Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyadagi musobaqani 2-o‘rinda yakunladi
29 yanvar 2023, 22:35

Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyadagi musobaqani 2-o‘rinda yakunladi

Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyada o‘tkazilgan Tata Steel Chess-2023 musobaqasini 2-o‘rin bilan yakunladi. Musobaqa g‘olibligi 8,5 ochko to‘plagan mezbon Anish Giriga nasib qildi. Javohir Sindorov esa o‘z guruhida 3-o‘rinni egalladi.

Boks: Bektemir Meliqo‘ziyev Ulises Siyerrani nokautga uchratdi
29 yanvar 2023, 22:04

Boks: Bektemir Meliqo‘ziyev Ulises Siyerrani nokautga uchratdi

Bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev AQShda o‘tkazilgan jangda amerikalik Ulises Siyerrani nokautga uchratdi.

Qoraqalpog‘istondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi
29 yanvar 2023, 20:12

Qoraqalpog‘istondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

Nukus shahridagi 4 qavatli uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 2 nafar yigit kuyish tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirildi. Voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay Orinbayev va Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov bordi.

«Yuragingni sug‘urib olaman». Toshkent tumanidagi imom-xatib arab tili kursidagi xatti-harakatlari sabab ishdan olindi
29 yanvar 2023, 19:22

«Yuragingni sug‘urib olaman». Toshkent tumanidagi imom-xatib arab tili kursidagi xatti-harakatlari sabab ishdan olindi

Toshkent tumanidagi «Eshonxo‘ja ota» masjidi imom-xatibi Avazxo‘ja Bahromov tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan arab tili kursidagi xatti-harakatlari uchun ishdan olindi. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar imom-xatibning harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan ish olib bormoqda.

O‘zbekistonda Pablo Pikasso asarlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi mumkin
29 yanvar 2023, 15:52

O‘zbekistonda Pablo Pikasso asarlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi mumkin

Ispaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Toshkent va Samarqandda ispaniyalik rassom Pablo Pikasso asarlari ko‘rgazmasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

2035 yilgacha O‘zbekistonda elektrga bo‘lgan talab har yili 5−5,3 foizga oshishi kutilmoqda
29 yanvar 2023, 15:40

2035 yilgacha O‘zbekistonda elektrga bo‘lgan talab har yili 5−5,3 foizga oshishi kutilmoqda

PMTI prognozlariga ko‘ra, 2035 yilda O‘zbekiston aholisi 45,6 mln kishidan oshadi. Ushbu davrgacha aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi esa har yili 5−5,3 foizga oshishi kutilmoqda. Mutaxassislar milliy energetika tizimini tezroq yadro, vodorod va «yashil» texnologiyalarga integratsiyalashni taklif etmoqda.

Navoiyda 48 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi
29 yanvar 2023, 13:24

Navoiyda 48 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv havzasi hududida 48 dona baliqni noqonuniy ovlagan fuqarolar aniqlandi. Ularga nisbatan 18 mln so‘m jarima hamda hayvonot dunyosiga yetkazilgan 11 mln so‘mdan ortiq zarar miqdori hisoblandi.

Azal aviakompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni boshladi
29 yanvar 2023, 13:20

Azal aviakompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni boshladi

Azal kompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Muntazam reyslar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshiriladi. Urganch ushbu aviatashuvchi parvoz qila boshlagan Toshkent, Samarqand va Farg‘onadan keyingi to‘rtinchi shahar bo‘ldi.

Surxondaryoda «Tez yordam» mashinasi bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi
29 yanvar 2023, 13:15

Surxondaryoda «Tez yordam» mashinasi bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi

Angor tumanida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, «Tez yordam» mashinasi bilan to‘qnashgan 22 yoshli Spark haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana bir shu yoshdagi yo‘lovchi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketildi.

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi
28 yanvar 2023, 18:25

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi

O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoati masalalari bo‘yicha izlanish olib boradigan 3 ta ta’lim muassasasi: xalqaro institut, uning huzurida maxsus markaz va texnikum ochiladi. Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini onlayn almashtirish imkoniyati yaratildi
28 yanvar 2023, 16:22 2

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini onlayn almashtirish imkoniyati yaratildi

O‘zbekistonda 30 yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini onlayn ariza berish orqali almashtirish imkoniyati yaratilmoqda. Buyurtma my.gov.uz sayti orqali beriladi. Buning uchun BHMning 70 foizi (210 ming so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 ming so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

O‘zbekiston TIV Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qilingan hujum bo‘yicha bayonot berdi
28 yanvar 2023, 15:40

O‘zbekiston TIV Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qilingan hujum bo‘yicha bayonot berdi

27 yanvar kuni Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurollangan shaxs hujum uyushtirgandi. Hodisa oqibatida xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan. O‘zbekiston TIV holat yuzasidan bayonot berib, hujumni keskin qoraladi. Shuningdek, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishiga umid bildirdi.

Toshkentda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz yonib ketdi
28 yanvar 2023, 13:46

Toshkentda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz yonib ketdi

Yakkasaroy tumanida Mercedes-Benz motor qismida nosozliklar yuzaga kelgani uchun yo‘lovchilarni tushirib, avtosaroyga qaytayotgan vaqtda dvigatelda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Surxondaryoda o‘qituvchi hamkasbining bank kartasidan pul yechib olib, onlayn qimorga sarflab yubordi
28 yanvar 2023, 13:25

Surxondaryoda o‘qituvchi hamkasbining bank kartasidan pul yechib olib, onlayn qimorga sarflab yubordi

Qo‘mqo‘rg‘on tumanida maktab o‘qituvchisining kartasidan 1,5 mln so‘m yechib olgan hamkasbi uni «1xBet» onlayn qimori uchun ishlatib yuborgani gumon qilinmoqda. Agar uning aybi tasdiqlansa, 15 mln so‘m jarimaga tortilishi yoki 3 yilgacha qamalishi mumkin.

Norin daryosining yemirilgan qirg‘og‘ini ta’mirlashga bosh vazir o‘rinbosari va FVV rahbari boshchilik qilmoqda
28 yanvar 2023, 12:05

Norin daryosining yemirilgan qirg‘og‘ini ta’mirlashga bosh vazir o‘rinbosari va FVV rahbari boshchilik qilmoqda

Namangandagi Norin daryosining yemirilgan damba qirg‘oqlarini mustahkamlash uchun bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida ish olib borilyapti. Jarayonga 381 nafar xodim va 112 ta maxsus texnika jalb etilgan.

Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
28 yanvar 2023, 11:13

Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Sirdaryoda 2 fuqaro viloyat hokimligi bayonnomasi asosida vaqtinchalik foydalanish uchun berilgan 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi. Ular xaridordan oldingan kelishigan 20 ming dollarni olayotganda ushlandi.

Nima tayyorlaymiz: Tortlar
28 yanvar 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Tortlar

Muzqaymoq kremli, drezdencha, shokolad va yalpizli tort, «Baunty», «Pancho» hamda «Piramida» torti va boshqalar — Zira.uz ajoyib ko‘rinish va ta’mga ega tortlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Video: Qashqadaryoda savdo rastasi va bankomatda yong‘in sodir bo‘ldi
28 yanvar 2023, 09:56

Video: Qashqadaryoda savdo rastasi va bankomatda yong‘in sodir bo‘ldi

Qarshi shahridagi savdo rastasi hamda bankomatda yong‘in yuz berdi. Hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Baxtiyor Rahmonov poytaxtning Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi
28 yanvar 2023, 09:22

Baxtiyor Rahmonov poytaxtning Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimligida kadrlar almashinuvini davom ettirmoqda. U o‘z xohishiga ko‘ra lavozimdan ketishni so‘ragan Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Umarovni ishdan bo‘shatdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 yanvar 2023, 23:53

Jahon yangiliklari dayjesti

Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlikning og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilgani, Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumda bir kishining halok bo‘lgani, BMT bosh kotibining hukumatlarni internetni cheklashga chaqirgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting