9 dekabr kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 milliondan oshdi. Yil boshida bu ko‘rsatkich 35,271 million nafarni tashkil etgan edi.
Yuqori Chirchiq tumanida 2 fuqaro tomonidan tashkil etilgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi. Tekshiruvlar natijasida jami 1,21 kg «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi, 18 gramm «opiy» va 41 gramm «gashish» moddasi aylanmasining oldi olindi.
O‘zbekistonda AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi uning 1000−1200 so‘mgacha arzonlashishi hamda AYOQSHlarda 5500 so‘m atrofida sotilishiga olib kelishi kutilmoqda.
Juma kuni O‘zbekistonda 130 kishi kovidga chalindi (oldingi kun 122 kishi). Kasallanganlarning 107 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.
Pechda pishirilgan tovuqli ruletlar, kartoshkalar bilan gaz pechida pishirilgan qo‘y go‘shti, go‘shtli uyalar, kartoshka va go‘shtli frikadelka, sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq sonlari va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy pechda pishirilgan taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov O‘zbekistonda energiya inqiroziga sababchi bo‘lganlar «suvdan quruq chiqmasligiga» va’da berdi. «Ularning ba’zilari hozir ichimizda, yig‘ilishda o‘tiribdi», — dedi u. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha komissiya har kuzda tashkil etilishi ma’lum qilindi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Toshkent viloyati prokurori Olmaliqdagi gazga noqonuniy ulanib olgan g‘isht zavodini uzib qo‘ymaslikni so‘raganini ma’lum qildi. «Bunaqalarning orqasida kimlar turganigacha topamiz. U hokim bo‘ladimi, prokuror yoki soliqchimi, farqi yo‘q», — dedi u.
RF prezidenti Vladimir Putin yana O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan gaz bo‘yicha hamkorlik masalasini ko‘tardi. Uning qayd etishicha, bu davlatlar iqtisodiyotida gazga bo‘lgan talab ortib bormoqda, shu bilan birga, eksport majburiyatlari ham mavjud.
Yangi yil bayramida «svet»dan muammo bo‘lmasligi aytilgani, gaz uzilganiga qarshi norozilik uchun qamalgan farg‘onaliklar, Facebook`dagi izohlari uchun jurnalistlarning ota-onalarini so‘roq qilgan IIB, ortiqcha vaznli organ xodimlari, sovuq dam olish kunlari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Turkmaniston O‘zbekistonga sutkalik elektr energiyasi yetkazib berish hajmini qariyb 17 foizga — 20−21 mln kVt/soatgacha oshirdi.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida AI-80 markali benzinning sutkalik ishlab chiqarish hajmi 850 tonnadan 1000 tonnaga, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 30 tonnadan 50 tonnaga oshirilmoqda.
Jurnalistlarning Facebook`dagi post va izohlari uchun ularning viloyatlarda yashayotgan ota-onalari bilan «suhbat uyushtirildi». Jamoatchilik buni qoralab, tizim «o‘zgarolmayotgani»ni yozmoqda. «Gazeta.uz» mazkur izohlarni jamladi.
IIV tizimidagi kadrlarning 5−7 foizi ortiqcha vaznga ega xodimlardan iborat. Muntazam ravishda mashg‘ulotlar olib borilishi tufayli semiz xodimlar soni har yili kamaymoqda. Vazirlik rasmiysiga ko‘ra, antropometrik ko‘rsatkichlari yuqori xodimlarga maxsus unvonlar berilmayapti, yuqori lavozimga tayinlanmayapti.
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, issiqlik elektr stansiyalari belgilangan reja asosida kerakli hajmda elektr energiyasini ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u qazib olinayotgan gaz to‘liq ichki iste’molga yo‘naltirilayotganini aytdi.
O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev Yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bayramda elektrga bo‘lgan talab pasayadi, chunki bu paytda qator obyektlar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.
IIV Samarqand va Qashqadaryoda IIO xodimlari jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari uchun ularning ota-onalarini so‘roq qilgan holatga munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, bu Narpay tumani va Qarshi shahar IIBlari «rahbariyatining shaxsiy tashabbuslari» bo‘lib, «mas’ullarga tanbeh berildi».
Energetika vazirligi huzuridagi «Neftgazinspeksiya» olib borgan o‘rganishlar davomida 299 ta AYOQSHlarda narxni asossiz oshirgani, bundan tashqari, 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan. Ularga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatilgan.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 11 mln 735 mingdan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Ulardan 4 911 tasi asossiz murojaatlar hisoblanadi. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan kelib tushgan.
«Gazeta.uz» muxbirining Facebook’dagi izohi uchun ota-onasining uyiga IIB tergov-qidiruv bo‘limi xodimi keldi. Boshqa jurnalistning Facebook’dagi postlari uchun ota-onasi IIB Migratsiya bo‘limiga chaqirtirildi. Jamoatchilik bu nima — «anglashilmovchilikmi yo o‘zboshimchalik» ekaniga izoh berishni talab qilmoqda.
10−14 dekabr kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax,Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Shu sababdan, ushbu hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda avtomashina haydovchilaridan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting