UzAuto Motors jismoniy va yuridik shaxslar sotib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalarini birjaga joylashtirish boshlanganini ma’lum qildi. Bu O‘zbekistondagi yirik davlat kompaniyalarini amalga oshirgan ilk IPO bo‘ladi.
«Qashqadaryo HETK» AJ G‘uzor TETK tezkor chiqish brigadasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. «Hududiy elektr tarmoqlari» vafot etgan elektromontyor «naryaddan tashqari o‘zboshimchalik bilan mavjud qoidalarni buzgan holda simlarni yechishga uringani»ni ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament organlari tomonidan Jizzax va Samarqandda jami 2,6 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli moddalar bilan gumonlanuvchilarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Markaziy bank tomonidan «Fuqarolik kodeksi»da belgilangan pul majburiyati bo‘yicha talablarni qondirish navbatiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif berildi. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar mavjud kreditning dastlab muddati o‘tgan qismi va foizini, so‘ngra joriy qarzdorlik summasi va foizini to‘lashadi.
Senatorlar pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritdi. 1 yanvardan I va II guruh nogironlarining pensiya tayinlanganidan keyingi kamida 1 yillik ish staji va ish haki miqdoridan kelib chiqib har 2 yilda bir marotaba tayinlangan pensiya qayta hisoblanadi va qo‘shimcha pul to‘lanadi.
O‘zbekiston prezidenti MDHning norasmiy sammitida qatnashish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib bordi.
Afsonaviy o‘zbek rok-pop qo‘shiqchisi Davron G‘oipov 61 yoshida vafot etdi. Dafn marosimi Xorazmda bo‘ladi. «Mamlakat yana bir afsonasidan ayrildi. Bugun o‘z tug‘ilgan kunida rok-pop yulduzi Davron G‘oipov olamdan o‘tdi», — dedi Tolibjon Isroilov.
Senat standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni ma’qulladi. Unga ko‘ra, «Davlat standarti» tushunchasi «milliy standart»ga o‘zgartirilib, qo‘llanilishi ixtiyoriy bo‘ladi. «Milliy standartlashtirish tizimini takomillashtirmay turib, raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etish mushkul», — dedi Senat raisi.
Tinchlik bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti belaruslik huquq himoyachisi Ales Belyatskiyga, shuningdek, Rossiyaning «Memorial» va Ukrainaning «Fuqaro erkinliklari markazi» (Sentr grajdanskix svobod) kabi huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlariga berildi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Sinszyan avtonom hududidagi huquqbuzarliklarni muhokama qilishdan bosh tortdi. O‘zbekiston ham 19 davlat qatorida rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi.
Shanba kuni Kavkaz hududlaridan kelgan antitsiklon O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalib, quruq va biroz iliq ob-havo bo‘ladi. Yakshanba kuni ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +24 darajagacha yetadi.
Prezident Konstitutsiyani isloh qilishda shoshilishning hojati yo‘qligini yana ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, taklif mualliflari «jamiyatda qanday rahbariyat bo‘lishidan qat’i nazar, qonun, Konstitutsiya himoyasida bo‘lish» tarafdori. Kerak bo‘lsa, o‘zgartirishlar aholi bilan yana bir bor kelishiladi, dedi Mirziyoyev.
7−18 oktabr kunlari «Olmaota — Toshkent — Qamashi — Kitob — Samarqand — Xiva — Buxoro — Xo‘jand — Toshkent» yo‘nalishida bu yil ikkinchi marta Orient Silk Road Express nomli turistik charter poyezdi harakatlanadi. U Yevropa Ittifoqi va boshqa bir necha davlatlar sayohatchilariga xizmat ko‘rsatadi.
Markaziy bankning 7 oktabrdagi tegishli qarorlari bilan «Turkiston» va Hi-tech bank`dan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar chaqirib olindi. Shuningdek, banklarni tugatish komissiyasi tarkibi tayinlandi. Omonatchilarining barcha mablag‘lari 2 oydan so‘ng to‘liq qaytariladi.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2018 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bog‘cha direktori lavozimidan ozod etildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi qayta auksion savdolariga qo‘yildi. Lotning boshlang‘ich narxi 71 mlrd so‘mni tashkil etadi. Aktiv yagona mulkiy majmua sifatida sotilishi ko‘zda tutilgan.
Alisher Qodirov sobiq TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash haqidagi bayonotidan so‘ng O‘zbekistonda iqtisodiy muammolar paydo bo‘la boshlaganini aytdi. «O‘zbekistonning shimoldan okeanga ochilish yo‘nalishi bir haftaga maxsus falajlantirildi», — dedi u.
Anorchilik meva-sabzavotchilikning «o‘sish nuqtalari»dan biri bo‘lgan Surxondaryoda ilk bor respublika anor festivali bo‘lib o‘tdi. Sherobodda yetishtirilgan anor eng katta meva sifatida tan olindi, uning vazni 1580 gramni tashkil etdi.
Sirdaryoda paxta dalasida uchrashuv o‘tkazgan prezident, paxtachilikda sharoitni yaxshilash uchun O‘zbekistonga $2 mln beradigan AQSh, Namangandagi maktabda o‘quvchilarning o‘qituvchiga qo‘l ko‘targani, Putinni «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlagan Mirziyoyev va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibida «mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan».
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting