Veolia Energy Tashkent poytaxt aholisiga issiq suv yoki isitish bilan bog‘liq muammolarda qayerga murojaat qilish kerakligi borasida yo‘riqnoma taqdim etdi.
Toshkentda xususiy bandlik firmasi 100 ga yaqin fuqaroni xorijda ishga joylashtirishga va’da berib, aldov yo‘li bilan ularning 55 nafarini sotib yuborgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo-Ulug‘bek tuman sudi korxona rahbariga 8 yil 1 oy, qolgan 2 nafar xodimga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Mirobod tumani Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunnelining bir tomoni 1 dekabrdan 15 dekabrga qadar yopiladi.
AOKAda Ichki ishlar vazirligi mansabdorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ma’lum qilinishicha, 2022 yilning 10 oyida 25 nafar xodim: 9 nafari yo‘l-transport hodisasi oqibatida, 16 nafari xizmat vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 7-sinf o‘quvchi qiz yashash hovlisidagi daraxtga osilgan holda topildi. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, respublikada dekabrning birinchi o‘n kunligi sovuq bo‘ladi. Harorat −4…−7 darajagacha pasayib, qor yog‘ishi mumkin. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida kechasi -7, kunduzi +15…+3 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. O‘tgan yilning dekabr oyi juda iliq bo‘lgandi.
iSpring kompaniyasi eksperti Ilya Kedrovskiy korporativ onlayn-ta’lim qanday masalalarni hal etishga yordam berishi hamda uni hayotga tez va samarali tadbiq etish yo‘li haqida so‘zlab berdi.
DSQ raisi Sherzod Kudbiyev 1 dekabrdan boshlab soliq organlari jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga olingan ma’lumotlarni ochiq e’lon qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi «Jihodiya» madrasasida amalga oshirilgan terrorchilik harakatini keskin qoralab, bayonot berdi. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda 154 kishi (bir kun avval 141 kishi) koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Kovidga chalinganlarning kunlik statistikasi ortmoqda. Eng ko‘p kasallanish doimgidek poytaxtda kuzatilmoqda.
Prezidentga yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirish uchun savdoga qo‘yish bosqichlari va muddatlarini qisqartirish, bu jarayonga kadastr organlari xodimlarini jalb etish hamda xususiylashtirish bo‘yicha yig‘im miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda. Davlat rahbari ushbu chora-tadbirlarni tasdiqladi.
C guruhining 3-turida Argentina va Polsha hamda Saudiya Arabistoni va Meksika terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Birinchi bahsda argentinaliklar g‘alaba qozonib, guruhda 1-o‘rinni olishgan bo‘lishsa, narigi uchrashuvda meksikaliklar 1:2 hisobida g‘alaba qozonishdi, ammo pley-offga chiqish uchun 1 gol yetmadi.
Tijorat banklari 1 dekabr uchun dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga transport vaziri etib Mamanbiy Omarov tayinlandi. Shuningdek, vazirning o‘rinbosari va vazirlik huquqshunosi lavozimidan ozod etildi. Mamanbiy Omarov shu paytga qadar O‘zbekiston Transport vazirligining boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
D guruhidan joy olgan so‘nggi tur bahslari yakunlandi: Tunis — Fransiya uchrashuvida tunisliklar minimal hisobda g‘alaba qozonishdi, ammo Astraliya Daniyani mag‘lub etgani sababli Tunis guruhdan chiqa olmadi. D guruhida Fransiyada ham, Avstraliyada ham ochkolar soni — 6. Biroq Fransiyada to‘plar nisbati yaxshiroq.
O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarning o‘zaro sayohatlari shartlarini yangilashni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, bir davlat fuqarolari ikkinchi davlat hududida 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishlari mumkin bo‘ladi. Hozirda bu muddat atigi besh kunni tashkil etadi.
Nukus voqealari ishi bo‘yicha sudlanuvchilar fikri, Toshkentda o‘tgan qaynonalar forumi, suvaraklarga o‘xshaydigan poraxo‘rlar, Andijon suv omborini boshqarish to‘g‘risidagi qonunlar, quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tkizib ish sifatini tekshirgan Andijon hokimi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
30 noyabr-2 dekabr kunlari «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 30 ta davlatidan 300 nafardan ziyod soha mutaxassislari ishtirokida forum va sessiyalar, modalar namoyishi, B2B uchrashuvlari, gastrobozor, xalqaro oshpazlarning mahorat darslari o‘tkaziladi.
2, 3 va 4 dekabr kunlari Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazida Hot Winter Sale — 90% gacha chegirmalar taqdim etiladi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi avvalroq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni shantajda ayblagan hindistonlik tadbirkor Murari Lal Jalanning bayonotini tekshirishga kirishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting