Toshkentda avtobusda ayol yuziga tuflagan erkak 10 sutkaga qamaldi
4 dekabr 2024, 13:06

Toshkentda avtobusda ayol yuziga tuflagan erkak 10 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrida avtobusda ustidagi kiyimini yechgan ayolni haqoratlab, yuziga tuflagan erkak 10 sutkaga qamaldi.

Uy qamog‘idagilarni nazorat qilish uchun elektron braslet ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
4 dekabr 2024, 11:45

Uy qamog‘idagilarni nazorat qilish uchun elektron braslet ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kriminologiya tadqiqot institutida elektron braslet qurilmasi va uning dasturiy ta’minoti tayyorlandi. Qurilmani ishlab chiqarish hamda tijoratlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Termitlar va boshqa hasharotlar tomonidan yaroqsiz holga keltirilgan uylarda yashovchilarga yangi uy-joy beriladi
4 dekabr 2024, 11:13 2

Termitlar va boshqa hasharotlar tomonidan yaroqsiz holga keltirilgan uylarda yashovchilarga yangi uy-joy beriladi

O‘zbekistonda termitlar yoki boshqa hasharotlar tufayli zararlangan uylarda yashovchilarga davlat tomonidan yangi uy-joy beriladi. YAIDXPda uy-joylarni baholash va yashash uchun yaroqsiz deb topish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Janubiy Koreya prezidenti harbiy holatni bekor qilishga va’da berdi
4 dekabr 2024, 01:24

Janubiy Koreya prezidenti harbiy holatni bekor qilishga va’da berdi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol parlamentning shu mazmundagi ovoz berishidan so‘ng mamlakatda avval e’lon qilingan harbiy holatni bekor qilishini aytdi. Yunning qarori Seulda noroziliklar va unga nisbatan impichment chaqiruvlariga sabab bo‘ldi.

Noyabrda dollar kursi qanday o‘zgardi?
4 dekabr 2024, 01:13

Noyabrda dollar kursi qanday o‘zgardi?

So‘m ketma-ket to‘rtinchi oy dollarga nisbatan biroz qadrsizlandi. Noyabr oxirida dollar deyarli 91 so‘mga (+0,71%) mustahkamlandi. Umuman olganda, yil boshidan buyon milliy valyuta o‘tgan yilning shu davridagi 9,5% ga nisbatan atigi 4,3% devalvatsiyaga uchradi.

Kalyon Insaat qurilish kompaniyasi Turkiyadagi obyektlarida 1410 o‘zbekistonlikka ish beradi
4 dekabr 2024, 00:13

Kalyon Insaat qurilish kompaniyasi Turkiyadagi obyektlarida 1410 o‘zbekistonlikka ish beradi

Migratsiya agentligi va Kalyon Insaat turk qurilish kompaniyasi 1410 nafar O‘zbekiston fuqarosini Turkiyadagi yirik loyihalarga ishga joylashtirishga kelishib oldi. Dastlabki 20 mutaxassis ishga kirishish uchun Istanbulga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston 2027-yilda qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
3 dekabr 2024, 23:38

O‘zbekiston 2027-yilda qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

2027-yilda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga saralashda muhim bosqich bo‘ladi.

Farg‘ona viloyatining Tojikiston bilan chegarasida Termizdagi kabi savdo-logistika markazi tashkil etiladi
3 dekabr 2024, 23:25

Farg‘ona viloyatining Tojikiston bilan chegarasida Termizdagi kabi savdo-logistika markazi tashkil etiladi

Prezidentga Farg‘ona viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi. Kelasi yilda viloyatga 3,7 mlrd dollar investitsiya jalb etish, eksport hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Tojikiston bilan chegaradosh Beshariq tumanida Termizdagi kabi savdo-logistika markazi qurilishi boshlandi.

Toshkentdagi qator maktablarda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari aniqlandi
3 dekabr 2024, 23:14

Toshkentdagi qator maktablarda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari aniqlandi

Toshkentdagi 214- va 65-maktablarda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Sanepidqo‘m xodimlari tekshiruvida maktablarning sanitariya holati talabga javob bermasligi aniqlandi, rahbariyatga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Bu kabi holatlar avval boshqa maktablarda ham kuzatilgan.

Janubiy Koreya parlamenti harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi
3 dekabr 2024, 21:38

Janubiy Koreya parlamenti harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi

Koreya Respublikasi parlamenti mamlakatda harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi. 300 deputatdan 190 nafari prezident qaroriga qarshi ovoz berdi. Parlament binosi oldida odamlar yig‘ilgan. Harbiylar parlament binosini tark eta boshladi.

Toshkent aeroportida — tuman, samolyotlar muqobil aerodromlarga yuborilmoqda
3 dekabr 2024, 20:21

Toshkent aeroportida — tuman, samolyotlar muqobil aerodromlarga yuborilmoqda

Tuman tufayli “Toshkent” xalqaro aeroportida samolyotlarni qabul qilishda cheklovlar joriy etildi. To‘rtta samolyot Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi, yana biri — Buxoroga.

Gruziya prezidentining parlament saylovlari natijalarini bekor qilish haqidagi da’vosi rad etildi
3 dekabr 2024, 19:26

Gruziya prezidentining parlament saylovlari natijalarini bekor qilish haqidagi da’vosi rad etildi

Gruziya Konstitutsiyaviy sudi prezident va muxolifatning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini ko‘plab qoidabuzarliklar tufayli bekor qilishni talab qilgan da’volarini rad etdi. Qaror to‘qqiz sudyaning yetti nafari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Mamlakatda namoyishlar davom etmoqda.

Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda harbiy holat e’lon qildi
3 dekabr 2024, 19:07

Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda harbiy holat e’lon qildi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol konstitutsiyaviy tartibni “kommunistik kuchlar”dan himoya qilish uchun harbiy holat e’lon qildi. U bunday chorani muxolifatning harakatlari tufayli qo‘llaganini aytdi, uning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat mamlakatni inqirozga olib kirmoqchi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonga 9 mln yevro grant ajratadi
3 dekabr 2024, 17:56

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonga 9 mln yevro grant ajratadi

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati yashil master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonga 9 mln yevro miqdorida grant ajratadi. Bu bo‘yicha mamlakat Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda jamiyat o‘rtasida kelishuv imzolandi.

NATO a’zolari orasida Ukrainaning ittifoqqa a’zo bo‘lish taklifi bo‘yicha “konsensus yo‘q” — Reuters
3 dekabr 2024, 17:39

NATO a’zolari orasida Ukrainaning ittifoqqa a’zo bo‘lish taklifi bo‘yicha “konsensus yo‘q” — Reuters

NATO a’zolari orasida Ukrainani ittifoqqa taklif qilish uchun zarur bo‘lgan “konsensus belgilari yo‘q”, deb yozadi Reuters. Ukraina TIV mamlakat blok a’zoligiga “hech qanday muqobil yoki o‘rnini bosuvchi” a’zolikni qabul qilmasligini bildirdi va Budapesht memorandumining “achchiq tajribasi”ni eslatdi.

“Aylanma 1 mlrd dollardan oshadi”. O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda
3 dekabr 2024, 17:35

“Aylanma 1 mlrd dollardan oshadi”. O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda

RISE Research tadqiqoti natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha global indeksda Markaziy Osiyo va Kavkazda birinchi o‘rinni egallab turibdi. 2023-yili yarim mln fuqaro kriptoaktivlarga egalik qilgan, kriptoindustriyadagi provayderlarning aylanmasi esa mlrd dollardan oshgan.

Buxoro shahrining tarixiy qismida skuter va mopedlar harakati taqiqlandi
3 dekabr 2024, 15:49

Buxoro shahrining tarixiy qismida skuter va mopedlar harakati taqiqlandi

Buxoroning tarixiy qismida skuterlar, mopedlar, velosipedlar va boshqa shaxsiy harakatlanish vositalarida harakatlanish endi ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Tegishli hududlarga yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ogohlantiruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda.

O‘zbekiston 2030-yilgacha 2 mln gektardan ortiq degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashi kerak
3 dekabr 2024, 14:30

O‘zbekiston 2030-yilgacha 2 mln gektardan ortiq degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashi kerak

O‘zbekiston besh yilda 2 mln gektardan ortiq degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashi kerak, deya ta’kidladi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov. Uning aytishicha, bunday loyihalar katta moliyaviy resurslar talab qiladi. Vazir COP16 doirasida xalqaro moliyalashtirishni osonlashtirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

“Qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz”. Germaniya kanslerining Ukrainaga tashrifida nimalar muhokama qilindi?
3 dekabr 2024, 13:47

“Qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz”. Germaniya kanslerining Ukrainaga tashrifida nimalar muhokama qilindi?

Germaniya kansleri Olaf Shols 2,5 yil ichida Ukrainaga qilgan ilk tashrifi chog‘ida mamlakatga 650 mln yevrolik qo‘shimcha harbiy yordam yetkazib berilishini e’lon qildi. Shuningdek, Kiyevdan Putinga murojaat qilib, Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi susaymasligini ta’kidladi.

Toshkent shahrining Mirobod tumanida 10 foizlik boshlang‘ich to‘lov bilan kvartira sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi
3 dekabr 2024, 13:00

Toshkent shahrining Mirobod tumanida 10 foizlik boshlang‘ich to‘lov bilan kvartira sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi

SUN turar joy majmuasining klub formati poytaxtning nufuzli tumanida minimal mablag‘lar bilan uy-joy sotib olish uchun noyob taklifni taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting