Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (16−17-dekabr)
15 dekabr 2023, 16:27

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (16−17-dekabr)

“Vonka” va yana beshta kinopremyera, muzdagi shou, ko‘rgazmalar, spektakllar, “Sahna” stendap klubidagi yumoristik tadbirlar, Fashion show, ijodiy mahorat darslari, do’konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Gaz to‘ldirish shoxobchalariga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi — “Hududgazta’minot”
15 dekabr 2023, 15:35

Gaz to‘ldirish shoxobchalariga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi — “Hududgazta’minot”

“Hududgazta’minot” kompaniyasi O‘zbekistonda gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun kiritilgan cheklovlar yumshatilganini ma’lum qildi. AGTKSHlar “mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida” ishini tiklaydi.

Marg‘ilonda Tahoe Tico bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi jarohatlandi
15 dekabr 2023, 15:07

Marg‘ilonda Tahoe Tico bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi jarohatlandi

Marg‘ilon shahrida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan Tahoe o‘z yo‘nalishida kelayotgan Tico bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlandi.

Yaponiya O‘zbekistonning ikki kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
15 dekabr 2023, 15:04

Yaponiya O‘zbekistonning ikki kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

O‘zbekistonning ikki kompaniyasi — Alfa Beta Creative va GFK Logistic Asia Yaponiyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Avvalroq ularga qarshi AQSh va Yevropa Ittifoqi ham sanksiya qo‘llagandi.

Eron hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilishni ma’qulladi
15 dekabr 2023, 14:37

Eron hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilishni ma’qulladi

Eron hukumati 33 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun bir tomonlama viza talablarini bekor qilish haqidagi qarorni ratifikatsiya qildi. Mamlakat turizm vaziri bu qaror Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yishini bildirdi.

Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati sinovdan o‘tkazilmoqda
15 dekabr 2023, 14:28

Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi 2 ta yangi — “Turon” va “Qipchoq” bekatlarida sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatish qachondan boshlanishi haqida ma’lumot sinov natijalaridan so‘ng ma’lum qilinadi.

Noyabrda aholining inflyatsion kutilmalari deyarli o‘zgarmadi, biznesniki esa sezilarli pasaydi
15 dekabr 2023, 14:11

Noyabrda aholining inflyatsion kutilmalari deyarli o‘zgarmadi, biznesniki esa sezilarli pasaydi

O‘zbekistonda noyabr oyida aholining inflyatsion kutilmalari oktabrga nisbatan deyarli o‘zgarmadi, biznesning kutilmalari esa sezilarli pasaydi. Ish haqi, nafaqalar oshishi narxlarga bosim o‘tkazishini qayd etganlar ko‘paydi. Inflyatsiya 8 foiz va undan kamroq bo‘lishini kutayotganlar ulushi poytaxtda eng kam bo‘ldi.

“O‘zavtosanoat”ga avtomobil sotuvida dilerlik tizimi bilan bog‘liq muammolarni yechish topshirildi
15 dekabr 2023, 12:37

“O‘zavtosanoat”ga avtomobil sotuvida dilerlik tizimi bilan bog‘liq muammolarni yechish topshirildi

Prezident ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va O‘zbekistonda avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi, dedi “O‘zavtosanoat” rahbari Ulug‘bek Rozuqulov. Unga ko‘ra, “dilerlik tizimini takomillashtirish va aholi e’tirozlarining oldini olish” ham topshirilgan.

Ichida yosh qiz bo‘lgan lift qulagani yo‘q — Yangihayot tumani hokimligi
15 dekabr 2023, 11:51

Ichida yosh qiz bo‘lgan lift qulagani yo‘q — Yangihayot tumani hokimligi

Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy lifti elektr o‘chishi oqibatida qulagani haqida xabar tarqaldi. Tuman hokimligi tok o‘chgach generator ishlagani, lift ichidagi qizaloq pastga xavfsiz tushganini ma’lum qildi.

Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan giyohvandlik vositalari musodara qilindi — DXX
15 dekabr 2023, 11:22

Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan giyohvandlik vositalari musodara qilindi — DXX

DXX xodimlari va bojxonachilar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 27,5 kg “gashish” va salkam 4 kg “opiy”ning O‘zbekistonda sotilishiga chek qo‘ydi. Bundan tashqari, Andijon viloyatida Qirg‘izistondan olib kelingan 4,5 kg dan ortiq “Mefedron” aniqlanib, musodara qilindi.

Havo shanba kuni ba’zi hududlarda qor va yomg‘irli, yakshanbada esa quruq bo‘ladi
15 dekabr 2023, 11:15

Havo shanba kuni ba’zi hududlarda qor va yomg‘irli, yakshanbada esa quruq bo‘ladi

O‘zbekistondan sovuq antitsiklon tez chekinmoqda. Juma va yakshanba kunlari kunduzi mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +7 darajagacha isiydi. Shanba esa biroz yomg‘ir va qorli o‘tishi, tuman tushishi kutilmoqda.

Uzbekistan Airways samolyoti Sankt-Peterburgga favqulodda qo‘nishi sabali 22 ming dollardan ko‘proq zarar ko‘rdi
15 dekabr 2023, 10:31

Uzbekistan Airways samolyoti Sankt-Peterburgga favqulodda qo‘nishi sabali 22 ming dollardan ko‘proq zarar ko‘rdi

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot yo‘lovchining zo‘ravonligi tufayli Sankt-Peterburgga favqulodda qo‘ngani uchun Uzbekistan Airways kompaniyasi 22 ming dollardan ko‘proq zarar ko‘rdi.

Prezident elektromobillar ishlab chiqarishni rivojlantirishni kechiktirmaslikka chaqirdi
15 dekabr 2023, 10:30

Prezident elektromobillar ishlab chiqarishni rivojlantirishni kechiktirmaslikka chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zavtosanoat”ni transformatsiya qilishni jadallashtirish, modellarni kengaytirish va mahsulot sifatini oshirish muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy korxonalar elektromobil ishlab chiqarish sohasini o‘zlashtirib, talablarga moslashmasa, kelajakda bozorda o‘rin topishda qiynaladi.

Qo‘shtepa kanali qirg‘og‘ini suv yuvib ketmagan, sizib chiqqan suv — sizot suvlari — “O‘zbekkosmos”
15 dekabr 2023, 10:28

Qo‘shtepa kanali qirg‘og‘ini suv yuvib ketmagan, sizib chiqqan suv — sizot suvlari — “O‘zbekkosmos”

“O‘zbekkosmos” “Chegara bilmas daryolar” koalitsiyasi ekspetlarining Qo‘shtepa kanali qirg‘og‘i Amudaryodan olinayotgan suv oqimi oqibatida yuvib ketilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarini rad etdi. Agentlik aniqlashicha, sizib chiqqan suv — sizot suvlari.

Samarqandda mayning ferma davlatga 2 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgani aniqlandi
15 dekabr 2023, 10:01

Samarqandda mayning ferma davlatga 2 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgani aniqlandi

Pastdarg‘om tumanida davlatga 2 mlrd 237 mln so‘m keltirgan mayning ferma aniqlandi. Korxona 25 dona mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga yashirin ravishda ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.

Navoiyda maktabga krossovkada borgan o‘quvchilar tanbeh eshitdi
15 dekabr 2023, 09:48

Navoiyda maktabga krossovkada borgan o‘quvchilar tanbeh eshitdi

Navoiy shahridagi 6-maktabda o‘qituvchi krossovkada kelgan bolalarga tanbeh berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga sport poyabzalida kelmasligi kerak, degan talab mavjud emasligini bildirdi.

Surxondaryoda yuk mashinasi urib yuborgan 4 yoshli bola vafot etdi
14 dekabr 2023, 17:57

Surxondaryoda yuk mashinasi urib yuborgan 4 yoshli bola vafot etdi

Boysun tumanida yuk mashinasi urib yuborgan 4 yoshli bola vafot etdi. Uni opasi bog‘chadan olib qaytayotgan bo‘lgan va opasini kutmasdan yo‘lning belgilanmagan joyidan yugurib o‘tmoqchi bo‘lganida halokatga uchragan.

Iyulda ishdan olingan “O‘zbekiston temir yo‘llari” sobiq raisi kompaniya bosh muhandisi bo‘ldi
14 dekabr 2023, 17:29

Iyulda ishdan olingan “O‘zbekiston temir yo‘llari” sobiq raisi kompaniya bosh muhandisi bo‘ldi

Besh oy avval “faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun” ishdan olingan “O‘zbekiston temir yo‘llari” sobiq raisi Husnutdin Xosilov yana sohaga qaytdi. U kompaniyaning bosh muhandisi etib tayinlandi. Prezident u ishdan olingan yig‘ilishda “xiyonat qilganga o‘rin yo‘q”, deya ta’kidlagandi.

UzAuto Motors vaqtida olib ketilmagan avtomobillar keyingi mijozga berilishidan ogohlantirdi
14 dekabr 2023, 17:02

UzAuto Motors vaqtida olib ketilmagan avtomobillar keyingi mijozga berilishidan ogohlantirdi

UzAuto Motors mijozlarga avtomobillarni dilerlik markazidan 5 ish kuni ichida olib ketishni eslatdi. Aks holda kompaniya avtomobilni navbat tartibi asosida keyingi mijozga berishga majbur bo‘ladi.

“Avtomobil arzon, lekin undan foydalanish qimmat bo‘lishi kerak” — Alisher Qodirov
14 dekabr 2023, 15:52 1

“Avtomobil arzon, lekin undan foydalanish qimmat bo‘lishi kerak” — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirishga jamoat transporti jozibadorligini oshirish bilan erishishni, buning uchun esa xususiy transportlardan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatishni qimmat qilish kerakligini aytdi. Spiker o‘rinbosari bu borada Xitoy va Singapurni misol qilib keltirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting