1 sentabrdan ichki sayohat harajatlarining bir qismi keshbek sifatida qaytariladi
22 avgust 2022, 11:07

1 sentabrdan ichki sayohat harajatlarining bir qismi keshbek sifatida qaytariladi

Turizm vazirligi DSQ bilan hamkorlikda yangi keshbek tizimini ishga tushirmoqda. Unga muvofiq, 1 sentabrdan boshlab respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan mamlakat fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi.

Shavkat Mirziyoyev shu haftada Samarqandga boradi
22 avgust 2022, 10:48

Shavkat Mirziyoyev shu haftada Samarqandga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni tadbirkorlar bilan uchrashadi. Shuningdek, AQSh Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilishi kutilmoqda. Hafta davomida davlat rahbari Samarqandga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.

«Tadbirkorga prokuror ham, hokim ham tazyiq o‘tkazmagan». Andijon hokimligi o‘zini osgan tadbirkor haqida
22 avgust 2022, 10:23

«Tadbirkorga prokuror ham, hokim ham tazyiq o‘tkazmagan». Andijon hokimligi o‘zini osgan tadbirkor haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijonda tadbirkor o‘zini osgani bo‘yicha xabarga viloyat hokimligi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, tadbirkorga hokim ham, prokuror ham tazyiq o‘tkazmagan. Xabarda aytilishicha, tashkilot rahbarining o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar kelib chiqmoqda.

Qamchiqdagi avariya oqibatida Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi
22 avgust 2022, 09:54

Qamchiqdagi avariya oqibatida Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi

«Toshkent-O‘sh» yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida Isuzu yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, oldida harakatlanib ketayotgan ikkita Lacetti bilan to‘qnashib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. Natijada haydovchi va yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi.

O‘zbekistonda yer qa’ri uchastkalarini sotish, hadya qilish va meros qoldirish ta’qiqlanishi mumkin
22 avgust 2022, 09:16

O‘zbekistonda yer qa’ri uchastkalarini sotish, hadya qilish va meros qoldirish ta’qiqlanishi mumkin

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish tartibi belgilash bo‘yicha qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Unga ko‘ra, kon ochish salohiyati yuqori bo‘lgan maydonlar «E-auksion» orqali, olis joylardagi uchastkalar «birinchi kelgan birinchi oladi» tamoyili asosida berilishi rejalashtirilmoqda.

Ochilboy Ramatov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi
20 avgust 2022, 19:58

Ochilboy Ramatov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotladi. Farmonda u vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi uchun qo‘shgan hissasi hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan taqdirlangani qayd etilgan.

100 nafar ishbilarmon yangi ta’sis etilgan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
20 avgust 2022, 18:55

100 nafar ishbilarmon yangi ta’sis etilgan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Prezident qarori bilan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Shavkat Mirziyoyev ishbilarmon doira vakillari bilan ochiq muloqot oldidan 100 nafar tadbirkorni mazkur mukofot bilan taqdirladi.

UzAuto Motors: Chevrolet Tracker va Onix bu yil Spark va Nexia o‘rnini egallaydi
20 avgust 2022, 12:02

UzAuto Motors: Chevrolet Tracker va Onix bu yil Spark va Nexia o‘rnini egallaydi

Bugun — 20 avgustdan boshlab, Chevrolet Spark va Nexia avtomobillari sotuvga chiqariladi.

Qish mavsumi uchun sabzavotli salatlar
20 avgust 2022, 10:31

Qish mavsumi uchun sabzavotli salatlar

Qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishga ulgurmagan pazandalar uchun Zira.uz sahifasi baqlajonli va qovoqchali ikralar, sabzavotli qayla, lecho, baqlajonni pomidorli qaylada pishirish hamda sabzavotlarni qish uchun muzlatib qo‘yish usullari va retseptlarini taqdim etadi.

UzAuto va BYD O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarishga kelishib oldi
19 avgust 2022, 23:25

UzAuto va BYD O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarishga kelishib oldi

“O‘zavtosanoat” va Xitoyning BYD Auto kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarini to‘liq siklda ishlab chiqarishni tashkil etishga kelishib oldi. Kelgusida dvigatellar, elektromotorlar va akkumulyatorlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Avvalroq tomonlar O‘zbekiston bozori o‘rganilayotgani haqida xabar bergan edi.

Bir qism maktab o‘quvchilari o‘quv yilini yangi avlod darsliklari bilan boshlaydi
19 avgust 2022, 22:19

Bir qism maktab o‘quvchilari o‘quv yilini yangi avlod darsliklari bilan boshlaydi

XTVga yil oxiriga qadar 3, 6, 7 va 10-sinflar uchun yangi darsliklarni ishlab chiqish topshirilgan edi, biroq jadvaldan ilgarilab ketilgani sababli o‘quvchilar sentabrdanoq ularni qabul qilib olishni boshlaydilar. Shu bilan birga, qog‘oz narxlari oshib ketgani bois hukumatga qo‘shimcha mablag‘ zarur bo‘lmoqda.

RF Qoraqalpog‘iston va Qozog‘istondagi voqealarni «rangli inqiloblar»ga urinish deb hisoblaydi
19 avgust 2022, 21:46

RF Qoraqalpog‘iston va Qozog‘istondagi voqealarni «rangli inqiloblar»ga urinish deb hisoblaydi

Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev Toshkentda SHHTga a’zo davlatlardagi hamkasblari bilan uchrashuvda so‘zlagan nutqida 2022 yil yanvarida Qozog‘istonda va iyul oyida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar RF tomonidan G‘arbning «rangli inqiloblarga urinishi» sifatida baholanishini aytdi.

DXX psixotrop tabletkalar savdosiga chek qo‘ydi
19 avgust 2022, 18:56

DXX psixotrop tabletkalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX to‘rtta holatda jami 9740 ta «Repagen» va 2990 ta «Tropikamid» psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi.

Saudiya Arabistonining Qirol Abdulaziz universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
19 avgust 2022, 16:59

Saudiya Arabistonining Qirol Abdulaziz universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Qirol Abdulaziz universiteti bilan hamkorlikda yangi markaz tashkil etiladi. Batafsil muhokamalar universitet delegatsiyasining oktabr oyida Toshkentda o‘tkaziladigan InnoWeek-2022 doirasidagi tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Navoiydagi «monopoliya» 70 dan ortiq tadbirkorga qariyb 8 mlrd so‘m zarar yetkazdi
19 avgust 2022, 16:22

Navoiydagi «monopoliya» 70 dan ortiq tadbirkorga qariyb 8 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Navoiydagi issiqxonalarga tabiiy monopoliya bo‘lgan «Navoiy IES» 1 Gkal issiqlik energiyasini 166,1 ming so‘m o‘rniga — 227,5 ming so‘m qimmat narxda yetkazib bergani aniqlandi. Natijada 70 dan ortiq tadbirkorga qariyb 8,0 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Sud Antimonopoliya qo‘mitasi ko‘rsatmasini qanoatlantirdi.

Buxoroda ishsizlik nafaqasini tayinlatib berishni va’da qilgan shaxslar aniqlandi
19 avgust 2022, 15:39

Buxoroda ishsizlik nafaqasini tayinlatib berishni va’da qilgan shaxslar aniqlandi

Buxoroning Shofirkon tumanida fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlatib berishni va’da qilgan ikki gumonlanuvchi ushlandi. Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining sobiq inspektori va uning tanishi 13 nafar fuqaroning 700 dollar va 6 mln so‘mini o‘zlashtirgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda yuzni tanib olish va nazorat qilish tizimi joriy etiladi
19 avgust 2022, 15:08

Toshkentda yuzni tanib olish va nazorat qilish tizimi joriy etiladi

Poytaxt kengashi Toshkentda yuzni tanib olish va nazorat qilish tizimini joriy etishni ma’qulladi. IIVning Kiberxavfsizlik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, tizim aholi salomatligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ommaviy tartibsizliklarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

SES Yunusobodda yashovchi fuqaroda kuydirgi kasalligi aniqlanganini rad etdi
19 avgust 2022, 14:42

SES Yunusobodda yashovchi fuqaroda kuydirgi kasalligi aniqlanganini rad etdi

Epidemiolog Lola Umarova yil boshidan beri 10 kishi kuydirgi yuqtirib olganlikda gumonlangani, faqat bir holatda — Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroda kasallik tasdiqlanganini ma’lum qildi. SES bu xabarni rad etib, mazkur ma’lumot hozirda o‘tkazilayotgan o‘quv-taktik mashg‘uloti uchun berilganini qayd etdi.

Ikki hududda qariyb 1,3 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi
19 avgust 2022, 13:03

Ikki hududda qariyb 1,3 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi

Ishtixon tumanida fermer xo‘jaligi rahbari xorijdan naslli chorva mollarini sotib olish uchun ajratilgan 780 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirganligi aytilmoqda. Angren shahrida esa baliqchilik uchun ajratilgan 490 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i talon-toroj qilingan.

Samarqand aeroporti SHHT sammiti munosabati bilan 3 kunga yopiladi
19 avgust 2022, 12:41

Samarqand aeroporti SHHT sammiti munosabati bilan 3 kunga yopiladi

Samarqand aeroporti 14−16 sentabr kunlari tijoriy yo‘lovchi va yuk tashuvchi reyslarni qabul qilmaydi. Shu kunlari shaharda SHHT sammiti bo‘lib o‘tadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting