Afg‘oniston muvaqqat hukumati TIV yaqin orada ayollar va qizlarga «islom formati, afg‘on an’analari va shariat qonunlari asosida» o‘qish va ishlash imkoniyati qaytarilishini ma’lum qildi.
Andijon shahrida qurilayotgan 5 qavatli binoning plitalari qulab, devorlari buzildi. Ushbu holatda tegishli hujjatlarsiz obyektda qo‘shimcha 2 qavat qo‘shib, qurilish ishlari olib borilgani va jarayonda qoidalarga amal qilinmagani aniqlandi.
O‘zgidromet 14−18 fevral kunlari 9 ta viloyatda hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.
Zilzila oqibatida Shonliurfa shahrida yana bir O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani aniqlandi va uning jasadi Toshkentga yuborildi. Umumiy hisobda hozirgacha 4 nafar o‘zbekistonlik zilzila qurboni bo‘ldi.
O‘zbekistonda hafta oxirigacha yomg‘ir, ba’zi joylarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda 15−20 m/s gacha kuchli shamol esishi mumkin. Harorat kechalari 0…+5 iliq, kunduz kunlari asosan +6…+11 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Mutaxassislar transportlarning tezligi pasayishi va yo‘llardagi o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandi. Ularning fikricha, tezlikni 10 km/soatga kamaytirish yiliga 600 dan ortiq odamning hayotini saqlab qolishi mumkin. Shu bilan birga, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni kuchaytirish ham muhimligi aytildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri OTM rektorlarga o‘z xodimlarining farzandlari bilan maktub orqali yozishmalarni yo‘lga qo‘yishni tavsiya etdi. Vazir ishga joylashmagan bitiruvchilari ko‘p nodavlat OTMlarni sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilishi va ular yopilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov 2023-yil uchun Toshkent budjetining qo‘shimcha daromadlari taqsimotini tanqid qildi. Xususan, moliyalashtirishdagi muammo, kurashga pul ajratish davom etayotgani, maktablar ta’mirlanishidagi katta farqni ta’kidlab, “budjetni osmonga sovurishda davom etamizmi?” degan savol bilan yuzlandi.
Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yengil atletikachilar 4 ta medal — 2 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronzani qo‘lga kiritdi.
PMTI ekspertlari OTMlar joylashuvining shaharlar holati va tirbandlik muammosiga ta’sirini o‘rgandi. So‘rovda ishtirok etgan talabalarning 78 foizi tirbandlikni asosiy muammolardan biri deb baholagan. Biroq ularning o‘qish davridagi faolligi tirband yo‘llar uzunligi 11,3 kmgacha oshishiga sabab bo‘ladi.
Tijorat banklari 13 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 355 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 395 so‘m.
Soliq qo‘mitasi 1 oktabrgacha intizomsiz soliq to‘lovchilar tomonidan QQSni noqonuniy qoplashni oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazadi. Bu firibgarlik sxemalardan foydalanib, asossiz soliq nafi olish bilan bog‘liq bo‘lmagan insofli soliq to‘lovchilarning huquqlarini himoya qilish imkonini beradi.
Yerusti metrosi qurilishidagi ishlar sababli Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida suv ta’minoti 13 fevral kuni soat 20:00 gacha to‘xtatildi. Bu hududlarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.
Turkiyaning Hatay va Antakiya hududlarida o‘tayotgan qutqaruv ishlarida o‘zbekistonlik FVV xodimlari yana 2 kishini vayronalar orasidan tirik holda olib chiqdi. Ularga Meksika va Turkiya qutqaruvchilari hamrohlik qildi.
Payariq tumanidagi Chelak shifoxonasi xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda shifoxona bosh shifokorining o‘g‘li va kelini ikki hamshirani urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi.
Yakkabog‘ tumani hokimligi xodimi 5 mlrd so‘mlik tenderda yutishi uchun qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m olayotgan vaqtda ushlandi. Tezkor surishtiruv harakatlari davomida ishga aloqador bo‘lgan maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi ham qo‘lga olindi.
Tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanida 2017 yilda qurilgan ko‘p qavatli uyda yoriqlar paydo bo‘lgani haqida video tarqaldi. Tuman hokimligi va Qurilish vazirligi mazkur uy seysmik zonada qurilish o‘tkazish talablariga javob bermasligini, quruvchi tashkilot rahbari esa qamalganini ma’lum qildi.
Turkiyaning Hatay va Qahramanmarash shaharlarida sodir bo‘lgan zilzila vayronalari ostidan 2 nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi. Yana 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi tabiiy ofat o‘choqlaridan evakuatsiya qilinib, mamlakatga qaytarilmoqda.
Termizda Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» o‘rtasida Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lida ekspluatatsiya ishlarini davom ettirish to‘g‘risida yangi kelishuv imzolandi. Yangi kelishuvga ko‘ra, «Sogdiana Trans» yana 2 yil mazkur temir yo‘lga xizmat ko‘rsatadi.
Tojikiston mamlakatda COVID-19 bo‘yicha epidemiologik vaziyatni barqarorlashgani, mamlakat aholisining emlanganlik darajasi yuqoriligi hamda mintaqa va xorijiy davlatlarda ushbu kasallik bilan bog‘liq vaziyatni normallashganini hisobga olib chegara o‘tish punktlarida koronavirus cheklovlarini bekor qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting