Namanganda jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi. Qozog‘istonlik mutaxassilar ishlab chiqqan tizim maxsus algoritmlardan foydalangan holda qoidabuzarliklarni aniqlaydi va IIBning vakolatli inspektoriga yuboradi.
Pokistonning Peshovar shahridagi masjid xudkush tomonidan portlatildi. Qurbonlar soni 28 kishini, jarohatlanganlar 150 kishini tashkil etmoqda.
Respublikada 2022 yilda o‘rtacha nominal oylik ish haqi 21,1 foizga oshib, 3,89 million so‘mni tashkil qildi. Hududlar orasida Toshkent, faoliyat turi bo‘yicha — bank sohasi yetakchilikni saqlab qoldi. Shu bilan birga, poytaxt va hududlar o‘rtasidagi ish haqi bo‘yicha farq oshishda davom etmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha Human Rights Watch tashkilotining 2022 yilgi hisobotida Nukus voqealarida haddan tashqari kuch ishlatilgani, ko‘plab fuqarolar og‘ir jarohat olgani va ba’zilari vafot etgani aytilgan, shuningdek, parlament komissiyasi mustaqilligi shubha ostiga olingan. Komissiya HRWga javob qaytardi.
Uzbekistan Airways bahor mavsumidan boshlab Milan va Parij shaharlariga aviaqatnovlarni tiklaydi. Parvozlar haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
1 fevraldan O‘zbekistonga O‘rta dengiz hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib keladi. Harorat hafta davomida kechalari −1…+4 darajani, kunduzi +5…+10 darajani tashkil etadi. Respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
O‘zbekistonda sel, ko‘chki va suv toshqinlari kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi.
Nukusda ikki bola kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Biroq ulardan biri reanimatsion chora-tadbirlarga qaramay vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotidan zaharlanish deya tarqalgandi.
Nukus shahridagi ko‘p qavatli uy portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. Avvalroq 5 yoshli qizaloq qutqarilib, shifoxonaga olib ketilgandi. Holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Gazeta.uz» qutqaruv ishlari davomida Nukusdagi uy vayronalari ostidan jasadi topilgan erkakning shaxsini aniqladi. U Salamat Raziyev bo‘lib, portlash sodir bo‘lgan kvartiraning pastki qavatida yashagan.
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Qatnovlar haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
«Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli»ning «Andijon-1» stansiyasi boshlig‘i tadbirkordan ularga beriladigan imtiyozlardan foydalanishga yordamlashishini aytib, $1,5 ming olgan vaqtida ushlangan. Gumonlanuvchiga jinoyat ishi ochildi.
Samarqand shahrida avtobus yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.
Tijorat banklari 30 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 285 — 11 370 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 390 so‘m.
Nukus shahridagi gaz portlagan 4 qavatli uy vayronalaridan bir nafar fuqaro jasadi topildi va 5 yoshli qiz qutqarib qolindi. Uyda yashovchi boshqa fuqarolar evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi.
Ikki kunda Toshkent va Namangan shaharlarida yurib ketayotgan Nexia avtomobillarida yong‘in chiqqan. Hodisalar oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Chexiyadagi saylovlarda sobiq NATO generalining g‘olib bo‘lgani, Pokiston va Peruda avtobus halokatlarida ko‘plab insonlarning vafot etgani, Erondagi zavodlarga dronlar hujumi, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayonining to‘xtab qolgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyada o‘tkazilgan Tata Steel Chess-2023 musobaqasini 2-o‘rin bilan yakunladi. Musobaqa g‘olibligi 8,5 ochko to‘plagan mezbon Anish Giriga nasib qildi. Javohir Sindorov esa o‘z guruhida 3-o‘rinni egalladi.
Bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev AQShda o‘tkazilgan jangda amerikalik Ulises Siyerrani nokautga uchratdi.
Nukus shahridagi 4 qavatli uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 2 nafar yigit kuyish tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirildi. Voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay Orinbayev va Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov bordi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting