O‘zbekistonda elektr va issiqlik energiyasiga tariflarni tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev rahbar etib tayinlandi. Ilgari bu lavozimni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov egallab kelayotgan edi.
2−6 fevral oralig‘ida Samarqand, Xorazm va Farg‘onada sodir bo‘lgan 3 ta yo‘l-transport hodisalari oqibatida 4 kishi vafot etdi.
DXX Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida giyohvand moddalari savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Barcha holatda giyohvandlik vositalari mamlakatga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Energetika vazirligi vodiy viloyatlaridagi «metan zapravkalar» yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Vazirlik gaz quyish shoxobchalari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etishini ma’lum qildi.
Prezident raisligidagi yig‘ilishda Jizzaxda 270 Megavatt quyosh energiyasi quvvatlari ishga tushirilishi aytildi. Jumladan, 220 Megavattli yirik quyosh stansiyasi quriladi. Buning hisobiga 236 mln kilovatt soat ishlab chiqarilib, tanqislik ortig‘i bilan qoplanadi, jami 71 million kub metr gaz tejalishi aytildi.
Pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti, «Arabyata», qaymoqli qaylada pishirilgan tovuqli sharchalar, Karbonaro pastasi va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy uslubda tayyorlangan pastalar ro‘yxatini taqdim etadi.
Prezident Toshkentdagi 584 ta mahallaning har biriga O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 1 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratishni tasdiqladi. Mablag‘lar infratuzilmani rivojlantirish va qattiq sovuqdan zarar ko‘rgan muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
Qamoqqa olingan Farmatsevtika agentligining sobiq direktori, Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi 2 ta tunnel, Open Budget uchun 1,7 trln so‘m pul, Jizzaxga borgan prezident, Turkiyada qariyb 80 kishini vayronalar ostidan olib chiqqan o‘zbek qutqaruvchilar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Ohangaron tumanida Lacetti noqulay ob-havo va yo‘llardagi muzlamalar sabab kanalga tushib ketdi. Viloyat FVB va PPX tomonidan mashina olib chiqildi. Voqea oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
DXX Sirdaryo va Andijon viloyatlarida yerni mos ravishda 12,5 ming dollar va 148,2 mln so‘mga noqonuniy sotishga uringanlikda gumonlanganlarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqandda fuqarolarni Yevropa va Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilib, 27 ming dollar talab qilganlikda gumonlanayotgan 2 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular yana bir kishidan 22 500 dollar olgani aytilmoqda.
Toyloq tumanida tadbirkor elektr ta’minoti korxonasiga foydalangan elektr energiyasining sun’iy kamaytirgan hisobotlarini taqdim etib kelgani aniqlandi. Unga belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Fevraldan boshlab tayyor mebellarni eksport qiluvchi tadbirkorlarga xorijdagi ish joylari ijara xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi. Avval maydonning 100 kv metriga teng miqdordagi qismi qoplab berilardi, endi bu me’yor 250 kv mertga yetdi.
Prezident farmoni bilan 1 yilda bir marotaba o‘rta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi. Daromadi 10 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi.
2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, jami 13 057 suv xo‘jaligi obyektlarida raqamli texnologiyalar joriy etilib, «Aqlli suv» qurilmalari o‘rnatiladi. Suvning hisobi onlayn rejimda monitoring qilinib, respublika bo‘ylab suvning aniq hisobini yuritish, foydalanish va operativ boshqarish imkoniyati oshiriladi.
Kuchli qor yog‘ishi va qattiq sovuqdan so‘ng Toshkentdagi yangi beton trotuarlar va veloyo‘laklar buzila boshladi. Hokimlik ularni ta’mirlash bo‘yicha reja ishlab chiqilgani, ob-havo yaxshilanishi bilan ish boshlanishini bildirdi.
Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» o‘rtasida Hayraton−Mozori-Sharif temir yo‘lining ekspluatatsiyasini davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolandi. Mamlakatlar o‘rtasidagi qatnov shartnoma o‘z vaqtida bajarilmagani sababli to‘xtatilgandi.
Urganchda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ikkita MCHJ rahbari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 5,8 va 4,5 milliard so‘m kreditni o‘zlashtirgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
To‘rtko‘l tumanida «Amudaryo» daryosi bo‘yidagi Xorazm viloyati bilan chegaradosh hududda qurigan o‘t-cho‘plarda yong‘in paydo bo‘lgan. Voqea sabab hech kim tan jarohatini olmagan va halok bo‘lmagan.
Turkiyaning Hatay viloyatida o‘zbekistonlik qutqaruvchilar 4 kun ichida jami 77 kishini zilzila oqibatida buzilgan binolar ostidan chiqarib oldi. Qutqaruv ishlari davom etyapti.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting