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 2 nafarga yetgani, Krasnodardagi neft bazasiga dronlar hujumi uyushtirilgani, AQSh Xitoyning 12 ta kompaniyasini Rossiyaga yordam bergani uchun «qora ro‘yxat»ga kiritgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
100 yoshga to‘lgan «Mushtum» jurnalining haligacha eskirmagan dolzarb mavzulari, taniqli shaxslar, jamoat faollaridan o‘qilishi maqsadga muvofiq kitoblar ro‘yxati, Turkiyadagi zilzila oqibatlari, Ukrainadagi urushning global iqtisodiyotga ta’siri va boshqalar — «Gazeta.uz» fevral oyida nimalar yozgani haqida.
Ai-80 benzini narxi oshmasligi, yovvoyi hayvon va qushlarni ovlash mavsumi yakunlangani, xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payishi, komissiya uchun xodimlardan pul yig‘gani sabab ishdan ketgan maktab direktori, pora bilan ushlangan prokuratura xodimlari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar Markaziy Osiyo uchun iqtisodiy salbiy ta’sir ko‘rsatishini tushunadi, shu bois ularni yumshatish va kamaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarini qiladi, dedi AQSh davlat kotibi. U MOda savdoni diversifikatsiya qilish va ish o‘rinlari yaratish uchun $25 mln ajratilishini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi. Davlat rahbari Bokuda bo‘lib o‘tadigan Qo‘shilmaslik harakati sammitida ishtirok etadi. Mazkur harakat harbiy-siyosiy bloklar va tashkilotlarda ishtirok etmaslikni o‘z tashqi siyosatining asosi etib e’lon qilgan 120 ta davlatni birlashtirgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting