O‘zbekiston prezidenti Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilayotganiga to‘xtaldi. U kanalning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzish va Afg‘oniston vakillarini suv resurslarini taqsimlash bo‘yicha mintaqaviy muloqotga jalb etishni taklif qildi.
Toshkent shahrida chorrahadan svetoforning yashil chirog‘ida o‘tayotgan Yutong elektrobusi Nexia bilan to‘qnashdi. Voqeada jarohatlanganlar yo‘q.
O‘zbekiston bo‘yicha eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi, dedi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov aholiga qilgan murojaatida. Shuningdek, u aholi uchun xavfsiz yashash va mehnat sharoitlarini yaratish borasida ichki ishlar organlari tomonidan qator vazifalar belgilab olinganini ma’lum qildi.
Dunyo bo‘ylab telekanalining “Svoimi glazami” dasturi muxbiri Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi. Unda antibiotik dori qabul qilinganidan keyin allergik reaksiya kuzatilgan va jurnalist anafilaktik shokni boshdan kechirgan.
Tojikistonning Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti bo‘ldi. Unda iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligiga erishish muhokama etilib, bu masalada xalqaro moliya institutlari investitsiyalarini jalb qilish taklifi bildirildi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari kuz uchun xos bo‘lgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib, harorat +13…+18 daraja, kunduzi esa +25…+30 daraja bo‘ladi.
Yagona umumrespublika protsessing markazining (Uzcard) uch nafar ta’sischisiga tegishli 75% aksiyasi IMC-Capital kompaniyasiga o‘tdi.
O‘zbekistonda Germaniya haftaliklari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Germaniyada o‘qishga oid ko‘rgazmalar, ochiq eshiklar kuni va taqdimotlar rejalashtirilgan.
Angren shahridagi 10-sonli bog‘chadan 24 nafar bola ovqatdan zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizildi, yana 7 nafariga tibbiy yordam berilib, uyiga jo‘natildi. Avvalroq 14 nafar bola shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi. Bog‘cha vaqtincha yopildi. Shifokorlar 240 nafar bolani ko‘rikdan o‘tkazdi.
2022-yil oxiridan beri Qoraqalpog‘iston transport vaziri sifatida ishlab kelayotgan Mamanbiy Omarov O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
2023-yil 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi tufayli o‘zbekistonliklar 2-oktabr, dushanba kuni ham dam oladi. Bu yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekistondagi kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum va akademik litseylarning C1 sertifikatiga ega o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi.
Ko‘pchilikka sevimli bo‘lgan Ermak brendi yangi mahsulot segmenti — mevalarning barcha foydali xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan tabiiy sharbatlarni taqdim etdi.
WhatsApp messenjerda kanallar funksiyasi ishga tushirilganini e’lon qildi — ular Telegram kanallari tamoyili asosida ishlab chiqilgan. Funksiya hozirda 150 ta davlatda mavjud, biroq kompaniya yaqin oylarda barcha foydalanuvchilar kanal yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishini va’da qilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularga tez-tez tirbandlik va avariyalar kuzatiladigan yo‘llarda “svetoforsiz estakadalar” qurishni o‘z ichiga olgan uch yillik dasturni kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning muzokaralari, Jizzax va Qashqadaryoda aniqlangan salkam 15,5 kg narkotik modda, Toshkentda 39 kishiga sotilgan 9 ta xonadon mojarosi, uy-joy bozoridagi sotuvlar sharhi, qayta tiklanishi kutilayotgan Chevrolet Captiva sotuvi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Toshkent viloyatining Angren shahrida uchta bolalar bog‘chasining 18 nafar tarbiyalanuvchisi ich buzilishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vaziyatni nazoratga oldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston bosh vazirining amaldorlarga yo dinni, yoki davlat ishini tanlash talabini qo‘ygani haqidagi xabarlar tarqaldi. Hukumat rahbari matbuot xizmati ushbu xabarlarni rad etib, tarmoq foydalanuvchilaridan bunday xabarlarga ishonmaslikni so‘radi.
O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitida imkon qadar tezroq mintaqada to‘laqonli erkin savdo zonasini tashkil etish, transport va tranzit bo‘yicha kelishuvni ishlab chiqish, energetika infratuzilmasini birgalikda barpo etish va xavfsizlik bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazishni taklif qildi.
Yevroparlament Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Ukrainadagi jinoyatlari, xususan, ukrainalik bolalarni deportatsiya qilishda Rossiyaning sherigi deb tan oldi va Gaagadagi sudni uni hibsga olishga order berishga chaqirdi. Shunga o‘xshash hujjat avval Rossiya prezidentining hibsga olinishi uchun chiqarilgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting