AQSh fuqarolari Registon maydonida nikohdan o‘tishdi
5 iyul 2022, 12:24

AQSh fuqarolari Registon maydonida nikohdan o‘tishdi

Dushanba kuni Samarqanddagi Registon maydonida AQSh fuqarolari Marshall Mayer va Ebru Sanning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. Ular o‘zbek milliy taomlarini sevib iste’mol qilishi va sayohat vaqtida tarixiy Samarqandni yoqtirib qolgani bois nikohini shu yerda o‘tkazishga qaror qilganini ma’lum qilishdi.

2023 yilda yana 18 nafar davlat xizmatchisi Yaponiyaga o‘qishga yuboriladi
5 iyul 2022, 12:08

2023 yilda yana 18 nafar davlat xizmatchisi Yaponiyaga o‘qishga yuboriladi

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan 2,76 mln dollarlik bitimni imzoladi. Unga ko‘ra, kelgusi yilda yana 18 nafar davlat xizmatchisi Yaponiyada magistratura va doktoranturada o‘qishga yuboriladi. Hozirda 35 kishi tahsil olmoqda.

O‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 150 mingtadan oshdi
5 iyul 2022, 11:22

O‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 150 mingtadan oshdi

3 iyulga kelib o‘zbekcha Wikipedia`ga 150 mingdan ortiq o‘zbek tilida maqolalar joylandi va u reytingda 58 o‘rinda ketmoqda. WikiStipendiya loyihasi boshlangandan keyin 4247 ta maqola qo‘shilgan. Ushbu maqolalarning deyarli barchasi bot yordamida emas, balki foydalanuvchilar tomonidan yaratilgani aytilmoqda.

Italiyadagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun qariyb 45 mlrd so‘m ajratiladi
5 iyul 2022, 10:14

Italiyadagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun qariyb 45 mlrd so‘m ajratiladi

2023 yildan boshlab o‘zbek sportchilarini 2026 yilda Milan va Kortine-d'Ampetssoda (Italiya) o‘tkaziladigan Qishki Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash uchun 15 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Qishki sport turlari bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabini tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston rossiyaliklarning xizmat safari bilan eng ko‘p boradigan hududiga aylandi
5 iyul 2022, 10:03

O‘zbekiston rossiyaliklarning xizmat safari bilan eng ko‘p boradigan hududiga aylandi

Iyun oyida O‘zbekiston rossiyaliklarning xizmat safari bilan eng ko‘p boradigan uchta hududdan biriga aylandi. Rossiya ishbilarmonlarining mamlakatdagi biznes safarlari asosan uch kungacha davom etgan.

4 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 iyul 2022, 22:00

4 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qoraqalpog‘istonda tartibsizlik sabab vafot etgan 18 kishi, Konstitutsiyaning muhokama muddati uzaygani, havo haroratining pastlashi, Qoraqalpog‘iston maqomi o‘zgarmasligi, 2 mln doza Pfizer vaksinasi, Nukusdagi voqealar xronologiyasi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 4 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
4 iyul 2022, 20:16

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda mamlakat rahbariyatining Qoraqalpog‘istonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Yevropa Ittifoqi Qoraqalpog‘istondagi voqealarni ochiq va mustaqil tergov qilishga chaqirdi
4 iyul 2022, 18:20

Yevropa Ittifoqi Qoraqalpog‘istondagi voqealarni ochiq va mustaqil tergov qilishga chaqirdi

Yevropa Ittifoqi «Qoraqalpog‘istondagi zo‘ravonlik voqealarini ochiq va mustaqil tergov qilishga» chaqirdi. YeI konstitutsiyaviy o‘zgarishlar bo‘yicha noroziliklarga nisbatan prezident Mirziyoyev tezkor reaksiya bildirganini e’tirof etdi va vaziyat keskinlashuvining oldini olish uchun tomonlarni vazmin bo‘lishga chaqirdi.

Yevropa kengashi prezidenti Nukusdagi namoyishlar qurbonlari yaqinlariga hamdardlik bildirdi
4 iyul 2022, 17:35

Yevropa kengashi prezidenti Nukusdagi namoyishlar qurbonlari yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel prezident Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Nukusdagi namoyishlarda qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Qolaversa, u vaziyatni ba’zi buzg‘unchi kuchlar tomonidan izdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.

«Hayit namozi o‘qilmasligi bo‘yicha xabarlar asossiz» — O‘zbekiston musulmonlari idorasi
4 iyul 2022, 16:48

«Hayit namozi o‘qilmasligi bo‘yicha xabarlar asossiz» — O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlarda «Qurbon Hayiti namozi o‘qilmaydigan bo‘ldi» mazmunidagi xabarlar «asossiz va haqiqatga mos kelmasligini» ma’lum qildi. Hozir mamlakatda ommaviy tadbirlar cheklanmagan, namoz o‘qish bo‘yicha biror o‘zgarish bo‘lsa, oldindan xabar berilishi qayd etildi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
4 iyul 2022, 16:46

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 13,41 so‘mga arzonlab, 10 836,69 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Kamola Sobirova AKT vaziriga maslahatchi bo‘ldi
4 iyul 2022, 16:14

Kamola Sobirova AKT vaziriga maslahatchi bo‘ldi

Kamola Sobirova AKT vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U vazirlikda yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

YUNISEF MTVga bog‘chalarda tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 8100 ta yo‘riqnomani topshirdi
4 iyul 2022, 16:01

YUNISEF MTVga bog‘chalarda tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 8100 ta yo‘riqnomani topshirdi

YUNISEF tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligiga topshirilgan bog‘cha tibbiyot xodimlari uchun yo‘riqnomalarda gigiyena, bolalarning to‘g‘ri ovqatlanishi va profilaktika choralari, jumladan, emlash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud.

O‘zbekistonga qariyb 2 mln doza Pfizer vaksinasi keltirildi
4 iyul 2022, 15:46

O‘zbekistonga qariyb 2 mln doza Pfizer vaksinasi keltirildi

Dushanba kuni COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga qariyb 2 mln doza Pfizer vaksinasi keltirildi.

Nodavlat sport-ta'lim muassasalariga 2026-yilgacha imtiyozlar berildi
4 iyul 2022, 15:32

Nodavlat sport-ta'lim muassasalariga 2026-yilgacha imtiyozlar berildi

Prezident qarori bilan Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlari tashkil etgan nodavlat sport-ta'lim muassasalariga 2024-yilgacha, barcha nodavlat sport-ta'lim muassasalariga esa 2024-yildan boshlab ikki yil davomida bino va inshootlar ijara to‘lovlari va soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berildi.

Kreml Qoraqalpog‘istondagi voqealarni O‘zbekistonning ichki ishi deb atadi
4 iyul 2022, 15:20

Kreml Qoraqalpog‘istondagi voqealarni O‘zbekistonning ichki ishi deb atadi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qoraqalpog‘istondagi voqealar O‘zbekistonning ichki ishi ekani, Kreml mamlakat rahbariyati faollik bilan muammolarni hal etishiga shubha qilmayotganini bildirdi.

Samarqandda yana bir ayol o‘z joniga qasd qildi
4 iyul 2022, 15:19

Samarqandda yana bir ayol o‘z joniga qasd qildi

Toyloq tumanida yashagan 30 yoshli ayol o‘zini mehmonhonadagi kiyim ilgichga ro‘mol bilan osib, joniga qasd qilgani aytilmoqda. Bosh prokuratura sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi o‘tkazilgani va xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qildi. Avval ham Samarqandda ayol kishi o‘z joniga qasd qilgandi.

“Parkwood” ortiqcha to‘lovlarsiz 14 foizgacha chegirmali muddatli to‘lov taklif etadi
4 iyul 2022, 15:00

“Parkwood” ortiqcha to‘lovlarsiz 14 foizgacha chegirmali muddatli to‘lov taklif etadi

“Novastroy” kompaniyasi Qurbon hayiti munosabati bilan “Parkwood” turar-joy majmuasida chegirmalarning so‘nggi haftasini e’lon qildi.

Bosh prokuratura Nukusdagi voqealar xronologiyasini ma’lum qildi
4 iyul 2022, 14:50

Bosh prokuratura Nukusdagi voqealar xronologiyasini ma’lum qildi

Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar xronologiyasini ma’lum qildi. Taxminan 300 kishi Nukusga kirishdagi postda 50 nafar gvardiyachidan ratsiya, dubinka, shitlarni tortib olgani va Nukus xalqaro aeroporti, mahbuslar Reabilitatsiya markazi, shahar IIB binolariga hujum uyushtirgani aytilmoqda.

Nukusdagi voqealar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
4 iyul 2022, 13:57

Nukusdagi voqealar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Nukusdagi namoyishlar fakti bo‘yicha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting