Moratoriyga qaramay, yana Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olindi. Tabiatga zarar miqdori 233 millard so‘m
8 noyabr 2024, 22:41 2

Moratoriyga qaramay, yana Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olindi. Tabiatga zarar miqdori 233 millard so‘m

Daryo o‘zanlaridan noruda materiallar qazib olishga moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi davom etmoqda. Bu safar tabiatga 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Avvalroq BP bu ish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning litsenziyalari bekor qilinmayotganini afsus bilan qayd etgandi.

Prezident qator tibbiyot xodimlarini mukofotladi
8 noyabr 2024, 21:50

Prezident qator tibbiyot xodimlarini mukofotladi

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi xizmatlari uchun ayrim soha mutaxassislarini orden va medallar bilan taqdirladi.

Aholining valyuta sotib olishi va sotishi o‘rtasidagi ijobiy farq 4,8 mlrd dollarga yetdi — MB
8 noyabr 2024, 21:15

Aholining valyuta sotib olishi va sotishi o‘rtasidagi ijobiy farq 4,8 mlrd dollarga yetdi — MB

Yanvar-sentabr oylarida banklar aholidan sotganidan 4,8 mlrd dollar ko‘proq valyuta sotib oldi. Ijobiy farq o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar oshdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash hajmi kamaydi.

Fuqarolarning mol-mulk solig‘i stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda
8 noyabr 2024, 20:49

Fuqarolarning mol-mulk solig‘i stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda

Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar bilan O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalarini oshirish taklif qilinmoqda. Shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini aniqlash uchun binolarning minimal soliq bazasini ko‘tarish ko‘zda tutilgan.

Qashqadaryoda 28 yoshli bemor xususiy poliklinikada olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi
8 noyabr 2024, 17:16

Qashqadaryoda 28 yoshli bemor xususiy poliklinikada olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi

Shahrisabz tumanida tomog‘i shishganidan shikoyat qilib xususiy poliklinikaga borgan 28 yoshli ayol olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, shifokor unga “Seftriakson” antibiotigi va “Deksametazon” preparati aralashmasidan in’eksiya yuborgan. Hozirda o‘lim holati bo‘yicha tergov ishlari ketmoqda.

Optimo: kichik biznesni boshqarish uchun qulay dastur
8 noyabr 2024, 17:00

Optimo: kichik biznesni boshqarish uchun qulay dastur

Optimo menejerlar va kassirlar uchun qulay interfeysga ega bo‘lib, biznesni avtomatlashtirishga yordam beradi.

Hukumat tariflar oshganiga qaramay, gaz va elektr energiyasi narxlarini subsidiyalashda davom etmoqchi
8 noyabr 2024, 16:46

Hukumat tariflar oshganiga qaramay, gaz va elektr energiyasi narxlarini subsidiyalashda davom etmoqchi

2025-yilda davlat budjetidan elektr energiyasi, tabiiy gaz narxlaridagi tafovutni qoplash va issiqlik korxonalariga subsidiyalar uchun 12,3 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda. Hukumat tariflar oshgani va 2025-yilda yana oshishiga qaramay, gaz hamda elektr energiyasi narxlarini subsidiyalashda davom etmoqchi.

“Vatan faqat g‘alabaga erishilgandagina sevilmaydi” — Bayden Trampning g‘alabasi haqida
8 noyabr 2024, 16:44

“Vatan faqat g‘alabaga erishilgandagina sevilmaydi” — Bayden Trampning g‘alabasi haqida

AQSh prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlaridan keyin xalqqa murojaatida hokimiyat Donald Trampga “tinch va tartibli” o‘tishini ta’minlashini aytdi. “Biz mamlakat tanlovini qabul qilamiz”, — dedi u.

Bir kechada Ukrainaga yuzga yaqin dron hujum qildi
8 noyabr 2024, 16:15

Bir kechada Ukrainaga yuzga yaqin dron hujum qildi

O‘tgan sutkada Rossiyaning Ukrainaga hujumlari oqibatida 65 dan ortiq kishi jarohatlandi. Xarkovda turar joy binosining uch qavati vayron bo‘ldi. Zaporoje shahrida ham ko‘p qavatli uyga zarar yetkazildi, 9 kishi, jumladan, bir yoshli bola halok bo‘ldi, shaharda motam e’lon qilindi.

Taxtaqoracha dovonida mashinaga tosh qulashi oqibatida halok bo‘lganlar orasida Vengriya fuqarolari ham bo‘lgan
8 noyabr 2024, 15:31

Taxtaqoracha dovonida mashinaga tosh qulashi oqibatida halok bo‘lganlar orasida Vengriya fuqarolari ham bo‘lgan

Taxtaqoracha dovonida tog‘dan ulkan tosh avtomobilga qulashi oqibatida uch kishi, jumladan, ikki nafar Vengriya fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi chuqur ta’ziya izhor etib, marhumlarning jasadlarini vataniga qaytarishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararlarni qoplab berish rejalashtirilmoqda
8 noyabr 2024, 15:11

Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararlarni qoplab berish rejalashtirilmoqda

Shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam norentabel avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (9−10-noyabr)
8 noyabr 2024, 15:06

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (9−10-noyabr)

To‘qqizta kinopremyera, an’anaviy art-bozor, ijodiy mahorat darslari, teatr tomoshalari, konsertlar, bolalar uchun ko‘ngilochar shoulari, do‘konlardagi chegirmalar, ko’rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Uzum Tezkor kurerlik kasbi haqidagi miflarni sanab o‘tdi
8 noyabr 2024, 15:00

Uzum Tezkor kurerlik kasbi haqidagi miflarni sanab o‘tdi

Uzum Tezkor kurerlik sohasidagi keng tarqalgan, jumladan, ularning daromadi kamligi, ayollar ishlay olmasligi, karera qilish imkonsizligi haqidagi miflarga to‘xtaldi.

Yangi rekord: O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
8 noyabr 2024, 14:24

Yangi rekord: O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi

Oktabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin narxining oshishi fonida yana 2 mlrd dollarga oshib, 43,1 mlrd dollarga yetdi. Ko‘rsatkich ketma-ket to‘rtinchi oy rekordini yangiladi. Markaziy bank oz miqdorda qimmatbaho metall sotib, qimmatli qog‘ozlar xarid qildi.

Prezident: 2025-yil — suv xo‘jaligida “nasoslar samaradorligini oshirish yili” bo‘ladi
8 noyabr 2024, 14:17

Prezident: 2025-yil — suv xo‘jaligida “nasoslar samaradorligini oshirish yili” bo‘ladi

Prezident suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarida elektr iste’moli 8,3 mlrddan 6,8 mlrd kVt/soatga kamayganini, lekin bu yetarli emasligini ta’kidladi. U xorazmlik fermerlarning energiya tejash borasidagi tajribasini kengaytirish, shuningdek, 2 ta asosiy nasos stansiyasi uchun tender e’lon qilishni topshirdi.

Click umummilliy ekologik dasturi — Yashil Merosʼni ishga tushirmoqda
8 noyabr 2024, 13:00

Click umummilliy ekologik dasturi — Yashil Merosʼni ishga tushirmoqda

Yashil Meros dasturi O‘zbekiston aholisini, jumladan, Click’ning 18,4 milliondan ortiq foydalanuvchisini atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga jalb etadi.

Dam olish kunlari havo nisbatan sovuq bo‘ladi
8 noyabr 2024, 12:19

Dam olish kunlari havo nisbatan sovuq bo‘ladi

O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0…+5, kunduzi +8…+15 daraja atrofida bo‘ladi.

DXX 4 ta viloyatda ijaraga berilgan yer maydonlarini noqonuniy sotganlarni qo‘lga oldi
8 noyabr 2024, 11:59

DXX 4 ta viloyatda ijaraga berilgan yer maydonlarini noqonuniy sotganlarni qo‘lga oldi

DXX Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatida noqonuniy yer sotish holatlarini aniqladi. Andijondagi holatda korxona rahbari va tadbirkor kelishib, issiqxonaga ajratilgan yerni kottej qurishga moslab berish evaziga xaridordan $230 ming so‘ragani ma’lum bo‘ldi. Ular oldindan $30 ming olganida ushlandi.

Toshkentda Tracker butunlay yonib ketdi
8 noyabr 2024, 11:41

Toshkentda Tracker butunlay yonib ketdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Mashina to‘liq yonib ketgan, jarohatlanganlar yo‘q.

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi
8 noyabr 2024, 11:18

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori buyrug‘i bilan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting