Alisher Qodirov sobiq TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash haqidagi bayonotidan so‘ng O‘zbekistonda iqtisodiy muammolar paydo bo‘la boshlaganini aytdi. «O‘zbekistonning shimoldan okeanga ochilish yo‘nalishi bir haftaga maxsus falajlantirildi», — dedi u.
Anorchilik meva-sabzavotchilikning «o‘sish nuqtalari»dan biri bo‘lgan Surxondaryoda ilk bor respublika anor festivali bo‘lib o‘tdi. Sherobodda yetishtirilgan anor eng katta meva sifatida tan olindi, uning vazni 1580 gramni tashkil etdi.
Sirdaryoda paxta dalasida uchrashuv o‘tkazgan prezident, paxtachilikda sharoitni yaxshilash uchun O‘zbekistonga $2 mln beradigan AQSh, Namangandagi maktabda o‘quvchilarning o‘qituvchiga qo‘l ko‘targani, Putinni «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlagan Mirziyoyev va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibida «mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan».
Tailand shimoli-sharqida bolalar markaziga to‘pponcha va pichoq bilan qurollangan shaxs hujum qilishi oqibatida kamida 38 kishi, jumladan, 22 bola halok bo‘ldi. Erkak jinoyat sodir etgan joydan qochib ketgan, ma’lum qilinishicha, u xotini va bolasini ham o‘ldirib, so‘ngra o‘zini otgan.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan Kampir-Obod (Andijon) suv omborini boshqarish uchun 50/50 ulushga ega qo‘shma korxona tashkil etilishini ma’lum qildi.
Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining 1-kunida O‘zbekiston vakili Dilshodbek Baratov -60 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda qozog‘istonlik sportchiga imkoniyatni boy berdi. 48 kg vaznda Halima Qurbonova turkiyalik sportchini yengib, ikkinchi davrada Italiya vakiliga mag‘lub bo‘ldi.(Foto)
Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi adabiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofotini 88 yoshli fransuz yozuvchisi Anni Ernoga topshirdi.
Kosonsoy tumanidagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Videodan boshqa bir o‘quvchi ustozining boshiga gultuvak otganini ham ko‘rish mumkin. XTV janjal o‘zaro kelishmovchilik oqibatida yuzaga kelganini ma’lum qildi. O‘quvchining onasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Navoiyning Navbahor tumanidagi «Turonbank» xodimlari bankomatga kirim qilish uchun ajratilgan mablag‘ning qariyb 100 mln so‘mini o‘zlashtirgani aytilmoqda. Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jahon banki 2022 yil uchun O‘zbekistonda YAIM o‘sishi prognozini 5,3 foizgacha yaxshiladi. Biroq 2023 yilda o‘sish 4,9% bo‘lishi tahmin qilinmoqda. Shuningdek, maqsadli ijtimoiy himoya dasturlari orqali qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5 foizga, 2024 yilda esa 12,2 foizga tushishi kutilmoqda.
Oila kodeksiga farzand asrab oluvchilar «kamida ikki yil birga nikohda yashagan shaxslar, shuningdek, 25 yoshga to‘lgan fuqarolar» bo‘lishi mumkinligi haqida o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda. Hozirda bola asrab olish faqat «voyaga yetgan fuqarolarga» ruxsat etilgan.
AQSh Mehnat vazirligi O‘zbekistondagi paxta korxonalari salohiyatini xalqaro mehnat standartlari va munosabatlariga moslashtirish maqsadida $2 mln grant ajratadi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, qolaversa 70 yoshga to‘lgani uchun «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.
Coca-Cola kompaniyasi soni cheklangan plastik idishlarni ishlab chiqardi, uning qopqog‘i ostidagi kod orqali futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmalar yutib olish imkoniyati mavjud.
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda paxta dalasida fermer va qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashdi. Nav evaziga hosildorlikni oshirish, suvdan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlandi. «Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi, takroriy ekin ekkan ta’qib qilinardi», — dedi davlat rahbari.
Uzbekistan Airways 1-noyabrdan Kuala-Lumpurga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklashini ma’lum qildi. Toshkent — Kuala-Lumpur — Toshkent qatnovlari haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Olimlar guruhi hisoblab chiqqan Somon yo‘li galaktikasi massasining yangi qiymati avvalgi ma’lumotlarning deyarli yarmiga teng bo‘lib chiqdi. Ular galaktikaning massasi Quyosh massasidan atigi 550 mlrd marta katta degan xulosaga keldi.
Uzbekistan Airways «Qish-2022» jadvaliga o‘tish munosabati bilan Urganch — Milan — Toshkent, Urganch — Rim — Toshkent, Toshkent — Parij — Toshkent yo‘nalishlarida mavsumiy aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi. Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan yozgi parvozlar jadvaliga ko‘ra oktabr oyi oxirigacha bo‘ladi.
Milliy valyutadagi kredit stavkalari ketma-ket uchinchi oy pasayib, 22,2% ni tashkil etdi. Aholi kreditlari bo‘yicha foizlar 5 oy ichida minimal darajaga tushdi, biroq biznes qarzlari yana ko‘tarila boshladi. Xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020 yil may oyidan beri maksimal darajaga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting