Minskdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti portlash xavfi sababli Moskvaning Domodedovo aeroportiga qo‘ndi. Havo kemasiga bomba qo‘yilganligi haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi, deyiladi aviakompaniya xabarida.
Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatlari O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish darajasini 3,6% gacha sekinlashtiradi, inqirozgacha bu ko‘rsatkich 6% ga baholangan edi. Ayni paytda xomashyo eksportidan olinadigan daromadlar va xususiylashtirishdan tushumlarning nisbatan yuqoriroq bo‘lishi pul o‘tkazmalariga qaram bo‘lgan uy xo‘jaliklarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadlaridagi yuqori ijtimoiy soha xarajatlarini qoplaydi, pul o‘tkazmalari qisqarishi va mehnat migrantlarining uylariga qaytishi ortidan mamlakatda kambag‘allik darajasi keskin o‘sishining oldini oladi.
Toshkent shahrida 6900 dollar qalbaki kupyuralarni sotishga uringanlikda gumonlangan uch kishi qo‘lga olindi. Toshkent viloyatida esa ikki fuqaro 11 ming dollarni noqonuniy tarzda 125,4 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganida ushlandi.
Prezident qaroriga muvofiq, har yili an’anaviy tarzda 30 iyun — Yoshlar kuni va “Yoshlar forumi” doirasida sportning 9 ta turi bo‘yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Bu orqali yil oxirigacha 6 mln nafar yoshlarni sport bilan qamrab olish reja qilingan. Bundan tashqari, 2023 yil 1 martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari, qolaversa, maktab va OTMlar doirasida ham musobaqalar tashkillashtiriladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi pasayishda davom etib, 11 329,38 so‘mga teng bo‘ldi. Rubl kursi pasaydi, yevro kursida esa o‘sish kuzatildi.
Qoraqalpog‘istonda o‘z farzandlariga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bola ombudsmani Aliya Yunusova esa «bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishni» so‘rab chiqdi. «Biz jamiyat sifatida bu haqiqatni qabul qilmasligimiz kerak. Bolalarni shafqatsiz muomala va zo‘ravonlikdan asrash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim», — dedi u. Vakil holatni o‘z nazoratiga oldi.
Tinkoff Global kompaniyasi O‘zbekistonda CloudPayments savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi. Onlayn to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi tizim allaqachon kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazgan va mahalliy korxonalar bilan muzokaralarni boshlagan.
«O‘zbekipaksanoat», «O‘zcharmsanoat» va boshqa uyushmalar tomonidan qo‘llanilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari mazkur tarmoqlarning barcha subyektlariga ham tatbiq etiladi. Mazkur imtiyozlar 2017−2019 yillarda berilgan bo‘lib, ularning muddati 2023 yil 1 yanvarda tugaydi. «Gazeta.uz» ushbu imtiyozlar va sohalar ro‘yxatini e’lon qiladi.
Qozog‘iston ichki bozorda taqchillik yuzaga kelmasligi uchun 15 apreldan 15 iyungacha bug‘doy va un eksportiga cheklovlar joriy etmoqda.
Britaniya menedjment universiteti bitiruvchilari ikkita diplom, IT va biznes tahlili bo‘yicha qo‘shimcha mutaxassislik hamda ACCA, CFA, PMI va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Mudofaa vazirligi havo desant xizmati harbiylarining parashyutda sakrash bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlari videosini e’lon qildi.
Ayni paytda bir qator bank ilovalarida Humo kartalari bilan ishlashda uzilishlar kuzatilmoqda. To‘lov tizimi ushbu muammolar yaqin kelajakda hal qilinishi hamda uzilishlar mobil ilovalarning hammasiga ham ta’sir ko‘rsatmaganini ma’lum qildi.
«Prezidentimiz birinchi raqamli», «Mirziyoyevga ehtirom», «Orzularingiz ushalsin, Shavkat Miromonovich» — bu kabi izohlar prezident bilan bog‘liq xabarlar ostida tez-tez uchrab turadi. Bu kim tomonidan nima uchun qilinayotgani va bu borada nima qilish kerakligini bilmaymiz. Ammo bunday sharhlarni o‘qish har doim qiziqarli.
Turkmaniston hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga haftaning ikkinchi yarmidan harorat +30…+35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Birinchi chorakda respublika dehqon bozorlari 2014 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht va 3583 kg ichki organlar topilib, yo‘q qilindi. Toshkent veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi poytaxtga aylanma yo‘llar bilan kirib kelayotgan iste’molga yaroqsiz go‘shtlar asosan umumiy ovqatlanish shoxobchalariga tarqatilishini ma’lum qildi. Eshak go‘shti masalasiga ham izoh berildi.
8 aprel kuni O‘zbekistondan Ukrainaga 34 tonnadan ortiq gumanitar yordam yetib kelgan. Zakarpatska viloyati rahbari Viktor Mikita ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirgan. Ukrainaga gumanitar yordam yuborilganligi haqida hozircha O‘zbekistonning rasmiy idoralari tomonidan xabar berilmadi.
Fransiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining birinchi turida amaldagi davlat rahbari Emmanuel Makron 27,4 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni esa 23,41 foiz ovoz to‘plagan o‘ta o‘ngchi «Milliy birlik» partiyasidan nomzod Marin Le Pen egalladi.
Sirdaryoda viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Dilmurod Abduraxmanov tayinlandi. U bunga qadar Sayxunobod tumanidagi to‘qimachilik klasteriga rahbarlik qilgan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kutilmaganda Ukrainaga tashrif buyurdi. U prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi, Kiyevni aylanib chiqdi va 120 ta zirhli texnika, kemaga qarshi raketa tizimlari va Jahon banki krediti kafolati sifatida 500 mln dollar berishga va’da berdi.
Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va ta’lim krediti uchun ajratiladigan resurs mablag‘lari bo‘yicha amaldagi foiz stavkalari 2022 yil yakuniga qadar saqlanib qoladi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting