O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28 mlrd dollardan oshdi
17 avgust 2022, 11:24

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28 mlrd dollardan oshdi

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,1 mlrd dollariga teng bo‘ldi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 6,3 mlrd dollar o‘sish qayd etilgan.

Hududlar uchun Damas o‘rniga 5000 ta avtobus va mikroavtobus sotib olish rejalashtirilmoqda — loyiha
17 avgust 2022, 10:06

Hududlar uchun Damas o‘rniga 5000 ta avtobus va mikroavtobus sotib olish rejalashtirilmoqda — loyiha

Hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish uchun Transport vazirligi tomonidan 5000 ta avtobus va mikroavtobus sotib olish, 81 ta avtovokzal qurish va rekonstruksiya qilish hamda Damas mikrovenlaridan foydalanishdan voz kechish taklif etilmoqda.

Toshkent aeroporti 1000 ta yangi yuk aravachalarini qabul qilib oldi
17 avgust 2022, 09:47

Toshkent aeroporti 1000 ta yangi yuk aravachalarini qabul qilib oldi

Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyaning Wanzl kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1000 ta yangi yuk aravalari paydo bo‘ldi. Yaqin kunlarda hududiy aeroportlarga ham yangi aravalar keltirilishi reja qilinmoqda.

Qarshi Leather bir necha bor qonunbuzarliklari uchun ogohlantirilgan — Qashqadaryo Ekologiya boshqarmasi
16 avgust 2022, 23:30

Qarshi Leather bir necha bor qonunbuzarliklari uchun ogohlantirilgan — Qashqadaryo Ekologiya boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Qarshi Leather zavodi ekologiyani ifloslantirgani uchun bir necha bor ogohlantirilgani, mart oyida faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi. Avvalroq atrofga badbo‘y hid taratayotgan ushbu zavod oldida fuqaro o‘zini yoqib yuborgan edi.

Georgiy Paresishvili Toshkent fond birjasiga rahbar bo‘ldi
16 avgust 2022, 21:16

Georgiy Paresishvili Toshkent fond birjasiga rahbar bo‘ldi

Gruziya birjasining sobiq rahbari Giorgiy Paresishvili «Toshkent» birjasi boshqaruvi raisi bo‘ldi. Uning asosiy vazifalari mahalliy fond bozorini kapital bozorining xalqaro infratuzilmasiga integratsiyalashuvi, shuningdek, mahalliy kompaniyalarning IPO va SPO o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ladi.

Kuzda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda
16 avgust 2022, 20:48

Kuzda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari sentabrda Samarqandda SHHT sammitini tashkil etish hamda joriy yil kuzda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.

Navoiy ko‘chasining bir qismi ta’mir ishlari uchun yopiladi
16 avgust 2022, 20:39

Navoiy ko‘chasining bir qismi ta’mir ishlari uchun yopiladi

Toshkentdagi Navoiy ko‘chasining Xadra maydonidan Chorsu maydonigacha bo‘lgan qismi 17 avgustdan ta’mir ishlari uchun yopiladi.

Toshkentda obodonlashtirish ishchisi Spark urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
16 avgust 2022, 18:46

Toshkentda obodonlashtirish ishchisi Spark urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi ko‘chada Spark haydovchisi yo‘l chetida turgan shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisini urib yubordi. Hodisa oqibatida piyoda voqea joyida vafot etdi.

DSQ raisi shaxmat olimpiadasi g‘olibining otasiga navbatdagi unvonni topshirdi
16 avgust 2022, 18:17

DSQ raisi shaxmat olimpiadasi g‘olibining otasiga navbatdagi unvonni topshirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev shaxmat olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Yakubbayevning otasi, soliq xizmati xodimi Murodbek Iskandarovga navbatdagi unvonni topshirdi. Shuningdek, chempionning ota-onasiga «Xumson» sanatoriysiga yo‘llanma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari berilgan.

Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qoplab berish tartibi belgilandi
16 avgust 2022, 17:51

Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qoplab berish tartibi belgilandi

Magistraturada to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt summasini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi. Buning uchun talabgorlar 15 sentabrga qadar o‘zlari ta’lim oladigan muassasa rektori nomiga ariza bilan murojaat etishlari talab qilinadi.

«Forish» poligonida Xalqaro armiya o‘yinlari start oldi
16 avgust 2022, 17:29

«Forish» poligonida Xalqaro armiya o‘yinlari start oldi

15 avgust kuni Jizzax viloyatida Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan «Dala oshxonasi» va «Qurolsoz usta» musobaqalari boshlandi. Unda dunyoning 37 davlatidan jami 257 jamoa qatnashmoqda. O‘yinlar Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan.

Toshkentda Interpol byurosi xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosini ushladi
16 avgust 2022, 17:08

Toshkentda Interpol byurosi xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosini ushladi

Toshkent aeroportida Interpolning O‘zbekistondagi byurosi xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaroni turkiyalik hamkasblariga topshirdi. U muhrlarga qasddan zarar yetkazish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun qidiruvda bo‘lgan.

O‘zbekistonlik sportchilar Islom birdamligi o‘yinlarida yana 22 ta medalni qo‘lga kiritdi
16 avgust 2022, 16:40

O‘zbekistonlik sportchilar Islom birdamligi o‘yinlarida yana 22 ta medalni qo‘lga kiritdi

Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari yana 10 ta oltin, 4 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ikki kurashda 446 kg tosh ko‘targan og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev o‘yinlarning mutlaq chempioniga aylandi.

Gulnora Karimovaning aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi
16 avgust 2022, 16:22

Gulnora Karimovaning aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi

O‘zbekiston va Shveysariya 16 avgust kuni Gulnora Karimovaning aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitimni imzoladi. $131 mlnga (taxminan 1,4 trln so‘m) teng aktivlar O‘zbekistonga BMTning «Uzbekistan Vision 2030» ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi orqali qaytarilishi kutilmoqda.

Andijonda ikki bank xodimi 111 mln so‘mni o‘zlashtirganligi ma’lum bo‘ldi
16 avgust 2022, 16:02

Andijonda ikki bank xodimi 111 mln so‘mni o‘zlashtirganligi ma’lum bo‘ldi

Andijonning Buloqboshi tumanidagi “Xalq banki” xodimlari tomonidan bankomatga joylanishi kerak bo‘lgan 111 mln so‘m o‘zlashtirilganligi aniqlandi. Tekshiruv davomida yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan.

Qarshida fuqaro o‘zini yoqib yuborishga urindi
16 avgust 2022, 15:36

Qarshida fuqaro o‘zini yoqib yuborishga urindi

Prokuratura Qarshidagi charm zavodi yaqinida sodir bo‘lgan voqeani o‘rganmoqda. Bu yerda aholi kasalliklarni keltirib chiqarayotgan hid va havoning ifloslanishidan shikoyat qilib yig‘ilishgandi. Fuqarolardan biri zavod rahbariyati tahdid qilganini aytib, o‘zini yoqib yubordi.

RF Afg‘onistondan O‘zbekiston va Tojikistonga olib qochilgan harbiy samolyotlarning Ukrainaga o‘tib qolishidan xavfsiramoqda
16 avgust 2022, 14:59

RF Afg‘onistondan O‘zbekiston va Tojikistonga olib qochilgan harbiy samolyotlarning Ukrainaga o‘tib qolishidan xavfsiramoqda

Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov: «Afg‘onistonlik qo‘mondonlar va harbiy xizmatchilar qochib ketgan paytda O‘zbekiston va Tojikiston hududida qolgan harbiy vertolyot va samolyotlar Ukrainaga o‘tib qolmasligi biz uchun muhim», deya bayonot berdi.

Barcha ta’lim tashkilotlarida o‘qish 5 sentabrdan boshlanadi
16 avgust 2022, 12:21

Barcha ta’lim tashkilotlarida o‘qish 5 sentabrdan boshlanadi

O‘zbekistonliklar mustaqillikning 31 yilligini nishonlash arafasida ish haftasidan qat’iy nazar ketma-ket 4 kun — 1 sentabrdan 4 sentabrga qadar dam olishadi. Shunga ko‘ra, barcha ta’lim tashkilotlarida o‘qish jarayonlari 5 sentabr — dushanba kunidan boshlanadi.

Salom Samadov Qashqadaryo viloyatiga prokuror bo‘ldi
16 avgust 2022, 11:22

Salom Samadov Qashqadaryo viloyatiga prokuror bo‘ldi

Toshkent viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Salom Samadov Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. U avval ham mazkur lavozimda faoliyat olib borgan.

«Imom Buxoriy» ordeni ta’sis etildi
16 avgust 2022, 11:09

«Imom Buxoriy» ordeni ta’sis etildi

Prezident «Imom Buxoriy» ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Mazkur orden bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy merosini o‘rganish hamda targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishgan fuqarolar mukofotlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting