Xovos tumanida ikki fuqaro 9 turdagi 68 dona baliqni noqonuniy ovlangani aniqlandi. Oqibatda hayvonot dunyosiga 47 mln 160 ming so‘m zarar yetkazildi. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuratura organiga yuborildi.
Toshkent shahrida 22 oktabrdan ijtimoiy soha obyektlari, 24 oktabrdan esa ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.
Energetika vazirligi atmosfera havosining chang bilan ifloslanishi va ko‘p yomg‘ir yog‘ishi elektr energiyasini uzatishda nosozlik keltirib chiqarishini ma’lum qildi. Shu sabab Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrining ayrim tumanlarida vaqtincha elektr ta’minoti uzilishi mumkin.
Baxrom Sharipov Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi bo‘ldi. Unga ikki o‘rinbosar ham tayinlandi. Shuningdek, Sherzod Asadov Pillachilik va qorako‘lchilikni qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
«Respublika hududlarida innovatsion va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi. Unda Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi va «Investorlarga ko‘mak markazi» tashkil etilishi belgilandi.
Navbahor tumanida erkak markaziy poliklinika binosining 3-qavatidan o‘zini tashlagani aytilmoqda. SSV uning ikki kun oldin kasalxonaga murojaat qilgani va 18 oktabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini tashlab, vafot etgani ma’lum qildi. BP hodisaning sabablarini aniqlamoqda.
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni birdaniga uchinchi o‘qishda qabul qildi.
Kolorpak xomashyo va uskunalarni olib kirishda hech qanday imtiyozga ega emas. «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda kompaniya direktori Muzaffar Mirzahmedov barcha bojxona bojlari va QQS o‘z vaqtida to‘lanayotganini ma’lum qildi. Qolaversa, mahsulot tannarxi oshishi faqat qog‘ozga bog‘liq emasligi qayd etildi.
Farmatsevtika, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda bir qancha kompaniya va korxonalar tashkil etgan tadbirkor Jur’atbek Kuvatov Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. Uning kompaniyalaridan biri viloyat hokimi bilan sobiq sog‘liqni saqlash vaziri o‘rtasidagi mojaroda tilga olingandi.
Seshanba kuni tushdan keyin Toshkentda havo sifati yaxshilandi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelgan va uchib ketayotgan yo‘lovchilar bojxonachilarsiz, avtomatik tarzda boshqarilayotgan body scaner qurilmasi va rentgen nurlari yordamida qisqa muddatda bojxona tekshiruvidan o‘tyapti. «Gazeta.uz» mazkur tizim qanday ishlashi haqida so‘z yuritadi.
Vetnamning VietJet Air aviakompaniyasi Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Parvozlar 15 dekabrdan boshlanadi.
Prezidentga «Yangi Toshkent» konsepsiyasi bilan mutanosib tayyorlangan Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh reja loyihasi taqdim etildi. Shavkat Mirziyoyev har bir joy bo‘yicha xalq fikrini olib, aql bilan, sifatli qurish kerakligini ta’kidladi.
Dushanbeda chegara xavfsizligi va chegara nazorati sohasida hamkorlikka bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yaqin munosabatlar mintaqadagi umumiy tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish imkonini berishini ta’kidladi.
17 oktabr kuni Rossiyaning Yeysk shahridagi turar-joy binosi hovlisiga Su-34 qiruvchi samolyoti quladi. Oqibatda 13 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston vakillari Indoneziyaning Garuda Group aviakompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari tomonidan Jakarta — Buxoro — Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovni tashkil etish taklif etildi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining rais o‘rinbosari etib Saparbayev Rustam Tursinbayevich saylandi. Bunga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Urgut tumanida maktab direktori o‘quvchini urgani sabab uning quloq pardasi yirtilgani aytilmoqda. Voqeaga sinfxonada bolalarning paqildoq portlatishi sabab bo‘lgan. Samarqand IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Prezident huzurida 17 oktabr kuni yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari qurilish jarayonlarini nazorat qilishda aholi ishtirokini kengaytirish, obyektlarni qabul qilish komissiyalariga mahalla raislarini kiritish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Sello marketpleysida xarid qilish qanday afzalliklarga ega va ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtma berish qanday xavf tug‘diradi — shu va boshqa masalalar haqida Sello kompaniyasininig bosh direktori Iskandar Yusupov so‘zlab berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting