O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosida ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol ushlandi. U Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Samarqand viloyati sobiq hokimi Erkinjon Turdimov lavozimidan ketishidan 2 kun avvalgi yig‘ilishida Samarqand shahrini avtomobillar shahridan odamlar shahriga aylantirishni ta’kidladi. “Samarqand shahrini odamlar shahriga aylantirishimiz kerak. Norozi bo‘lsa bo‘lsin mashina egalari”, — dedi Turdimov.
Behzod Hoshimov nega iqtisodchilar inson umrining statistik qiymatini baholashini tushuntirdi. “Kulfat yuz berganida inson umri uchun qancha kompensatsiya to‘lanishi kerak? Umr — bebaho, degan falsafa bilan yondashsak, kompensatsiya berish kerakmas, degan noto‘g‘ri xulosaga kelib qolish mumkin”, — deydi u.
28-noyabr kuni ertalab Rossiya Ukraina energetika obyektlariga 90 dan ortiq raketa va 100 ga yaqin dron yordamida ommaviy hujum uyushtirdi. Butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar joriy etildi.
Sud bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan va ularni uyi bilan birga yoqib yuborgan 29 yoshli erkakni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. U Jinoyat kodeksining besh moddasi, jumladan, qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish va bosqinchilik bo‘yicha aybdor deb topildi.
2018-yildan beri Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov prezident farmoni bilan lavozimdan olindi. Uning o‘rnini Hisob palatasi raisi lavozimida ishlagan Adiz Boboyev hokim vazifasini bajaruvchi sifatida egalladi.
Bayden ma’muriyati Ukraina uchun 725 mln dollarlik qurol-yarog‘ paketini tayyorlamoqda. Unga piyodalarga qarshi minalar, dronlar, raketalar va HIMARS raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar kiradi.
Juma kunidan boshlab O‘zbekistonda havo harorat pasaya boshlaydi. Joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda u qorga aylanishi mumkin. Kechalari harorat −8…+2, kunduz kunlari −2…+8 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ostona muzokaralari yakunida Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini ko‘paytirish rejalarini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Markaziy banki bir foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini cheklamoqchi. Regulyator raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayevning ta’kidlashicha, ayrim mijozlar yuzlab kartalarga ega bo‘lib, bu firibgarlar tomonidan kartalardagi mablag‘ o‘zlashtirilishiga olib kelmoqda.
SSV O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini tibbiy sug‘urta, farmatsevtika va tez tibbiy yordam kabi yettita asosiy yo‘nalishda o‘zgartirishga yordam berishi kerak bo‘lgan yetti nafar turkiyalik mutaxassisni jalb qildi. Hozir ular barcha darajadagi tibbiyot muassasalarini o‘rganmoqda va hududlarga safar uyushtirmoqda.
May oyida Spark Toshkentning Yusuf Xos Hojib ko‘chasidagi tartibsiz o‘tish joyida ayolni urib yuborgandi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. Sud haydovchini 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jazo manzil-koloniyada o‘taladi. Ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish joylari hamon xavfsizlik talablariga javob bermaydi.
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holatlarning aksariyati Farg‘ona, Xorazm va Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keladi. “Hududgazta’minot” kompaniyasi gaz to‘planganda avtomatik to‘xtatadigan yoki ovozli xabar beradigan uskunalarni o‘rnatishni tavsiya etmoqda.
“Adolat” partiyasi deputati Muhammad Valiyev so‘nggi oylarda propan narxi keskin oshgani sababli mas’ul idoralarga so‘rovlar yo‘lladi. So‘rovlarda narxlar oshishining sabablari, ularni barqarorlashtirish va narx shakllanishining shaffofligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi savollar ko‘tarilgan.
Samarqand shahrida tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin. Hozirda bu uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilinmoqda.
1-dekabrdan boshlab Rossiyada eksperiment tarzida xorijlik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakatga kirishda biometrik ma’lumotlarini taqdim eta boshlaydi. Birinchi bosqichda yig‘ish Moskva va Moskva viloyati aeroportlarida, shuningdek, Orenburg viloyatidagi “Mashtakovo” nazorat punktida amalga oshiriladi.
Prezident huzurida xorijiy investitsiya jalb qilish sohasidagi natijalar tanqidiy tahlil qilindi. Davlat rahbari yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, investitsiyalarning nafaqat hajmini, balki sifatini ham oshirish zarurligini aytdi. Har bir dollar sanoatni rivojlantirishi, yangi ish o‘rni yaratishi kerak, dedi u.
Samarqanddagi korxonalardan birining hisobchisi 6,4 mlrd so‘mni o‘zlashtirib, keyinchalik mablag‘ni internetdagi qimor o‘yinlarida yutqazib qo‘ydi. U soxta ma’lumotlar orqali pullarni o‘z nomiga ochilgan plastik kartalariga o‘tkazib olgan.
Toshkent shahri sudi apellyatsiya instansiyasi yozda 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Saidaziz Saidaliyevga (“Saidaziz medgorodok”) nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Tovlamachilik ishi bo‘yicha sudlangan yana 13 nafar shaxsning shikoyati ham rad etildi.
Bino qurilishi va rekonstruksiyasida daraxtlarga kimyoviy moddalar orqali shikast yetkazish, payhon qilish yoki yo‘q qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Tok va portlovchilardan foydalanib ovchilik va baliqchilik, shuningdek, ekologiya inspektorlari ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun jarimalar kuchaytirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting