O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari, kollej va texnikumlarda kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 15 martga qadar uzaytirildi.
«Toshkent shahridagi havoning ifloslanish darajasi inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi», — dedi Tabiat resurslari vazirligi vakili. Havo sifati yomonligi toshkentliklar salomatligiga bir yilda 503 dona sigaret chekilgandek ta’sir qilishi haqida xabar e’lon qilinganidan so‘ng tadqiqot o‘tkazilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi prezident farmoni loyihasida keltirilgan bandlar bo‘yicha e’tiroz bildirdi. Loyihada vazirlikning hududiy bo‘linmalari mahalliy hokimliklarga o‘tkazilishi qayd etilgandi. «Xavotirga o‘rin yo‘q, Adliya vazirligi bilan muzokaralar o‘tkazilgan», deyildi bayonotda.
Poytaxtning yangi hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov «Maxsustrans» DUK rahbari Abdujamil Abduvahobovni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan oldi. 2018 yilda mazkur lavozimdan ketgan Kamoliddin Nabiyev tashkilotga qayta rahbar bo‘ldi.
Tijorat banklari 15 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 305 — 11 365 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 415 so‘m.
Zangiota, Narpay, Urganch tumanlari va Qarshi, Xonobod shaharlarida elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanib, davlatga 618 mln so‘m zarar yetkazish holatlari aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Turkiyada zilzilalar qurbonlari soni 35 ming nafardan oshgani, Rumiyada yana zilzila sodir bo‘lgani, AQShning Michigan shtat universitetidagi otishmada uch kishining halok bo‘lgani, Xitoy osmonida noma’lum uchar jism aniqlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qirg‘iziston Oliy sudi sobiq prezident Almazbek Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi. Sobiq davlat rahbari koloniyadan chiqdi va hozirda uyida.
O‘zbekiston barcha neft va gaz konlarini Rossiyaga bermaganini aytgan energetika vaziri, Orol dengizi maydonida barpo etiladigan o‘rmonzorlar, bir kunga yopiladigan «Yer usti halqa yo‘li» metro yo‘nalishi, kommunal xizmatga yig‘ilgan pulni o‘zlashtirgan shirkat va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Namangan muhandislik-qurilish institutining 3-kurs talabasi oraliq nazoratni topshirmagani uchun otasidan tanbeh eshitgani sabab o‘ziga o‘t qo‘yib, yoqib yubordi. Tanasi chuqur kuygani tufayli shifoxonada vafot etdi. Hozirda holat bo‘yicha «o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Turkiyadagi zilzilalardan jabrlanganlarga hukumat, tadbirkorlar va O‘zbekiston aholisi tomonidan 170 tonna insonparvarlik yordami yig‘ilib, ular 6 ta yuk samolyoti va 7 ta yuk mashinasida mamlakatning turli hududlariga yetkazildi.
Toshkent otchoparida ikki bosh otning ochlikdan o‘lishiga sababchi bo‘lgan shaxslar hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
S&P 2023 yilda Ukrainaga qarshi urush va global iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi fonida O‘zbekiston YAIM o‘sishi 5 foizgacha sekinlashishini prognoz qilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Natalya Germanni qabul qildi.
Yoshlar davlat va jamiyatdan nima istaydi? YouTube’dagi «Ular» loyihasining yangi soni shu mavzudagi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik davlatdan erkinlik va qonun ustuvorligini ta’minlashni, jamiyatdan esa shaxsiy hayotga «burun suqmaslik»ni so‘ragan. «Gazeta.uz» yoshlarning fikrlarini bir sahifaga jamladi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Oteuliyev Azamat Abilkasimovich tayinlandi.
“Ishga joylashmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan nodavlat oliy o‘quv yurtlari sifatsiz ta’lim beruvchi muassasa sifatida tan olinadi va ularning faoliyati tugatilishi mumkin”, — dedi O‘zbekiston oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov. Bayonot tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘ldi. Vazirlik bunga javob qaytardi.
Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqarolardan kommunal to‘lovlar uchun yig‘ilgan 158,5 million so‘mni o‘zlashtirgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Oltiariq tumanidan oqib o‘tuvchi «Baziquvur» kanaliga Nexia-2 avtomobili tushib ketdi. Voqeaga haydovchining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan. Mashina FVBning maxsus texnika va asbob-anjomlari yordamida chiqarib olindi.
Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida qalbaki banknotlarni tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar qo‘lga olinib, ulardan jami 462,4 million so‘mlik qalbaki pullar olib qo‘yildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting