Gulistondagi uylarning birida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 fuqaro jarohat bilan shifoxonaga olib ketildi.
Chinoz tumanida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi. Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari ularga va avtomashinaga maxsus texnikalar yordamida amaliy yordam ko‘rsatdi.
26 yanvardan Farg‘onadan Qirg‘izistonga pandemiya sabab to‘xtab qolgan mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi. Farg‘ona-Quvasoy-Qizil-qiya yo‘nalishining yo‘lkira narxi 12 ming so‘m etib belgilandi.
Donald Trampning Twitter`da auditoriyasini tiklab olgani, avtobus kattaligidagi asteroidning sun’iy yo‘ldoshlardan ham pastroq masofadan uchib o‘tayotgani, elchixona avtomobillaridan foydalangan Yaponiya bosh vaziri o‘g‘lining janjal markazida qolgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yaqinda tayinlangan Toshkent hokimi v. b. Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimligida kadrlar almashinuvini davom ettirmoqda. U budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishiga buyurtmachi vazifasini bajaruvchi «Yagona buyurtmachi xizmati» rahbarini ham almashtirdi.
2023 yilda YAIM va inflyatsiyaning prognozlari, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida GES qurilishi shartnomasi va $1,6 mlrdlik kelishuvlar, asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan MB, Qirg‘izistonga borgan Shavkat Mirziyoyev, Andijonda o‘ldirib ketilgan ayol va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
2022-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi faollik 3,8 foizga oshdi. Ikkilamchi bozorda o‘rtacha narxlar yil davomida 16,5 foizga, Toshkent shahrida esa 24 foizga oshgan. Shu bilan birga, poytaxtda ijaraga beriladigan uy-joylar 34 foizga qimmatlashdi.
Humo va Uzcard to‘lov tizimlari uzoq muzokaralardan so‘ng o‘zaro integratsiya bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Markaziy Banki rahbari. Birinchi bosqichda bankomatlarni har ikkala turdagi kartalarni ham qabul qilishga moslashtirish rejalashtirilgan. Bu ishlar may oyigacha yakunlanishi mumkin.
2022-yilda O‘zbekistonga rekord darajada -16,9 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kelib tushdi, bu 2021-yilga nisbatan 2,1 barobar ko‘pdir. Bu mablag‘larning katta qismi Rossiyadan. O‘zbekistondan boshqa davlatlarga 2,1 mlrd dollarlik xorijiy valyuta jo‘natilgan.
Toshkent-Buxoro yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi Navoiy viloyatida qo‘ylar podasini urib yubordi. 1000 ga yaqin qo‘y temiryo‘lni noto‘g‘ri joyda kesib, himoya panjarasini buzib o‘tgan. Hayvonlarning egasi qoidabuzarlik uchun ma’muriy jazoga tortiladi.
Prezident rafiqasi bilan birga Bishkekka bordi. Aeroportda mehmonlarni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Tailandda o‘tkazilayotgan 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekistonlik bokschi yigitlar musobaqada 11 ta medal — 9 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronzaga sazovor bo‘ldi.
Nukusda bir-biriga yo‘l bermagan Damas va Gentra to‘qnashib ketdi. Oqibatida Damas yo‘lovchisi jarohat olib, shifoxonada vafot etdi.
Markaziy bank 2023 yil oxirigacha mamlakat iqtisodiyoti 4,5−5% darajasida o‘sishini prognoz qilmoqda. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi esa 8,5−9,5% bo‘ladi. Bu yil pul-kredit siyosatining ta’sir doirasi bazaviy inflyatsiyaning o‘sish dinamikasi hamda tashqi iqtisodiy sharoitlardagi xatarlar sabab qisqarishi mumkin.
Britaniya menejment universiteti yangi formatdagi qabul tartibi, yangi kampus va dasturlar asosida ro‘yxatga olish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga tashrifi arafasida ikki davlat o‘rtasida Jalolobod viloyatida Qambarota-1 GES qurilishi bo‘yicha investitsiya shartnomasi imzolandi. Loyihaning asosiy uch tomonlama bitimi iyul oyida imzolanishi rejalashtirilgan.
Senat ishchi guruhi oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat sifatida tan olish to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlagan. Ammo Adliya vazirligi hujjatni eng asosiy qismisiz muhokamaga qo‘ygan. Saida Mirziyoyevaning fikricha, oiladagi zo‘ravonlikka jinoiy jazo belgilanmas ekan, “bir joyda qotib turaveramiz”.
Toshkentning Shayxontohur tumanida to‘rtta mashina — Spark, Lacetti, Nexia-3 va Matiz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki haydovchi jarohat oldi.
Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi arafasida Bishkekda umumiy qiymati 1,6 milliard dollardan ortiq bo‘lgan hujjatlar imzolandi. Ular orasida 300 million dollarlik investitsiya va 1,3 milliard dollarlik savdo shartnomalari mavjud.
Energetika vaziri O‘zbekistonda kelasi qishga tayyorgarlik rejasini ma’lum qildi. Bunda chekka hududlar to‘liq suyultirilgan gazga o‘tkaziladi va ko‘mir qozonlar quriladi, issiqxonalar hamda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar ko‘mirga o‘tkaziladi, quyosh elektr stansiyalari qurilishi jadallashtiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting