«Qo‘ng‘iroq huquqi» yoki uning nepotizm ko‘rinishidagi shakli inson kapitalining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, deydi PMTI mutaxassislari. Favoritizm va qarindosh-urug‘chilik esa samaraliroq xodimlarning martabasi oshmasligiga va oqibatda «aqlning» mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.
Jahon miqyosida dorilarga moslashuvchan sil bilan kasallangan bemorlarning davolash samaradorligi 85 foiz, O‘zbekistonda esa 91 foizga teng. SSVning ma’lum qilishicha, mamlakatda xavf guruhiga kiruvchi aholi orasida kasallanish 2 marotaba, xastalik tufayli o‘lim holatlari 6 marotabaga kamaydi.
USAID O‘zbekistonga ikkita portativ rentgen apparati sovg‘a qildi. Ular silga qarshi skrining xizmatlari bilan Toshkent viloyatining chekka hududlari aholisini qamrab olish imkonini beradi. Bunday qurilmalarni boshqa hududlarga ham yetkazish rejalashtirilgan.
Оktabr oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 583,8 mln dollarga kamayib, 33,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Yalpi xalqaro zaxiralar xajmi yil boshidan beri 1,64 mlrd dollarga yoki 4,7 foizga kamayishni qayd etdi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2023-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi. Ikki mamlakat vazirlari harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-ta'lim sohalaridagi hamkorlikni, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qildi.
Sharof Rashidov tumanida yuk avtomobili va teplovoz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi.
Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasida joylashgan do‘konlardan biri yonib ketdi. Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar yo‘q, deb xabar berdi FVV.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Qibray tumanida 90 gektar yerni $30 ming evaziga, Buxoroda esa 8 sotix yerni $7500 evaziga sotishda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Markaziy bank 20 oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 148,99 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari 1 dollarni 11 200 — 11 215 so‘mda taklif qilmoqda.
Toshkentda Start cars lizing kompaniyasi direktori va menejeri qo‘lga olindi. Ular mijozlariga O‘zbekistonda hali ishlab chiqarilmagan Chevrolet Onix mashinasini 2023 yilning yanvarigacha yetkazib berishni va’da qilgan.
Endi axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik sodir etgan shaxslar BHMning 300−400 baravarigacha jarima to‘lash yoki 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlar esa BHMning 20−30 baravarigacha jarima to‘laydi.
O‘zbekistonda to‘qqiz oyda jami 216 380 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Ushbu davrda eng ko‘p Cobalt (69 816 dona), Gentra (64 074 dona) hamda Damas (52 673 dona) yig‘ilgan.
Shavkat Mirziyoyev agrar soha, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish va fermerlarning moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. «Buning zamirida xalqimiz farovonligi, narx-navo barqarorligi, qancha ish o‘rinlari yotibdi», — dedi prezident.
Toshkentda 22 oktabrdan isitish mavsumi boshlanishi, «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi beriladigan Marg‘ilon, 1800 dan ortiq kadrni ishga qabul qilgan UzAuto Motors, Samarqanddagi YTHda haydovchi va yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Yangi aerodrom majmuasining ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani munosabati bilan Termiz xalqaro aeroporti 1 noyabrdan 25 dekabrga qadar yopiladi.
O‘zbekiston prezidenti 19 oktabr kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakalani qabul qildi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo‘l bilan tartibga solish va uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Marg‘ilonga Butunjahon hunarmandlar Kengashi qarori bilan «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi beriladi. Bu shaharning World Crafts Council tarmog‘iga kirishini ta’minlaydi. Marg‘ilon ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondan qo‘shilgan uchinchi shahar bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh va Nukus hamda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumaniga prokuror tayinlandi.
Chevrolet Onix va Tracker avtomobil modellarini ishlab chiqarish uchun UzAuto Motors`ga Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan fuqarolar to‘rt bosqichda saralab ishga olindi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvarga qadar yer ajratish haqida qarori yo‘q yer uchastkalarini rasmiylashtirish yakunlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting