SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 9 mln 662 ming nafardan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatidan kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davridan ko‘p (9,2 mln nafar).
Qashqadaryoning Shahrisabz tumanida qalbaki 13 400 AQSh dollariga avtomashina xarid qilmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Forbes Russia qisman safarbarlik e’lon qilingach, qo‘shni davlatlar mehnat bozoridagi o‘zgarishlarni tahlil qildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, rezyumelar soni oshishi Qozog‘iston (65%), Gruziya (48%) va O‘zbekiston (47%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Tarmoqlarda jamoat transporti uchun Humo kartasidan to‘lov qilinganda yana bir necha bor pul yechib olinmoqda. ATTO rahbari Davron Shoyakubovning aytishicha, muammo Humo va ATTO tizimlari xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda va ortiqcha yechib olingan pullar 48 soat ichida qaytariladi.
2023 yildan har bir mahalla o‘z muammolarini mustaqil hal etishi uchun «mahalla budjeti» tizimini joriy etiladi. Har bir viloyatning soliq undirilishi past bo‘lgan bittadan tumanida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi.
sentabr va oktabr oyida shartnomasiz ijarada yashovchi 1-kurs talabalariga ikki oylik to‘lovning bir qismi to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa to‘lovlar faqat ijara shartnomasini taqdim etgan talabalar uchun davom ettiriladi.
Davlat soliq qo‘mitasi statistikaga ko‘ra, 1 oktabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan. Ma’lumotlar tahlili Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o‘rtacha oylik 1 mln so‘mdan ko‘proqni tashkil qilishini ko‘rsatdi.
Shavkat Mirziyoyev yil yakunigacha 75 mln dona, 2023 yil bahor oylarida yana 125 mln dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish bo‘yicha topshiriq berdi. Daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» e’lon qilindi. «Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim», — dedi prezident.
Markaziy bank 12-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 084,06 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
11 oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh, Xo‘jayli, Qonliko‘l va Amudaryo tumanlari hamda Nukus shahridagi jami 98 ta umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini budjet hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlash ishlari boshlandi.
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq mas’ul javobgarlikka tortildi, 3 mingdan ortig‘i ogohlantirildi. FVV, Madaniyat vazirligi va qator viloyat hokimliklarining sohaga mas’ul o‘rinbosarlariga jazo choralari qo‘llanildi.
Shavkat Mirziyoyev 11 oktabr kuni Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Tatariston bilan amaliy sheriklikni kengaytirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma innovatsion loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.
Novastroy yangi Livingood turar joy majmuasini live-work-play konsepsiyasiga ko‘ra qurmoqda. Rezidentlar bir makonda yashash, ishlash va dam olishga imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Prezident 2023 yildan mahallalardagi infratuzilma uchun mablag‘lar faqatgina «Tashabbusli budjet» orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratilishini aytdi. «Bunda „Tashabbusli budjet“ loyihalari uchun mablag‘lar 3,5 baravarga oshirilib, 8 trln so‘mga yetkaziladi», — dedi u.
Ukrainaga chegaradosh hududdagi Rossiyaning Kursk davlat tibbiyot universitetida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishni ko‘chirishni so‘rab Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari vaziyatni o‘rganish va mavjud muammolarni hal qilish maqsadida Kursk viloyatiga jo‘nab ketdi.
AQSh savdo vazirining o‘rinbosari Marisa Lago bir qator vazirliklarda uchrashuvlarda qatnashish, sanoat obyektlariga tashrif buyurish, shuningdek, O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi a’zolari bilan muloqot qilish uchun Toshkentga keladi.
Ishdan bo‘shatilgan Ekologiya qo‘mitasi rahbarining ikki o‘rinbosari, O‘zMUdagi yo‘qolgan qo‘lyozmalar bo‘yicha sud hukmi, dzyudo bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan ikkinchi o‘zbek, BMW haydovchisining avariya bo‘yicha izohi, Gayana bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan O‘zbekiston va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
9 oktabr kuni Turkiyaning Istanbul shahri Kadiko‘y tumanidagi uylardan birida sodir bo‘lgan portlash va yong‘in natijasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi — 10 yoshli qiz va uning 68 yoshli bobosi halok bo‘lgani aniqlandi. Oilaning yana bir a’zosi shifoxonaga yotqizilgan. Bir qurbonning shaxsi aniqlashtirilmoqda.
Prezident videoselektor yig‘ilishida «Tashabbusli budjet» loyihasini yanada kengaytirish va ommalashtirish zarurligini aytdi. Shuningdek, bir hafta muddatda har biri 2 mingdan ortiq aholi ovozini to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan 364 ta loyiha uchun qo‘shimcha 335 mlrd so‘m ajratishga ko‘rsatma berdi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev Bahrayndagi Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting