Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi chorshanba kuni ertalabdan kvartiralar, uylar, pod’ezdlar, ofis binolari va gaz taqsimlash punktlarida kuchli gaz hidi kelayotganidan shikoyat qilishdi. Tuman hokimligi bunga tabiiy gazga me’yoridan ortiqcha odorant qo‘shib yuborilgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Birinchi test kuni natijalari, qon donorlariga imtiyozlar, «bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r», Asalhoney`ning o‘ldirilishi tafsilotlari, ishdan bo‘shatilgan Oliy sud raisi, o‘zini yoqib yuborgan FNQIZ xodimasi vafot etgani, quduqlarni burg‘ilashga moratoriy va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Davlat ekologiya qo‘mitasi Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushib qolgan ayiq, to‘ng‘izva shoqol tasvirlarini namoyish qildi.
Prezident farmoni bilan butunjahon shaxmat olimpiadasi sovrindorlari «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan, ayollar terma jamoasi a’zolari esa «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.
Toshkentning Beshag‘och ko‘chasida qurilayotgan besh qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Alanga taxminan bir soat ichida o‘chirildi.
IIO xodimlari 3,5 yildan so‘ng Toshkent metrosiga kiraverishda yana paydo bo‘ldi. Metropoliten qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Anvar Hasanov avvalroq ularni texnik vositalar bilan almashtirish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, xodimlarning tashqi kirish joylariga qaytishi sabablarini tushuntirdi.
Prezident maslahatchisi Baxtiyor Islomov O‘zbekiston Oliy sudi raisi etib saylandi. Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Qozog‘istonda boshqa yuk niqobi ostida mamlakatdan O‘zbekistonga 280 tonna AI-95 benzinini olib chiqishga urinishning oldi olindi. Xorij kompaniyasi foydasiga respublikadan jami 45 mln dollarlik 50 ming tonna mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan bo‘lgan.
Novorossiysk bojxonachilari O‘zbekistondan kelgan konteynerdan Rossiyada giyohvandlik moddasi hisoblangan bir tonnadan ortiq isiriqni aniqladi. Bu haqda bilmagan yuboruvchi umrbod qamoq jazosi va million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Toshkent hokimi poytaxtni Dubaydek sayyohlar uchun jozibador maskanga aylantirishni orzu qilishini aytdi. Biroq, u infratuzilmaning jadal rivojlanishi sharoitida yashil maydonlarni saqlab qolish haqidagi savolga tadbir mavzusi turizmni rivojlantirish ekanligini ro‘kach qilib, javob bermadi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,00 so‘mga qimmatlab, 10 904,29 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa yana pasaydi.
O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari Surxondaryodagi o‘quvda rejaga ko‘ra, chegarani buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalarini muvaffaqiyatli yo‘q qildi.
Yer osti chuchuk suvlariga quduq burg‘ilash va suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berishga moratoriy qo‘llash taklif etilmoqda. Hozirda markaziy ichimlik suvlarining 67 foizi yer osti suvlari hisobidan ta’minlansa-da, ayrim hududlarda ularning sathi o‘rtacha me’yordan 5 metr va undan ortiqqa pasaygan.
May oyidan beri Toshkentdagi birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joylar narxi arzonlashib bormoqda, deb ma’lum qildi Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti. Xususan, birlamchi bozorda 1 kv.m uchun may oyidagi $943,6 narx iyulda $919,9 ga, ikkilamchi bozorda esa $891,1 dan $882,6 gacha tushgan.
Prezident Konstitutsiyaviy suddagi vakant sudya lavozimiga Oliy sud raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Kozimjon Komilov nomzodini taklif qildi. Oliy sud rahbarligiga esa prezident maslahatchisi Baxtiyor Islomov nomzodi ilgari surildi.
Yaponiyaning amaldagi bosh vaziri Fumio Kisidaning Vazirlar Mahkamasi to‘liq tarkib bilan iste’foga chiqdi. Iste’fo Yaponiya hukumatida bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlar fonida yuz berdi.
Toshkent viloyatining Qibray tumani uchun issiqlik energiyasiga yangi tariflar 25 avgustdan kuchga kiradi.
2017 yildan beri Oliy sudga raislik qilgan, 13 iyulda lavozimga qayta tayinlangan Kozimjon Komilov iste’foga chiqarildi. Uning o‘rnini prezident maslahatchisi Baxtiyor Islamov egallashi kutilmoqda.
Seshanba kuni Cho‘lpon-Otada O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari uchrashdi. Qirg‘iziston hukumati maxsus vakili Nazirbek Borubayevning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar oldin kelishilmagan 208 km chegarani aniqlashtirib olmoqchi, qolaversa, yil yakunigacha barcha savollarni hal etishni rejalashtirmoqda.
Farg‘ona NQIZning sobiq xodimi Sanobarxon Haydarova korxonaga kirish joyida o‘zini ustiga benzin quyib, yoqib yuborgandi. U 10 avgust kuni ertalab shifoxonada vafot etdi. Zavod ayolning voyaga yetgan farzandlarining ta’lim xarajatlarini qoplash va zarurat bo‘lsa, ishga joylashishda yordam berishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting