Sergelida fuqaro tez yordam mashinasi haydovchisini do‘pposladi
27 fevral 2023, 15:36

Sergelida fuqaro tez yordam mashinasi haydovchisini do‘pposladi

Dushanba kuni erta tongda Sergeli tumanida tez yordam mashinasi haydovchisi kaltaklandi. Aniqlanishicha, bemorning yaqini feldsherga yaxshi qaramagani uchun kuch ishlatmoqchi bo‘lgan, haydovchi esa uni himoya qilmoqchi bo‘lgan. Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bo‘ka va Ohangarondagi manzil-koloniyalarda pilla yetishtiriladi
27 fevral 2023, 15:27

Bo‘ka va Ohangarondagi manzil-koloniyalarda pilla yetishtiriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2023 yil bahoridan tajriba tariqasida Bo‘ka va Ohangaron tumanlaridagi manzil-koloniyalarda pilla yetishtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Soliq ilovasida keshbek olish uchun endi Face ID talab qilinadi
27 fevral 2023, 14:55 1

Soliq ilovasida keshbek olish uchun endi Face ID talab qilinadi

Endi «Soliq» mobil ilovasida keshbek olish uchun Face ID bo‘yicha identifikatsiyadan o‘tish talab qilinadi. Ilgari faqat 500 000 so‘mdan ortiq mablag‘ni olish uchun fotosurat yordamida shaxsni tasdiqlash talab qilinardi.

To‘ra Bobolov yangi lavozimda ish boshlagani ma’lum bo‘ldi
27 fevral 2023, 14:24

To‘ra Bobolov yangi lavozimda ish boshlagani ma’lum bo‘ldi

2022 yil dekabrda Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan To‘ra Bobolov Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshlagan. U O‘zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida birinchi o‘rinbosar va kengash hamraisi bo‘lib ishtirok etdi.

Toshkentda iqtisodchi Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi
27 fevral 2023, 13:30

Toshkentda iqtisodchi Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi

17-mart kuni Toshkentdagi Intercontinental Hotel Tashkent mehmonxonasida britaniyalik olim, Chikago universiteti professori Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tadbirda uning hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail) kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Ozarbayjon bilan 500 mln dollarlik qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi
27 fevral 2023, 13:03

O‘zbekiston Ozarbayjon bilan 500 mln dollarlik qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi

O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumida o‘zaro savdo va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 11 ta hujjat imzolandi. Tomonlar loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirish uchun $500 mlnlik qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etishga kelishib oldi.

Jizzaxda ota qizining sinfdoshlarini kaltakladi
27 fevral 2023, 13:00

Jizzaxda ota qizining sinfdoshlarini kaltakladi

Jizzax shahridagi 11-maktabda ota qizining 3 nafar sinfdoshini kaltakladi. Voqeaga bolalarning qizga gap otgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm va Samarqandda sodir bo‘lgan YTHlarda 6 kishi vafot etdi
27 fevral 2023, 11:43

Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm va Samarqandda sodir bo‘lgan YTHlarda 6 kishi vafot etdi

16−23 fevral kunlari Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm va Samarqand viloyatlarida o‘lim bilan bog‘liq 4 ta YTH sodir bo‘ldi. Ularda 6 nafar inson vafot etdi.

Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi
27 fevral 2023, 11:36

Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi

O‘zbekistonda hafta davomida havo asta-sekin isib, harorat kunduzi +22 darajagacha yetadi. 27−28 fevral kunlari tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor. 3 martda esa Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Sardor Umurzakov Qatar amiriga prezident maktubini yetkazdi
27 fevral 2023, 11:16

Sardor Umurzakov Qatar amiriga prezident maktubini yetkazdi

O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi. Unda ikki tomonlama munosabatlar haqida so‘z borgan.

Qozog‘iston Xitoyning Ukrainadagi urush bo‘yicha «tinchlik rejasi»ni qo‘llab-quvvatladi
27 fevral 2023, 10:36

Qozog‘iston Xitoyning Ukrainadagi urush bo‘yicha «tinchlik rejasi»ni qo‘llab-quvvatladi

Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib Xitoyning «Ukraina inqirozi»ni hal qilish bo‘yicha «tinchlik rejasi»ga munosabat bildirdi. Avvalroq Rossiya tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. Zelenskiy taklifda «tinchlik rejasi»ni ko‘rmagan, Bayden esa buni faqat Rossiya uchun manfaatli deb hisoblaydi.

«O‘zavtoyo‘lbelgi» korxonasi mansabdorlari 2,7 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda
27 fevral 2023, 10:33 1

«O‘zavtoyo‘lbelgi» korxonasi mansabdorlari 2,7 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda

«O‘zavtoyo‘lbelgi» DUK mansabdorlari 2 mlrd 701 mln so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Ular o‘zlariga tanish firmalar bilan 9 mlrd so‘mlik shartnoma tuzib, yo‘l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni qimmat narxlarda xarid qilgan.

O‘zbekistonlik bokschilar «Stranja» turnirida 18 ta medal bilan birinchi o‘rinni egalladi
27 fevral 2023, 10:18

O‘zbekistonlik bokschilar «Stranja» turnirida 18 ta medal bilan birinchi o‘rinni egalladi

Bolgariyada 74-bor «Kichik jahon chempionati» nomini olgan «Stranja» turniri o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik bokschilar 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza olib, umumjamoa hisobida yana 1-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili ular turnirni 7 ta medal bilan yakunlagandi.

Transport vazirligi Yevropaga avtotransportda yuk tashuvchilarga murojaat qildi
27 fevral 2023, 10:10

Transport vazirligi Yevropaga avtotransportda yuk tashuvchilarga murojaat qildi

O‘zbekiston Transport vazirligi Polsha Belarus bilan chegaradagi nazorat punktini vaqtincha yopgani uchun milliy tashuvchilardan Yevropaga yuk tashuvlari jarayonida ushbu holatni inobatga olishlarini so‘radi. Hozirda Litva orqali to‘siqlarsiz harakatlanishni ta’minlash yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 405 so‘mgacha ko‘tarildi
27 fevral 2023, 09:47

Banklarda dollarning sotish kursi 11 405 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 27 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 290 — 11 355 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 405 so‘m.

Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga sifatsiz oziq-ovqat berilgani aniqlandi
27 fevral 2023, 09:30

Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga sifatsiz oziq-ovqat berilgani aniqlandi

Kegeyli tumanidagi qator maktablarda o‘quvchilarga iste’molga yaroqsiz, zararkunandalar bilan zararlangan oziq-ovqat berilgani, ular yo‘lovchi transportida yetkazib berilgani aniqlandi. Aybdorlarga chora ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

AQSh va YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. «Megafon» eksport cheklovlari ostida qoldi
26 fevral 2023, 21:01

AQSh va YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. «Megafon» eksport cheklovlari ostida qoldi

AQSh, YeI va boshqa davlatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. IT-kompaniyalar, banklar, jismoniy shaxslar ham cheklovlar ostida qoldi. Jumladan, MegaFonga nisbatan eksport cheklovlari joriy etildi. U sanksiyalardan uch kun oldin O‘zbekistondagi qo‘shma korxona ta’sischilari safidan chiqqan edi.

Qoraqalpog‘istondagi suv toshishi bo‘yicha qator mansabdorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
26 fevral 2023, 19:49

Qoraqalpog‘istondagi suv toshishi bo‘yicha qator mansabdorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

To‘rtko‘l tumanida kanal toshishi oqibatida uylar va ekin maydonini suv bosgani aytilgandi. Holat bo‘yicha tuman irrigatsiya bo‘limi va irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi mansabdorlariga jinoyat ishi ochildi. Avvalroq voqeaga kemiruvchilar sababchiligi taxmin qilingandi.

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqot qildi
26 fevral 2023, 18:47

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotda uni tavallud kuni bilan tabrikladi. Shuningdek, zilzilalar munosabati bilan yana bir bor dalda so‘zlarini izhor etdi va zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi. Turkiya yetakchisi ham O‘zbekistonga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Xonanda Kaniza «axloqsiz» videolari uchun litsenziyasidan mahrum etildi. U «O‘zbekkonsert»ni tanqid qildi
26 fevral 2023, 17:19

Xonanda Kaniza «axloqsiz» videolari uchun litsenziyasidan mahrum etildi. U «O‘zbekkonsert»ni tanqid qildi

Xonanda Kaniza Ahmedova «axloqsiz» videolari uchun litsenziyasidan bir oyga mahrum qilindi. Uning aytishicha, tanqidlarga sabab bo‘lgan videoda qo‘shiqchi «ishtonsiz» bo‘lmagan, balki odamning teri rangidagi shim kiygan. U «O‘zbekkonsert»ni tanqid qilib, madaniyat vazirining «saroyiga» tashrif buyurishini aytgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting