Tijorat banklarida 13-oktabr kuni belgilangan dollar kursi
13 oktabr 2022, 13:18

Tijorat banklarida 13-oktabr kuni belgilangan dollar kursi

Markaziy bank 13-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 095,31 so‘m etib belgiladi. Shundan kelib chiqib tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

«Boshqa muammolar qalqib chiqishi natijasida Afg‘oniston masalasi ikkinchi darajaga tushib qolmoqda» — Shavkat Mirziyoyev
13 oktabr 2022, 12:54

«Boshqa muammolar qalqib chiqishi natijasida Afg‘oniston masalasi ikkinchi darajaga tushib qolmoqda» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Ostonada Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning oltinchi sammitida nutq so‘zladi. Unda prezident yangi geosiyosiy voqelik butun Osiyo qit’asi barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi. Afg‘oniston masalasi ham ikkinchi darajaga tushib qolganini ta’kidladi.

Toshkentda «Tez yordam» xizmati xodimi kaltaklandi
13 oktabr 2022, 12:45

Toshkentda «Tez yordam» xizmati xodimi kaltaklandi

Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida xizmat vazifasini o‘tayotgan «Tez yordam» xodimi kaltaklangani aytilmoqda. SSV shifokorlarning hozirgi ahvoli haqida ma’lumot berib, holatni o‘z nazoratiga olganini qayd etdi. BP tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Toshkent aeroportidan hayvonot bog‘iga jo‘natilgan 1 bosh timsohcha va 6 bosh buqalamun nobud bo‘ldi
13 oktabr 2022, 12:05

Toshkent aeroportidan hayvonot bog‘iga jo‘natilgan 1 bosh timsohcha va 6 bosh buqalamun nobud bo‘ldi

Avgust oxirida xalqaro aeroportda noqonuniy olib o‘tilgani sabab 57 dona timsoh bolalari va 10 dona buqalamun hayvonot bog‘iga vaqtincha topshirildi. Hozirda ulardan 1 bosh timsohcha va 6 bosh buqalamun nobud bo‘ldi. Bojxona organlari holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Farg‘onada 1 gektar yerni $16 ming evaziga sotishda gumon qilingan shaxs ushlandi
13 oktabr 2022, 11:58

Farg‘onada 1 gektar yerni $16 ming evaziga sotishda gumon qilingan shaxs ushlandi

Farg‘ona tumanida fuqaro 1 gektar zaxiradagi yerni o‘ziniki ekanini aytib, uni $16 000 evaziga sotmoqchi bo‘lganida ushlandi. Shuningdek, Namangan va Toshkent viloyatidagi holatlarda jami 25 sotix yerni $11 500 evaziga sotishda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi.

O‘zbekiston harbiylari «Kembriya patruli» musobaqasida ikkinchi o‘rinni egalladi
13 oktabr 2022, 11:50

O‘zbekiston harbiylari «Kembriya patruli» musobaqasida ikkinchi o‘rinni egalladi

Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan «Kembriya patruli» xalqaro musobaqasida O‘zbekiston harbiylari ikkinchi o‘rinni egalladi. Bellashuv shartlari orasida hududni razvedka qilish, tog‘ daryosi va minalangan maydonlardan o‘tish, garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy asirlarni so‘roq qilish kabi topshiriqlar bo‘ldi.

Toshkent viloyatida qariyb 3,2 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan dorilar savdosi oldi olindi
13 oktabr 2022, 11:39

Toshkent viloyatida qariyb 3,2 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan dorilar savdosi oldi olindi

Toshkent viloyatidagi yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, xorijda ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini qayta qadoqlash orqali sotuvga chiqarish bilan shug‘ullangan shaxs aniqlandi. Sexdan qadoqlash va dorilarining muddatini o‘zgartirish uskunalari, qalbaki muhrlar topildi.

O‘zbekiston BMT Assambleyasida Rossiyaning Ukraina hududlarini anneksiya qilganini qoralamadi
13 oktabr 2022, 11:11

O‘zbekiston BMT Assambleyasida Rossiyaning Ukraina hududlarini anneksiya qilganini qoralamadi

BMT Ukraina hududlarining RF tomonidan anneksiya qilinishini qoralab, Moskvadan Ukrainaning Donetsk, Zaporoje, Lugansk va Xerson viloyatlari hududi maqomi haqidagi qarorni bekor qilishini talab qildi. Rezolyutsiyani 143 davlat qo‘llab-quvvatladi, 5 davlat qarshi, 35 davlat qatorida O‘zbekiston betaraf qoldi.

Xalqaro qidiruvdagi ikki kishi Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
13 oktabr 2022, 11:07

Xalqaro qidiruvdagi ikki kishi Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol xodimlari og‘ir jinoyatlarni sodir etgan xalqaro qidiruvdagi ikki kishini Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. Ulardan biri giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat qilgan, boshqasi esa moliyaviy piramida bilan fuqarolarni aldagan.

Nogironligi bor shaxslarni ishga olganlarga subsidiya berish xizmati yo‘lga qo‘yildi
13 oktabr 2022, 11:03

Nogironligi bor shaxslarni ishga olganlarga subsidiya berish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan korxona egalariga subsidiya berish imkoniyati yaratildi. Bunda ish beruvchilar har bir xodim uchun 6 oy davomida har oy BHMning 1,5 baravari miqdorida subsidiya olishi mumkun.

O‘zbekiston aholisi soni 2030 yilda 41 mlndan oshadi — PMTI
13 oktabr 2022, 10:53

O‘zbekiston aholisi soni 2030 yilda 41 mlndan oshadi — PMTI

PMTI demografik hisobot va prognozlarni e’lon qildi. O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda tug‘ilishning keskin o‘sishi kuzatilgan. Bunga sabablar sifatida aholi daromadlarining oshishi, ko‘p farzandlilik tendensiyasiga ijobiy qarashlarning shakllanishi va tibbiy madaniyatning yetarli darajada emasligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi
13 oktabr 2022, 10:24

O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

12 oktabr kuni Ostonada Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. Muzokaralar davomida «Hamdo‘stlik sport poytaxtlari» davlatlararo dasturi qabul qilindi. Keyingi yig‘ilish 2023 yil 14 aprelda Toshkent shahrida o‘tkazilishi belgilandi.

Samarqandda ayolga tegajog‘lik qilgan «mulla» 10 sutkaga qamaldi
13 oktabr 2022, 10:03

Samarqandda ayolga tegajog‘lik qilgan «mulla» 10 sutkaga qamaldi

Kattaqo‘rg‘on tumanida «o‘qib qo‘yish» uchun chaqirilgan «mulla» xonadondagi ayolga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan tuman sudida o‘tkazilgan majlisda mulla 10 sutkaga qamaldi. U avval ham ichkilik ichib, jamoat joyida tartib buzgani uchun jarimaga tortilgan.

Qibrayda kottej uchun pul to‘lagan 108 ta xonadon egalari prezidentga murojaat qildi
13 oktabr 2022, 09:58

Qibrayda kottej uchun pul to‘lagan 108 ta xonadon egalari prezidentga murojaat qildi

Qibray tumanida qurilishi rejalashtirilgan kottejlarga oldindan pul to‘lagan 108 ta xonadon egalari prezidentga murojaat yo‘lladi. Fuqarolar noyabr-dekabr oylarida topshirilishi reja qilingan kottejlar hali ham kurilmagani va to‘langan pullar faqatgina qisman qaytarib berilishidan norozi.

Uzcard yana xususiylashtirildi
12 oktabr 2022, 23:24

Uzcard yana xususiylashtirildi

Beshta bankka tegishli bo‘lgan Uzcard protsessing markazidagi davlat ulushining 75 foizi kompaniyaning to‘rt nafar ta’sischisiga o‘tkazildi. Davlat aktivlarini boqsharish agentligi hali kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi.

Andijonda sobiq «Komsomol ko‘li» tiklana boshladi
12 oktabr 2022, 23:08

Andijonda sobiq «Komsomol ko‘li» tiklana boshladi

Jamoatchilik tanqididan so‘ng Andijondagi tashlandiq Nodirabegim bog‘i va undagi qurigan ko‘lni (sobiq Komsomol) tiklashga kirishildi. Uch yil muqaddam viloyat rahbari shahar hokimini tanqid qilib, bog‘ni rekonstruksiya qilishga ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilib, Turkiyaga qochib ketganini aytgan edi.

Artel bilan aloqador kompaniya sobiq «Buxoroteks» zavodining mol-mulkini 110 mlrd so‘mga sotib oldi
12 oktabr 2022, 22:04

Artel bilan aloqador kompaniya sobiq «Buxoroteks» zavodining mol-mulkini 110 mlrd so‘mga sotib oldi

Sobiq «Buxoroteks» yigiruv-to‘quv kombinati obyektlari autsionda 109,9 mlrd so‘mga sotildi. 115 ming kvadrat metr maydonga ega binolar majmuasining 17,6 gektarlik yer maydonini kimoshdi savdosidan 6 kun oldin tashkil etilgan va Artel bilan bog‘liq Bukhara Next Generation Product kompaniyasi sotib oldi.

12 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 oktabr 2022, 22:00

12 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

«Tashabbusli budjet» loyihasiga ajratiladigan 8 trln so‘m mablag‘, Samarqandda kanaldan 18 yoshli qizning jasadi topilgani, poytaxtda uy-joy ijarasi o‘rtacha 1 mln so‘m ekanini aytgan DSQ, HUMO kartalaridan yo‘lkiraga ortiqcha pul yechib olinayotgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Orient Technology kompaniyasi UzCharmSanoat Expo 2022 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
12 oktabr 2022, 19:00

Orient Technology kompaniyasi UzCharmSanoat Expo 2022 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

O‘zbekistonning charm ishlab chiqaradigan yirik kompaniyalaridan biri Orient Technology UzCharmSanoat Expo 2022 ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

UzAirways Farg‘ona — Dubay yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
12 oktabr 2022, 18:53

UzAirways Farg‘ona — Dubay yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

UzAirways Farg‘ona va Dubay o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Shuningdek, aviakompaniya Toshkentdan Sharjaga reyslarni ko‘paytirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting