Boysun tumanidan o‘tuvchi M-39 xalqaro avtomagistral yo‘li va ayrim xonadonlarni sel bosdi. Surxondaryo viloyati hokimligi hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini bildirdi. Xonadon va boshqa obyektlarda tozalash ishlari olib borilmoqda.
Toshkentda jinsiy zo‘ravonlikka jim qarab turmaslik madaniyatini shakllantirishni maqsad qilgan NeUyat festivali o‘tkazilmoqda. Rassomlar jamiyatning bir qismi jinsiy zo‘ravonlikni normal qabul qilishini ta’kidlaydi. Ular zo‘ravonlikka uchraganlar emas, buni qilganlarga uyat ko‘zi bilan qarashni targ‘ib etmoqda.
26−30-dekabr kunlari ilk bor Samarqandda shaxmatning rapid va blits turlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Turnirda jahonning eng yaxshi shaxmatchilari ishtirok etib, jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. FIDE rahbari Arkadiy Dvorkovich tanlov nega O‘zbekistonda o‘tkazilayotganini izohladi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 2 baravar kamaytirish taklif etilmoqda. Taklif mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish uchun ilgari surilgan. Bu budjet tushumlari 160 mlrd so‘mga kamroq bo‘lishiga olib kelishi prognoz qilinmoqda.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Cobalt va Isuzu avtobusi o‘zaro to‘qnashib ketdi. Oqibatda yengil avtomobilda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa sabab hech kim jarohat olmagani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket olti oylik kamayishdan so‘ng oktabr oyida deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiralar miqdori sentabrda 2020-yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkichga tushib ketgandi. Xalqaro zaxiralar miqdori oshganiga qaramay, oltinning fizik hajmi kamaygan.
Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi kengashiga Gruziyaga YeI a’zoligiga nomzod maqomini berishni, shuningdek, Ukraina va Moldova bilan ittifoqqa kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qildi.
Yangi Chery Arrizo 6 Pro ilg‘or texnologiyalar va noyob dizaynni o‘zida birlashtirib, avtomobil komplektatsiyasiga yoritiladigan eshik tokchalari hamda musiqa ritmida xarakat qiladigan rangli yoritgichlar kiradi.
Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.
Prezidentning maxsus vakili Abdulaziz Kamilov do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun Yaponiyaning “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan mukofotlandi. Ordenga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ham loyiq ko‘rildi.
Mirabad Avenue turar joy majmuasidagi Fashion-xiyobonda 4-noyabr kuni Brioni butigining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi butik tayyor kiyim va aksessuarlarni, shuningdek, Bespoke xizmatini taklif etmoqda.
8-noyabrdan boshlab Toshkent−Xo‘jakent−Toshkent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi.
O‘tgan oktabr oyi rekord darajadagi eng issiq oy bo‘ldi. Olimlarning ta’kidlashicha, 2023-yil ham tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston davlat qarzi 1-iyul holatiga ko‘ra 31,5 mlrd AQSh dollarni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,8 foizni tashkil etdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonning davlat qarzini “mo‘’tadil” deya baholagan.
Jizzax Auto zavodi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tez yordam avtomobillarininng navbatdagi partiyasini — 108 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Rejalashtirilgan 1000 dona avtomobildan 700 tasi respublika tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqda, deyiladi “O‘zavtosanoat” xabarida.
Agrar OTMlar tasarrufidagi akademik litseyni tamomlaganlarni 2024/2025 o‘quv yilidan kirish imtihonlarisiz, suhbat orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish taklif etilmoqda. Bunda talabgorning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foizdan yuqori bo‘lishi kerak.
Toshkent viloyatidagi “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (dendropark)da noqonuniy qurilgan binolarni sud qarori asosida buzish boshlandi. Avvalroq hududda daraxtlar nobud qilingani, yer ajratish va undan foydalanish qoidalari buzilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Prezident farmoniga ko‘ra, vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.
Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi yangi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar Istanbuldagi bosh konsullikka rahbarlik qilib kelayotgandi.
Qo‘qon shahrida kitobxon ikki yosh o‘z nikoh to‘yini “Amiri” kutubxonasida o‘tkazdi. “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imni shu kutubxonada uchratganman”, — deydi kuyov. Tadbirda shahar hokimi ham ishtirok etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting