Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Baxtiyor Adilov tayinlandi. U bungacha Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
29-noyabr kuni Click SuperApp’ga aylanishini e’lon qildi va foydalanuvchilar va biznes uchun yorqin o‘zgarishlar haqida gapirdi.
Toshkent shahridagi “Chorsu” mehmonxonasi xarobasining yuqori qavatiga chiqqan yigit u yerdan tushib ketib vafot etdi. Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
Mirshakar To‘raboyev Kogon shahriga, O‘tkir Hamroyev Qorovulbozor tumaniga hokim bo‘ldi. Ushbu hududlarning avvalgi hokimlari Vobkent va Peshku tumanlariga hokim etib tasdiqlangandi.
Italiyada minglab ishchilar hukumatning 2025-yilgi budjet rejalaridan norozi bo‘lib, shuningdek, ish haqi va xizmatlar sifatini oshirishni talab qilib, ish tashlashga chiqdi. Jarayon temiryo‘l transportidan tashqari iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab oldi.
Jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun jarima 1 mln 125 ming so‘m, bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa 1 mln 875 ming so‘m etib belgilanishi mumkin. Tegishli qaror loyihasi siyosiy partiyalar muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.
Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 12,6 mlrd dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga ko‘paydi. Pul o‘tkazmalari AQShdan 37 foizga, Janubiy Koreyadan 71 foizga, Buyuk Britaniyadan 76 foizga hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga o‘sgan.
Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu lavozimda ishlab kelayotgan Farhod Umarov sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bundan tashqari, Peshku tumaniga Hayot Davlatov hokim etib tasdiqlandi.
Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekiston kabi mashinalar kam mamlakatda minglab inson yo‘l-transport hodisalarida vafot etayotgani normal emasligini ta’kidladi. “Shvetsiyada 5 millionta avtomobil bor, lekin bizdan 10 baravar kam odam o‘lmoqda, oradagi farq esa biz o‘zimiz yaratgan raqamlarimiz”, — deydi u.
Chia urug‘idan tayyorlangan puding, suli yormasidan tiramisu, unsiz, yong‘oqli pechene va boshqa parhezbop desertlar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
O‘zbekistonda inson huquqlari faoliyatini kuchaytirish maqsadida tuzilgan Inson huquqlari uyi 3-dekabrdan ish boshlaydi. Ushbu maydonda xalqaro va milliy hujjatlar, inson huquqlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va tahliliy hisobotlar kutubxonasi yaratilgan.
Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda banklar balansidagi foydalanilmayotgan issiqxonalar, qayta ishlash sexlari va muzlatkichli omborlarni bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan tajribali tadbirkorlarga 3 yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish taklif etildi.
Andijonda mashinasining davlat raqamini yechib olgan bir guruh niqobli shaxslar yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinaga tosh otib, haydovchining pullarini o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi. Jabrlanuvchi qochishga muvaffaq bo‘ldi va jinoyat oxiriga yetmadi. Holat yuzasidan bosqinchilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Uzum Market bilan maxsus loyiha doirasidagi Toshkent viloyatida 1500 aholisi bo‘lgan qadimiy qishloq haqida hikoyalar.
Xorazm viloyatida 110 ming dollar, Toshkentda 5 ming dollar olayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Ular bankdagi tanishlari orqali katta miqdorda kredit ajratib berishni va’da qilgan. Jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Prezident Buxoro hokimining hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejalaridan qoniqmadi va investitsiya, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish sohalarini yaxshilash kerakligini aytdi. Viloyatdagi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tib, shu uchta yo‘nalish ustida ishlaydi.
O‘zbekistonda dala chetidan samarali foydalangan fermerlar tadbirkorlar reytingida qo‘shimcha ball olish, yer solig‘ini ikkiga bo‘lib to‘lash imkoniyati va boshqacha ko‘rinishdagi imtiyozlarga ega bo‘ladi. Har bir mahallada kamida 100 ta xonadonga limon va uzum ko‘chatlari tarqatiladi.
Bloger Farhod Mannopovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Marhumga xizmat ko‘rsatgan Star Med Center’ning ikki shifokori kasbiy vazifalarini lozim darajada bajarmaganlikda aybdor deb topildi. Ularga muayyan huquqdan mahrum qilib 5 yilga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.
Repatriatsiya tadbirlari natijasida Ukraina Qurolli kuchlarining urushda halok bo‘lgan 502 nafar harbiy xizmatchisining jasadi ortga qaytarildi. Kiyev esa 52 nafar rossiyalik harbiyning jasadini qaytargani xabar qilindi.
Shveysariya prokuraturasi Lombard Odier xususiy banki va uning sobiq xodimini jinoiy daromadlarni yuvishda ayblamoqda. Ular Gulnora Karimovaning jinoiy faoliyatini yashirishga yordam berishda “hal qiluvchi rol” o‘ynagani ta’kidlanyapti.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting