31 iyulga qadar kuzatuvchi shaxslar Toshkent aeroportining xalqaro terminaliga kiritilmaydi. Bu ziyoratchilarning Hajga jo‘nab ketishi va qaytib kelishi, shuningdek, binoning rekonstruksiya qilinishi bilan bog‘liq.
«Yoshlar daftari»dagi imtiyozlar soni 25 tagacha ko‘paytiriladi, yoshlarga IT va chet tilini o‘rganish uchun 1,2 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi, xalqaro olimpiadalar ishtirokchilariga xarajatlari uchun 12 mln so‘mdan beriladi, fortepiano, maqom va baxshichilikka o‘qiydiganlarning kontraktini davlat to‘lab beradi.
Juma kuni havo biroz salqinlashganiga qaramasdan, dam olish kunlari harorat +35…+45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Farg‘onaning tog‘li hududlarida esa muzli sel kelish xavfi mavjud. O‘zgidromet keyingi hafta boshida mamlakatga Volga bo‘yidan salqin havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi.
Qirg‘izistonda kazino faoliyati qonuniylashtirildi, uning mijozlari esa faqat xorij fuqarolari bo‘lishi mumkin. “Qimor o‘yinlari to‘g‘risida"gi yangi qonun davlat budjetiga pul mablag‘larini jalb qilish va sarmoya kiritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zlagan nutqida «bag‘rikeng, tanti, qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘tayotgan qoraqalpoq xalqini e’zozlashini» ta’kidladi. «Mehr va g‘urur bilan aytaman, men nafaqat O‘zbekiston, Qoraqalpog‘istonning ham farzandiman», — dedi prezident.
Qashqadaryoda harbiy xizmat vaqtida vafot etgan 18 yoshli Ruslan Qidiraliyevning o‘limi yuzasidan shifokorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkaziladi va marhumning o‘limiga rostdan ham «surunkali yurak ishemik kasalligi» sabab bo‘lgani yoki yo‘qligi tekshiriladi.
Nyu-Yorkda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha BMTning oliy darajadagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, dunyoda bu boradagi vaziyat yomonlashmoqda. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlamasdan turib, barqaror rivojlanishni ta’minlab bo‘lmaydi, dedi BMT YeIK.
Gulnora Karimovaga tegishli ekani taxmin qilinayotgan hashamatli ko‘chmas mulk u qamoqdalik vaqtida 68,4 mln dollarga qayta sotilgan bo‘lishi mumkin, deya xabar qildi Kanadaning The Globe and Mail nashri.
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi 30-iyun payshanba kuni Zulhijja oyining 1-kuni ekanini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Qurbon Hayiti 9-iyul — shanba kuniga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladilar.
Iyun oyining oxirida ba’zi hududlarda bu oy uchun maksimal havo harorati bo‘yicha rekordlar yangilandi. O‘zgidrometning xabar berishicha, yaqin kunlarda havo harorati pasayadi. Iyul oyida tog‘li hududlardan boshqa joylarda yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam.
Filippin sobiq diktatorining o‘g‘li kichik Ferdinand Markos mamlakat prezidenti sifatida qasamyod keltirdi. 64 yoshli Markos saylovoldi tashviqotida oilasining o‘tmishdagi suiiste’molliklarini qoralashdan bosh tortdi.
Sud Toshkent shahar Yunusobod tumanida pichoq qo‘llanilgan oktabr mojarosi ishtirokchilari, shuningdek, Toshkent viloyatida fohishaxona tashkil etgan shaxslarga nisbatan hukmni o‘qib eshittirdi. Ularning ikki nafari qamaldi, yana ikki nafarining ozodligi cheklandi, bir nafari esa ozod qilindi.
Jomboy tumanidagi «Zarafshon» milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda yong‘in kelib chiqdi. Uni 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 2 soatdan ko‘proq vaqtda bartaraf etdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytildi.
Soliq qo‘mitasi yil boshidan 27 iyunga qadar iste’molchilarga jami 180 mlrd so‘m keshbek to‘lab berdi. Keshbek cheklarini taqdim etish bo‘yicha Korzinka, Havas va Makro savdo do‘konlari yetakchilik qilmoqda.
Samarqandda 29 yoshli ayol uksusdan zaharlanib, vafot etgan holat yuzasidan o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Uni qaynonasi kamsitib kelgani aytilmoqda. Marhumadan oldingi kelin ham o‘z joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi.
AQShning «Mercer» kompaniyasi dunyoning eng qimmat va eng arzon shaharlari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Gonkong eng qimmat shahar deb topilgan bo‘lsa, Anqara esa eng arzon shahar deya e’tirof etildi. Toshkent esa arzon shaharlarning Top-10 taligida yettinchi o‘rinni band qildi.
Turkiyada 12 davlat o‘rtasida o‘tkazilgan merganlik bo‘yicha xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik harbiylar ikkinchi o‘rinni egalladi. Ular lazerli masofa o‘lchagichdan foydalanmasdan harakatlanayotgan vertolyot va qayiqdan turib nishonlarni yo‘q qilishdi. Turk hakamlari O‘zbekiston jamoasi mahoratini yuqori baholadi.
Prezident yer uchastkalarini olib qo‘yish tartib-tamoyillariga oid qonunni imzoladi. Hujjat bilan qaysi holatlar jamoat ehtiyoji deb e’tirof etilishi va nimalarga kompensatsiya to‘lanishi belgilanmoqda. Qolaversa, mulk egasiga yetkazilgan noqulayliklar uchun obyektning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezident imzolagan yer uchastkalarini olib qo‘yish tartib-tamoyillari to‘g‘risidagi qonun «xalqni bir necha yildan buyon qiynab kelgan muammolarga barham berishini» ta’kidladi. Hujjat kompensatsiya turlarini belgilab beradi va 3 mlnga yaqin uyni buzilishidan sug‘urtalaydi.
O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga «dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi» doirasida 9,2 mln so‘m pul beriladi. Uni olish uchun esa fuqaro tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik yo‘nalishlaridagi o‘z loyihasini maxsus komissiyaga taqdim etishi kerak.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting