O‘zbekistonda avgust oyida havo harorati iyulga qaraganda 1,5−2,5 daraja salqinroq bo‘ladi. Bu yilgi avgust nisbatan qulay harorat bilan boshlanadi va oy oxiriga qadar ustunlik qiladi. Biroq, juda issiq ob-havo kuzatilishi ehtimoldan holi emas, deb xabar qildi O‘zgidromet.
Inha universiteti talabasi Yasmina Ablayeva Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda har yili IT-muxatassislar uchun prezident tanlovini o‘tkazish taklifini bildirdi. Davlat rahbari buning uchun $1 mlnlik ajratilishini ma’lum qildi. «Biz bu pulni topib, tanlovni e’lon qilishga harakat qilamiz», — dedi prezident.
Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi, harorat +39 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li va tog‘ oldi hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi kutilmoqda. Shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi.
Toshkentda ilk bor O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari uch tomonlama muzokara o‘tkazadi. «Bu mutlaqo yangi mexanizm», — dedi O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Navoiy viloyatida qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 30 dona AntMiner T19 mayning qurilmasini o‘g‘rilagan ikki shaxs qo‘lga olindi. Hozirgacha 13 ta qurilma topilgan.
Dilshadbek Karimov Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Akmal Savurbayev Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘tkirbek Raxmanov esa Zafarobod tumaniga hokim bo‘ldi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha fuqarolarning takliflarini qabul qilish muddati o‘z yakuniga yetdi. Konstitutsiyaviy komissiya 117 mingdan ortiq taklif yuborilganini ma’lum qildi. Deputatlar loyihani takomiliga yetkazadi. Bu jarayon qanchalik ochiq bo‘lishi esa hozircha noma’lum.
Toshkentning Bektemir tumanida Matiz va Howo yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida fuqaro boshqa fuqaroga qarashli issiqxona uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini ishlab chiqarish sexi qurmoqchi bo‘lgan shaxsga 500 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. U so‘ralgan puldan 50 ming dollarini olgan vaqtida DXX tomonidan qo‘lga olindi.
Prezident Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mana shunday murakkab zamonda doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash, bebaho boylik bo‘lmish barqarorlikni saqlash, jamiyatda ko‘pmillatli katta yagona oila tuyg‘usini kuchaytirish qanchalik muhim va dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganini ta’kidladi.
O‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov AQShda meksikalik Leonel Morenoni nokautga uchratib, vakant bo‘lgan IBF North American kamari sohibiga aylandi. O‘zbekistonlik sportchi shu vaqtga qadar mag‘lubiyatga uchramagan va g‘alabalarining 90 foizini muddatidan oldin yakunlagan.
Ukrainada mahalliy aholiga palov ulashib kelgan o‘zbekistonlik Sardor Hakimov raketa zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. U otishma paytida yerto‘lada palov pishirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan.
Hukumat qarori bilan professional ta’lim muassasalariga sirtqi va kechki ta’lim shakliga qabul qilish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, sirtqi ta’limda mustaqil, jumladan masofadan turib o‘qish, kechki ta’limda esa bu ikki uslubga qo‘shimcha ravishda tushdan keyin auditoriyada mashg‘ulot o‘tilishi mumkin.
Toshkentning Yashnobod tumanida PPX inspektori voyaga yetmagan bola bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Xodim bolaga uning videosi, jumladan «yuzini internetga chiqarishga haqqi yo‘qligini» aytib, aks holda uni va ota-onasini sudga berish bilan qo‘rqitgan. IIV holatga munosabat bildirdi.
YeI elchisi Sharlotta Adrian “Gazeta.uz” ga Kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risidagi yangi kelishuvning ustuvor yo‘nalishlari, odamlar o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati va prezident Shavkat Mirziyoyevning maslahatlari haqida gapirdi. U Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalari haqidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.
Qoraqalpog‘istonda kadrlar o‘zgarishi davom etmoqda. Bungacha Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limiga rahbarlik qilgan Baxtiyar Torebekov respublika ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi.
Tovuq va sabzavotli vok lapshasi, sabzavotli kish, ajabsanda, sabzavotli ragu, tovuq va sabzavotlardan qilingan toblatma, turkcha ratatuy, sabzavotlar bilan cho‘pchalarda pishirilgan tovuq — Zira.uz turli xil mazali sabzavotli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun buzilishi haqidagi xabarini rad etdi. Huquqbuzarliklar Mudofaa vazirligi budjet mablag‘lariga aloqasi bo‘lmagan «Xarbiy savdo» korxonalarining 5 yillik faoliyati davomida sodir etilgan, deyiladi xabarda.
Moskvadagi yong‘inda sakkiz kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. FVVning xabar berishicha, derazalardagi panjaralar va yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda ishlamay qolgan signalizatsiya odamlarni qutqarib qolishga to‘sqinlik qilgan.
Yo‘l qurilishida noqonuniy sarflangan milliardlab so‘mlik mablag‘lar, tiriklik haqidagi ma’lumotnomaga izoh, magistraturaga topshirilayotgan sertifikatlarning 70 foizi soxtaligi, IT kasblar haqida gapirgan prezident, to‘siq tegib vafot etgan keksa ayol va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting