O‘zbekistonda uy-joy qurilishi jarayonida avtoturargohlar tashkil etish majburiy bo‘lishi mumkin
9 yanvar 2025, 19:23

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi jarayonida avtoturargohlar tashkil etish majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda turar joy binolarini loyihalash va qurishda yerusti yoki yerosti to‘xtash joylari tashkil etishni majburiy qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek, uy-joylarni bazalt materiallari bilan qoplash va uglerod oksidi signalizatori bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiq qilinadi
9 yanvar 2025, 18:39

O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiq qilinadi

O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiqot qilinadi. Ushbu maqsadlar uchun Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligi tomonidan 2 mlrd so‘mlik grant mablag‘i ajratildi.

Gulbahor Izentayeva yana Savitskiy nomidagi muzey rahbari etib tayinlandi
9 yanvar 2025, 16:49

Gulbahor Izentayeva yana Savitskiy nomidagi muzey rahbari etib tayinlandi

2017−2020-yillarda Savitskiy nomidagi muzeyni boshqargan Gulbahor Izentayeva yana muassasa rahbari etib tayinlandi. Sobiq direktor Tigran Mkrtichevning shartnomasi o‘tgan yilning dekabr oyida yakunlangandi.

Yaponiya O‘zbekistondagi shifoxonalarni 215 ming dollarlik tibbiy uskunalar bilan ta’minlaydi
9 yanvar 2025, 16:12

Yaponiya O‘zbekistondagi shifoxonalarni 215 ming dollarlik tibbiy uskunalar bilan ta’minlaydi

Yaponiya hukumati O‘zbekistondagi shifoxonalar uchun tibbiy uskunalar to‘plamini xarid qilish bo‘yicha 215 ming dollarlik grantlar ajratdi. Jihozlar bolalar onkologiya markazi, perinatal markaz va shoshilinch tibbiy yordam markazining Buxoro filiali uchun olinadi.

“Ochiq budjet” doirasida o‘tkaziladigan jarayonlar taqvimi e’lon qilindi
9 yanvar 2025, 15:53

“Ochiq budjet” doirasida o‘tkaziladigan jarayonlar taqvimi e’lon qilindi

2025-yil uchun “Ochiq budjet” portalida jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan loyihalar taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” g‘oliblari Navro‘z va Mustaqillik bayramlarida e’lon qilinadi.

Qamchiq dovonida ikki kishi qor uyumi ostida qolib halok bo‘ldi
9 yanvar 2025, 15:32

Qamchiq dovonida ikki kishi qor uyumi ostida qolib halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida 31 yoshli sayyoh selfiga tushish uchun taqiqlangan hududga kirib, pastga sirpanib ketdi. Biroq unga yordam bermoqchi bo‘lgan sherigi bilan qor uyumi ostida qolib, halok bo‘ldi.

O‘tgan dekabr sovuq va bulutli bo‘ldi — O‘zgidromet
9 yanvar 2025, 15:09

O‘tgan dekabr sovuq va bulutli bo‘ldi — O‘zgidromet

2024-yilning dekabr oyi O‘zbekistonda bulutli kunlari ko‘p bo‘lgan quruq va sovuq oy bo‘ldi. Sovuq havoning eng yuqori cho‘qqisida harorat kechalari -8−13 darajagacha tushdi, yog‘ingarchilik esa oylik me’yorning 70 foizidan kamroq bo‘ldi.

O‘zbekistonda 2027-yildan plastik paketlar taqiqlanishi mumkin
9 yanvar 2025, 14:38

O‘zbekistonda 2027-yildan plastik paketlar taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda 2027-yildan polietilen paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanishni taqiqlash taklif qilinmoqda. Plastik qadoqdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan ularni yig‘ish va utilizatsiya qilish uchun maxsus joylarni talab qilish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda 2028-yilgacha ov qilishga moratoriy joriy qilinishi mumkin
9 yanvar 2025, 14:34

O‘zbekistonda 2028-yilgacha ov qilishga moratoriy joriy qilinishi mumkin

O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar ov qilishga moratoriy joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Ovchilarga muqobil mashg‘ulot sifatida o‘q otish sportiga ixtisoslashtirilgan poligonlarda xizmat ko‘rsatiladi. Bular 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.

Rossiyaning Zaporojega bergan zarbasi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi
9 yanvar 2025, 14:31

Rossiyaning Zaporojega bergan zarbasi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi

Zaporojega Rossiya qo‘shinlari tomonidan qilingan havo hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 113 kishi jarohat oldi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, shaharga ikkita aviabomba tashlangan.

Armaniston hukumati YeIga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
9 yanvar 2025, 12:51

Armaniston hukumati YeIga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Armaniston hukumati Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Endi hujjat parlamentga yuboriladi. Bosh vazir Nikol Pashinyan bunday qaror faqat umumxalq referendumi orqali qabul qilinishi mumkinligini aytdi.

Ko‘p qavatli uylar yaqinidagi yerlarni betonlashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin
9 yanvar 2025, 12:23

Ko‘p qavatli uylar yaqinidagi yerlarni betonlashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda 1-iyuldan ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi mumkin. Bu davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

2025-yildan mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlariga ustama to‘lanishi mumkin
9 yanvar 2025, 11:45

2025-yildan mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlariga ustama to‘lanishi mumkin

2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlarining maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanishi mumkin. Buning uchun xodimlarning mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi.

O‘zbekistonda “Bir million yashil oila” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
9 yanvar 2025, 11:32

O‘zbekistonda “Bir million yashil oila” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2025-yilda “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Farg‘onada uyda saqlanayotgan Kaliforniya forsi iloni hayvonot bog‘iga o‘tkazildi
9 yanvar 2025, 11:29

Farg‘onada uyda saqlanayotgan Kaliforniya forsi iloni hayvonot bog‘iga o‘tkazildi

Farg‘ona shahridagi xonadonda Kaliforniya forsi iloni boqilayotgani aniqlangan. Fuqaroga bu qonunga zid ekani tushuntirilgandan so‘ng ilon Farg‘ona hayvonot bog‘iga o‘tkazilgan.

Ai-80 benzini sotuvi 2025-yil oxirigacha cheklanishi mumkin
9 yanvar 2025, 09:56

Ai-80 benzini sotuvi 2025-yil oxirigacha cheklanishi mumkin

Prezident farmoni loyihasi bilan 2025-yil yakunigacha O‘zbekistonda “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi yoqilg‘ini sotish va ishlatishni cheklash taklif etilmoqda. Avvalroq Ai-80 benzindan voz kechish maqsadi 2028-yilga qoldirilgandi. Shuningdek, IESlarda mazutdan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Toshkent hayvonot bog‘idagi jirafa nobud bo‘ldi
9 yanvar 2025, 09:18

Toshkent hayvonot bog‘idagi jirafa nobud bo‘ldi

Toshkent hayvonot bog‘idagi jirafa halok bo‘ldi. Uning o‘limiga oshqozon buralishi sabab bo‘ldi. Hozirda zooparkda ikkita jirafa qolgan. 2022-yilda olib kelingan birinchi jirafa ham kasallik tufayli nobud bo‘lgandi.

Los-Anjelesdagi o‘rmon yong‘inlari tufayli kamida 5 kishi halok bo‘ldi
9 yanvar 2025, 09:14

Los-Anjelesdagi o‘rmon yong‘inlari tufayli kamida 5 kishi halok bo‘ldi

AQShning Los-Anjeles shahrida o‘rmon yong‘inlari tufayli kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 100 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilish rejalashtirilgan. Kaliforniya hukumati favqulodda holat e’lon qilgan. Dastlabki zarar miqdori 50 mlrd dollardan ortiqqa baholanmoqda.

Facebook va Instagram faktchekerlardan voz kechmoqda. Sukerberg qilmoqchi bo‘lgan asosiy o‘zgarishlar
9 yanvar 2025, 07:58

Facebook va Instagram faktchekerlardan voz kechmoqda. Sukerberg qilmoqchi bo‘lgan asosiy o‘zgarishlar

Meta faktchekerlardan voz kechadi, “senzura miqdorini keskin kamaytiradi”, Facebook, Instagram va Threads kabi platformalarida ko‘proq siyosiy kontentni tavsiya qiladi, deya ma’lum qildi Mark Sukerberg. Ayrim tanqidchilar hamda OAV bu o‘zgarishlarni “shunchaki Trampga xushomad va ortga qadam” deb baholamoqda.

O‘zbekiston AQShning yangi ma’muriyati bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi
9 yanvar 2025, 06:58

O‘zbekiston AQShning yangi ma’muriyati bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi

O‘zbekiston AQShning yangi ma’muriyati vakillari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish va oliy darajadagi tashrifni tashkil etishni rejalashtirmoqda, deyiladi 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida. Mamlakat AQSh bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirishni ham ko‘rib chiqmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting