Davlat xaridlari endilikda ikki bosqichda o‘tkaziladi
2 dekabr 2024, 16:44

Davlat xaridlari endilikda ikki bosqichda o‘tkaziladi

Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartibi va ikki bosqichli davlat xaridlari tushunchalari kiritilmoqda. Endi bir nechta davlat buyurtmachilari bir xil turdagi tovarlarni markazlashtirilgan organ orqali xarid qilishi mumkin.

Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmayapti — Zelenskiy
2 dekabr 2024, 16:43

Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmayapti — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina armiyasining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun kuchlari yetarli emasligini aytdi. U Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olishi va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish kerakligini bildirdi.

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yildi
2 dekabr 2024, 15:35

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yildi

Osiyo Olimpiya kengashi 2025-yili O‘zbekistonda o‘tishi rejalashtirilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari, sport inshootlari tayyor emasligi sabab, bekor qilinganini e’lon qildi. Mazkur turnir uchun O‘zbekiston 289 mln dollar qiymatidagi Olimpiya shaharchasini qurayotgan edi. Musobaqa endi Bahraynda o‘tkaziladi.

Organ xodimlariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlandi
2 dekabr 2024, 15:04

Organ xodimlariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.

O‘zbekiston JST bo‘yicha Filippin bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi
2 dekabr 2024, 14:22

O‘zbekiston JST bo‘yicha Filippin bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston Filippin bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Filippin so‘nggi ikki oy ichida Toshkent muzokaralarni yakunlagan to‘rtta davlatdan biriga aylandi, dedi prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov.

Jo Bayden o‘g‘li Hanterni afv etdi
2 dekabr 2024, 11:47

Jo Bayden o‘g‘li Hanterni afv etdi

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Hanter Baydenni “sodir etgan yoki sodir etgan bo‘lishi mumkin” bo‘lgan jinoyatlari uchun afv etdi. U soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, qalbaki soliq deklaratsiyasini taqdim etish, noqonuniy qurol saqlash kabi jinoyatlarda ayblangan.

Hafta davomida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
2 dekabr 2024, 11:16

Hafta davomida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ish haftasi davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +5…+10 darajagacha ilishi, kechasi -3 darajagacha sovishi mumkin.

Buxoro viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari almashdi
2 dekabr 2024, 10:58

Buxoro viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari almashdi

Hafiza Artikova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlagan Feruza Ibragimova esa boshqa ishga o‘tdi.

O‘zbekistonda 10 oyda 5,8 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqa talon-toroj qilingan
2 dekabr 2024, 10:54

O‘zbekistonda 10 oyda 5,8 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqa talon-toroj qilingan

Bosh prokuratura O‘zbekistonda o‘tgan 10 oy ichida ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd so‘mi talon-toroj qilinganini aniqladi. Bundan tashqari, kredit mablag‘larining 2,5 trln so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi
2 dekabr 2024, 10:41

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tartib tasdiqlandi. Hujjatda O‘zbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan ro‘yxati keltirilgan.

O‘zbekistonda 2−8-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
2 dekabr 2024, 06:59

O‘zbekistonda 2−8-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonga yaqinlashib kelayotgan antitsiklon sabab ish kunlari havo sovuq va quruq bo‘ladi. Bu mamlakat energetikasiga yuklama ortishiga, shuningdek, Toshkent havosining sezilarli ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shanba kuni tog‘larda, yakshanbada esa asosiy aholi yashovchi hududlarda qor yog‘ishi kutilyapti.

Rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov akkreditatsiyasiz ish olib borgani uchun Nukusda bir muddat ushlab turildi
1 dekabr 2024, 21:50

Rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov akkreditatsiyasiz ish olib borgani uchun Nukusda bir muddat ushlab turildi

Nukusda rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov suratga olish guruhi bilan qo‘lga olindi. Bunga uning akkreditatsiyadan o‘tmasdan ish olib borgani sabab bo‘ldi. Pivovarovning o‘zi keyinroq ularni qo‘yib yuborishganini yozdi: “Hammasi yaxshi!”

Wizz Air vakili — Abu-Dabi aeroportidagi vaziyat haqida
1 dekabr 2024, 20:25

Wizz Air vakili — Abu-Dabi aeroportidagi vaziyat haqida

Wizz Air kompaniyasining Toshkentdagi vakili “Gazeta.uz” muxbiri Mirolim Isajonovga Abu-Dabi aeroportida o‘zbekistonlik o‘nlab erkaklar mamlakatga kira olmagan vaziyat haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, kompaniya bunday yo‘lovchilarni qaytish chiptasi bilan ta’minlaydi.

Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklarning bir qismi Toshkentga qaytdi
1 dekabr 2024, 20:04

Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklarning bir qismi Toshkentga qaytdi

Abu-Dabiga uchib borgach, BAAga kiritilmagan 10 dan ortiq o‘zbekistonlik ortga qaytib keldi. Hamma o‘z hisobidan chipta sotib olishga majbur bo‘ldi. “Ushlab turishlar aynan Abu-Dabida sodir bo‘lmoqda. Dubayga uchib kelgan tanishlarimiz hech qanday muammoga duch kelmadi”, — dedi yo‘lovchilardan biri.

Xitoy o‘zbekistonliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etadi
1 dekabr 2024, 18:16

Xitoy o‘zbekistonliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etadi

O‘zbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirlari O‘zbekiston fuqarolariga 30 kun davomida Xitoy Xalq Respublikasiga vizasiz sayohat qilish huquqini beruvchi kelishuvni imzoladilar. O‘zgarishlarning kuchga kirishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?
1 dekabr 2024, 11:48

1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

Ichimlik va oqova suv uchun to‘lovlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi, kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi, avtoraqamlar uchun to‘lov qilish osonlashtiriladi, “Majburiyatlar reyestri” instituti joriy etiladi — 1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

Birgalikda 10 yil: Mobiuz mobil operatori faoliyatining o‘n yilligini nishonlamoqda
1 dekabr 2024, 11:00

Birgalikda 10 yil: Mobiuz mobil operatori faoliyatining o‘n yilligini nishonlamoqda

Mobiuz 1-dekabr - tug‘ilgan kuni munosabati bilan amaldagi va yangi abonentlariga yoqimli yangiliklarni taqdim etmoqda.

O‘zbekistonda 14 nafar hokim qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishdagi kamchiliklari uchun hayfsan oldi
1 dekabr 2024, 09:29

O‘zbekistonda 14 nafar hokim qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishdagi kamchiliklari uchun hayfsan oldi

Uchta viloyatning 12 ta tuman va shahri hokimi elektr energiyasi va gazni tejash bo‘yicha rejalarni buzgani, ulardan foydalanish limitlarini oshirgani uchun hayfsan oldi. Energiya resurslari talon-toroj qilingani uchun 2 hokim va 3 hokim o‘rinbosari jazolandi. “O‘zbekko‘mir” rahbari o‘rinbosari ham jazo oldi.

O‘nlab o‘zbekistonliklar Abu-Dabiga kiritilmadi, ular huquqlari buzilganini da’vo qilmoqda
1 dekabr 2024, 09:13 1

O‘nlab o‘zbekistonliklar Abu-Dabiga kiritilmadi, ular huquqlari buzilganini da’vo qilmoqda

Wizz Air aviakompaniyasi bilan Abu-Dabiga uchgan o‘nlab O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari olib qo‘yilib, so‘roq qilindi. Ular “Gazeta.uz”ga buning sababi aytilmagani, bosim o‘tkazilgani, uzoq vaqt ovqatsiz qolganini bildirdi. Ularning ko‘pi qaytish chiptalarini o‘zlari sotib olgan.

Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga prezident bo‘ldi
30 noyabr 2024, 23:42

Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga prezident bo‘ldi

2008-yildan 2022-yilgacha Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga prezidentlik qilgan Alisher Usmonov yana bu lavozimga saylandi. FIE prezidentligi uchun kurashda unga shvetsiyalik Otto Drakenberg raqiblik qildi. Usmonov 2022-yilda sanksiyalar ostida qolgach, bu lavozimdan ketishga qaror qilgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting