Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga ham impichment e’lon qilindi
27 dekabr 2024, 13:31

Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga ham impichment e’lon qilindi

Janubiy Koreya parlamenti bosh vazir, shu bilan birga, prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga impichment e’lon qildi. Bu Su hukumati prezident Yol va uning rafiqasi tergoviga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqish hamda konstitutsiyaviy sud tarkibiga sudyalarni tayinlashdan bosh tortganidan so‘ng sodir bo‘ldi.

O‘zbekistonning tashqi qarzi 60 mlrd dollardan oshdi
27 dekabr 2024, 13:00

O‘zbekistonning tashqi qarzi 60 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat va xususiy qarzni o‘z ichiga oluvchi tashqi qarzi 9 oy yakunlariga ko‘ra 60,2 mlrd dollarga yetdi. Yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich 7,2 mlrd dollarga ko‘paydi.

Asaxiy Books va Xalq Banki kitobxonlik rivoji yo‘lida yangi shartnoma imzoladi
27 dekabr 2024, 13:00

Asaxiy Books va Xalq Banki kitobxonlik rivoji yo‘lida yangi shartnoma imzoladi

Asaxiy Books va Xalq Banki kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida yangi shartnoma imzoladi. Bu hamkorlik muhim kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilish, kitob narxlarini barqaror saqlash va bolalar adabiyotini rivojlantirishga yordam beradi.

Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
27 dekabr 2024, 12:20

Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etilishi belgilandi. Akademiya faoliyati 2025-yilning 1-oktabridan yo‘lga qo‘yilib, unda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o‘quv-simulyatsion markaz va mehmonxona bo‘ladi.

Hindiston sobiq bosh vaziri Manmohan Singh vafot etdi
27 dekabr 2024, 11:47

Hindiston sobiq bosh vaziri Manmohan Singh vafot etdi

Hindiston sobiq bosh vaziri Manmohan Singh 92 yoshida vafot etdi. U mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar me’mori va “iqtisodiy liberallashtirish qahramoni” hisoblanadi. Singh 2004-yildan 2014-yilgacha bosh vazir sifatida ishlagan.

Yanvarda ob-havo qanday bo‘ladi?
27 dekabr 2024, 11:20

Yanvarda ob-havo qanday bo‘ladi?

Yanvar oyining birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha anomal sovuq kutilmayapti, deya xabar bermoqda O‘zgidromet. Harorat kechalari −8…+8, kunduz kunlari −2…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Keyinchalik qisqa davrda havo kechasi −20 darajagacha pasayishi ehtimoli ham bor. Ayrim kunlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda.

100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi
27 dekabr 2024, 11:03

100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

Yuz nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar o‘z hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga vaqtincha evakuatsiya qilindi. Bemor falastinliklar reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.

Toshkentda havo sifati yana xavfli darajaga ko‘tarildi
27 dekabr 2024, 09:47 1

Toshkentda havo sifati yana xavfli darajaga ko‘tarildi

Juma kuni ertalabdan Toshkent yana IQAir xalqaro havo sifati monitoringi antireytingida yetakchilar qatoridan joy oldi. Toshkent va O‘zgidromet portallari ham PM2,5 ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshib ketganini ko‘rsatmoqda. Bu borada hozircha hech qanday rasmiy bayonot yoki izoh berilmadi.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi
27 dekabr 2024, 09:37

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi

Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Ergashev 58 yoshida vafot etdi. U Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari kabi lavozimlarda ham ishlagan.

Toshkentda bir kechada uchta YTH sodir bo‘ldi
27 dekabr 2024, 09:33

Toshkentda bir kechada uchta YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Uchtepa, Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 27-dekabrga o‘tar kechasi uchta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki haydovchi va bir yo‘lovchi jarohat olgan.

Uzbekistan Airways 6 millioninchi yo‘lovchini tashidi (foto, video)
26 dekabr 2024, 22:57

Uzbekistan Airways 6 millioninchi yo‘lovchini tashidi (foto, video)

Uzbekistan Airways ilk bor bir yilda 6 million yo‘lovchi tashidi. Yubiley yo‘lovchi Toshkentdan Olmaotaga uchayotgan Qozog‘iston fuqarosi Nikolay Kurilo bo‘ldi. O‘tgan yili kompaniya 5 million yo‘lovchi tashigandi.

Bir yilda 8 mingdan ortiq holatda energoresurslardan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
26 dekabr 2024, 22:34

Bir yilda 8 mingdan ortiq holatda energoresurslardan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

2024-yil davomida 8289 ta holatda elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi, ularda 1 trln 409 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Qoidabuzarlik qilgan 51 ta gaz zapravkaning litsenziyasi bekor bo‘ldi, 1,5 mingdan ortiq iste’molchiga bayonnoma tuzildi.

O‘zbekistonning olti futbol klubiga transfer taqiqi qo‘yildi
26 dekabr 2024, 20:51

O‘zbekistonning olti futbol klubiga transfer taqiqi qo‘yildi

Oltita futbol klubi — “So‘g‘diyona”, “Navbahor”, “Neftchi”, “Dinamo”, “Buxoro” va “Orol"ga futbolchilar va murabbiylar oldidagi qarzdorliklari, shuningdek, hududiy futbol akademiyalari bilan hamkorlik shartlariga rioya qilmagani sababli ikkita transfer oynasi uchun transfer taqiqi qo‘yildi.

Toshkent — Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
26 dekabr 2024, 20:34

Toshkent — Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yangi yil munosabati bilan 28-dekabrdan 5-yanvargacha Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yutong transportlari soat 9:00 va 16:00 da “Mashinasozlar” bekatidan jo‘naydi. Yo‘lkira narxi — 20 ming so‘m.

O‘zbekiston 2025-yilda Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda
26 dekabr 2024, 20:15

O‘zbekiston 2025-yilda Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev YOII yig‘ilishida O‘zbekiston va ittifoq davlatlari savdosida tarif va notarif cheklovlarni qo‘llamaslik, Ishbilarmonlik kengashi yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazish, turizm, IT va AI sohalarida hamkorlikni taklif qildi. Mamlakat 2025-yilda YOTBga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda, dedi prezident.

Prezident 2025-yilgi davlat budjetini tasdiqladi. Asosiylar
26 dekabr 2024, 19:43

Prezident 2025-yilgi davlat budjetini tasdiqladi. Asosiylar

Prezident 2025-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. YIM 6% o‘sishi, inflyatsiya 7−8% gacha pasayishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi YIMga nisbatan 4% dan 3% gacha (49,3 trln so‘m) tushirildi, tashqi qarz limiti 5,5 mlrd dollargacha oshirildi.

O‘zbek-qozoq chegarasida neft mahsulotlari kontrabandasiga mo‘ljallangan tunnel aniqlandi
26 dekabr 2024, 18:47

O‘zbek-qozoq chegarasida neft mahsulotlari kontrabandasiga mo‘ljallangan tunnel aniqlandi

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida uzunligi 450 m bo‘lgan tunnel topildi, undan kuniga 5−7 tonna yonilg‘i-moylash materiallari kontrabanda yo‘li bilan o‘tgan. Jinoiy guruhning barcha ishtirokchilari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham qo‘lga olindi.

Azerbaijan Airlines samolyoti qulashiga Rossiya raketasi sabab bo‘lgani tasdiqlandi — Euronews
26 dekabr 2024, 18:36

Azerbaijan Airlines samolyoti qulashiga Rossiya raketasi sabab bo‘lgani tasdiqlandi — Euronews

Ozarbayjon hukumatidagi manbalar Azerbaijan Airlines samolyoti qulashiga Rossiya raketasi sabab bo‘lganini tasdiqladi, deb yozmoqda Euronews. Bu vaqtda Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina dronlarini urib tushirmoqchi bo‘lgan. Raketa esa samolyot yonida portlab, uning qoplamasiga zarar yetkazgan.

Turkiya Markaziy banki salkam 2 yil ichida ilk marta asosiy stavkani pasaytirdi
26 dekabr 2024, 16:28

Turkiya Markaziy banki salkam 2 yil ichida ilk marta asosiy stavkani pasaytirdi

Turkiya Markaziy banki deyarli ikki yil ichida birinchi marta asosiy stavkani 50% dan 47,50% gacha pasaytirdi. Regulyator mart oyidan buyon asosiy stavkani 50 foiz darajasida saqlab kelayotgandi.

O‘zbekistonliklar yangi yilni yana qorsiz kutib oladi
26 dekabr 2024, 15:44

O‘zbekistonliklar yangi yilni yana qorsiz kutib oladi

O‘zbekistonliklar bu yil ham yangi yilni qorsiz kutib oladi. 31-dekabr va 1-yanvar kunlari harorat kechalari 0…+5, kunduz kunlari +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi, ba’zi joylarda 12 darajagacha isiydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting