Forbes: Doniyor Komilov Ural KMKning benefitsiar egasiga aylandi
7 iyul 2023, 20:01

Forbes: Doniyor Komilov Ural KMKning benefitsiar egasiga aylandi

O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vazirining o‘g‘li Doniyor Komilov Rossiyadagi Ural kon-metallurgiya kompaniyasining yangi benefitsiar egasi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Forbes.

“Davlat kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas”. TMZ — o‘zining moliyaviy ahvoli haqida
7 iyul 2023, 19:14

“Davlat kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas”. TMZ — o‘zining moliyaviy ahvoli haqida

“Toshkent metallurgiya zavodi” “Gazeta.uz” maqolasiga javoban korxonaning qarzlari tijoriy faoliyat orqali to‘lanishini ma’lum qildi. “Davlat kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas”, deya ta’kidladi TMZ. Avvalroq, O‘zTTJ sud jarayonida zavodning bankrot bo‘lish xavfi borligini bildirgandi.

Click: ilovada identifikatsiyadan o‘tib, akkauntni yuz bilan himoyalash mumkin
7 iyul 2023, 19:00

Click: ilovada identifikatsiyadan o‘tib, akkauntni yuz bilan himoyalash mumkin

Endilikda Click-akkauntni firibgarlardan himoyalash uchun selfi qilishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Yaqin oylarda qator ekstremal ob-havo hodisalari kutilmoqda — JSST
7 iyul 2023, 18:07

Yaqin oylarda qator ekstremal ob-havo hodisalari kutilmoqda — JSST

JSST yaqin oylarda butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havo hodisalari, jumladan, qurg‘oqchilik, suv toshqini va anomal issiq kutilayotgani va ular inson salomatligiga tahdid solishini bildirdi. Avvalroq Butunjahon meteorologiya tashkiloti ham anomal issiqdan ogohlantirgandi.

Qorako‘lda IT klaster tashkil etiladi
7 iyul 2023, 17:36

Qorako‘lda IT klaster tashkil etiladi

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT klaster tashkil etish rejalashtirilmoqda. Unda universitet, masofaviy IT xizmatlarini eksport qilish markazi, tadqiqot markazlari va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq boshqa obyektlar ochiladi.

O‘zbekiston IIV inspektorlar uchun Litva kompaniyasidan 3,6 mln yevroga 7000 dona planshet sotib oladi
7 iyul 2023, 17:16

O‘zbekiston IIV inspektorlar uchun Litva kompaniyasidan 3,6 mln yevroga 7000 dona planshet sotib oladi

Litvaning Start Group kompaniyasi O‘zbekiston IIV xodimlari uchun 7000 ta planshet yetkazish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi va lot uchun 3,61 mln yevro taklif qildi. Bir planshet narxi taxminan 6,38 mln so‘m. Qurilma profilaktika inspektorlari, PPX xodimlari va boshqa xizmatlar ishini yaxshilashga yordam berishi kerak.

Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi
7 iyul 2023, 17:15

Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom qabul qilindi.

Germaniya, Litva, Lyuksemburg bilan o‘zbekistonliklarni vaqtinchalik ishga joylashtirish bo‘yicha memorandumlar imzolandi
7 iyul 2023, 16:58

Germaniya, Litva, Lyuksemburg bilan o‘zbekistonliklarni vaqtinchalik ishga joylashtirish bo‘yicha memorandumlar imzolandi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniya, Litva va Lyuksemburgning oltita ish beruvchi kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzoladi. Jumladan, Germaniyada avtomobilsozlik, elektronika, hamshiralik ishi va parvarishi (keksalarga qarash) mutaxassislari vaqtinchalik ish bilan ta’minlanadi.

O‘zbekistonda harorat 11−13-iyul kunlari +45 darajagacha ko‘tariladi
7 iyul 2023, 16:06

O‘zbekistonda harorat 11−13-iyul kunlari +45 darajagacha ko‘tariladi

9−10-iyul kunlari O‘zbekistonga Erondan issiq havo kirib keladi, uning cho‘qqisi 11−13-iyul kunlari kuzatiladi: +43…+45 daraja. Keyinroq Kavkazdan salqinroq havo kirib kelishi hisobiga harorat 3−5 darajaga pasayadi. Iyul oyida anomal issiq kutilmaydi.

O‘zbekiston may oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi
7 iyul 2023, 15:18

O‘zbekiston may oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi

May oyida O‘zbekiston xorijga 11 tonna oltin sotib, dunyoda oltin sotish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi. Turkiya 63 tonna ko‘rsatkich bilan qimmatbaho metall savdosi bo‘yicha yana mutlaq yetakchiga aylandi.

O‘zbekistonda dam olish kunlarida o‘rtacha issiq havo saqlanib turadi
7 iyul 2023, 14:16

O‘zbekistonda dam olish kunlarida o‘rtacha issiq havo saqlanib turadi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat biroz ko‘tariladi, ammo aksariyat hududlarda +33…+38 daraja kuzatiladi. Bu iyul oyi uchun maqbul qiymatlar sanaladi.

Jizzaxda 3 tup daraxtni noqonuniy kesgan shaxs 27,4 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi
7 iyul 2023, 12:51

Jizzaxda 3 tup daraxtni noqonuniy kesgan shaxs 27,4 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Zafarobod tumanida 3 tup ignabargli daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxsga 1 650 000 so‘m miqdorida jarima tayinlandi. Shuningdek, huquqbuzar o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 25 million 740 ming so‘m zararni ham to‘laydi.

Sanoat zonasi, gastronomik ko‘cha, xiyobonlar. Chilonzorda rejalashtirilgan loyihalar
7 iyul 2023, 11:05

Sanoat zonasi, gastronomik ko‘cha, xiyobonlar. Chilonzorda rejalashtirilgan loyihalar

Prezident Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 320 gektar maydonda kichik sanoat zonasi tashkil etish, “Bo‘rijar” kanali qirg‘oqlarini obodonlashtirish va u bo‘ylab gastronomik ko‘cha hamda xiyobon qurish, shuningdek, transformatorlarni o‘rnatish kabi qator loyihalarni tasdiqladi.

Toshkent viloyatida diniy materiallarni tarqatib kelgan yigitning ozodligi 4 yilga cheklandi
7 iyul 2023, 10:51

Toshkent viloyatida diniy materiallarni tarqatib kelgan yigitning ozodligi 4 yilga cheklandi

Toshkent viloyatida Telegram orqali aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatib kelgan yigitning ozodligi 4 yilga cheklandi.

Jahon banki O‘zbekistonda issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga yordam beradi
7 iyul 2023, 10:10

Jahon banki O‘zbekistonda issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga yordam beradi

Jahon banki issiqxona emissiyasini kamaytirish va xalqaro uglerod bozorlariga kirish loyihasi uchun O‘zbekistonga 46,2 mln dollarlik grant ajratmoqda. Parij kelishuvi doirasida mintaqadagi birinchi bunday tashabbus 2028-yilga kelib CO2 chiqindilarini taxminan 60 mln tonnaga kamaytirishga yordam beradi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 610 so‘mga yetdi
7 iyul 2023, 09:51

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 610 so‘mga yetdi

Tijorat banklari 7-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 480−11 550 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 590−11 610 so‘m.

Toshkent viloyatidagi o‘rmonzorda sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha jinoiy ish ochildi
7 iyul 2023, 09:49

Toshkent viloyatidagi o‘rmonzorda sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Piskent tumanidagi “Toshkent” davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hodisa oqibatida zararlangan maydon 5,89 gektarni tashkil etgan.

Farg‘ona viloyatidagi masjidda erkak tanishiga pichoq bilan hujum qildi
7 iyul 2023, 00:23

Farg‘ona viloyatidagi masjidda erkak tanishiga pichoq bilan hujum qildi

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida erkak masjidda namoz oldidan tahorat olayotgan tanishini pichoqladi. Ma’lum bo‘lishicha, masjidga ketayotganda ular o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olinib, jinoiy ish ochilgan.

Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti bekor qilindi
7 iyul 2023, 00:06

Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti bekor qilindi

Grigoriy Lepsning 23-oktabr kuni Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti bekor qilindi, deya xabar berdi Afisha.uz tashkilotchilarga tayanib. O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi konsert “ba’zi texnik sabablarga ko‘ra qoldirilganini” ma’lum qildi.

6-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 iyul 2023, 22:00

6-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Havosi ifloslangan Toshkent, 3 yilga qamalgan Urganch shahri sobiq hokimi, tibbiyot yo‘nalishidan “superkontrakt”ni butunlay yo‘qotish taklifi, 13 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanayotgan IIO xodimi, rekonstruksiya qilingan Shimoliy vokzal, Twitter`ga qarshi Threads va boshqalar — “Gazeta.uz”ning dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting