Ba’zi rivojlangan davlatlardagi kabi qizlarimiz oila qurmaslikni istashini xohlamagan bo‘lardik — Tanzila Narbayeva
15 mart 2024, 16:07

Ba’zi rivojlangan davlatlardagi kabi qizlarimiz oila qurmaslikni istashini xohlamagan bo‘lardik — Tanzila Narbayeva

Tanzila Narbayeva ma’lum qilishicha, hozir o‘g‘il bolalar uchun o‘rtacha turmush qurish yoshi 26−27 yosh, qizlar uchun 23−24 yosh. “Lekin biz ayrim rivojlangan mamlakatlardagi kabi qizlar turmush qurmaslik, oila qilmaslikni istashini xohlamagan bo‘lardik”, — dedi Senat raisi bergan intervyuda.

Rossiyada prezidentlik saylovlari boshlandi
15 mart 2024, 14:48

Rossiyada prezidentlik saylovlari boshlandi

Rossiyada prezidentlik saylovi uchun ovoz berish boshlandi, u 15−17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakatni 2000-yildan buyon boshqarib kelayotgan amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin beshinchi marta prezidentlikka nomzodlik qilmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlarida oiladagi zo‘ravonlik mavzusi tabu edi — Tanzila Narbayeva
15 mart 2024, 13:32

Markaziy Osiyo davlatlarida oiladagi zo‘ravonlik mavzusi tabu edi — Tanzila Narbayeva

O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb hisoblagan Markaziy Osiyodagi ilk davlat bo‘ldi. Mintaqada bu mavzu tabu bo‘lgan. Ma’lum lavozimlarda o‘tirgan ba’zi erkak rahbarlar bu normalarni qabul qilishni xohlamagan. Bu haqda Tanzila Narbayeva BMT axborot xizmatiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Qo‘yliq” ulgurji bozori aksionerlari dastlab bozor faoliyati tugatilishiga qarshi bo‘lgan
15 mart 2024, 13:11

“Qo‘yliq” ulgurji bozori aksionerlari dastlab bozor faoliyati tugatilishiga qarshi bo‘lgan

Hujjatlarga ko‘ra, Toshkentdagi “Qo‘yliq” qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori aksiyadorlari dastlab bozor faoliyati tugatilishiga qarshi bo‘lgan va hatto 53,9 mlrd so‘mlik aksiyalar chiqarish bo‘yicha qaror ham qabul qilgan.

Bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi — MHTI
15 mart 2024, 12:19

Bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi — MHTI

Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilib, bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi, deya xabar berdi MHTI. Institut ekspertlari 1−4 sinf o‘quvchilarini bepul issiq ovqat bilan ta’minlash uchun barcha maktabda oshxona tashkil etish kerakligini ta’kidlagan.

Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahriga hokim bo‘ldi
15 mart 2024, 12:06

Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahriga hokim bo‘ldi

Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlagan. Shaharning sobiq hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi sabab ozod etilgandi.

Toshkentda 15 yoshli yigit mashina o‘g‘irlagani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi
15 mart 2024, 12:03

Toshkentda 15 yoshli yigit mashina o‘g‘irlagani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Poytaxtning Uchtepa tumanida 15 yoshli maktab o‘quvchisi kelishmovchilik sabab uydan chiqib ketib, boshqa bir fuqaroning mashinasini minib qochib ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘smir bundan avval ham 2 marta mashina olib qochgan. Sud uning bu harakatlari uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi
15 mart 2024, 11:49

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati ko‘tarila boshlaydi. Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi. Harorat +8…+20 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimga muvofiqlashtiriladi
15 mart 2024, 11:36

Eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimga muvofiqlashtiriladi

O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat berayotgan subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim (GATT) hamda Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitimga (ASCM) muvofiqlashtiriladi. Hududlarda Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi.

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi va uni boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi
15 mart 2024, 10:43

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi va uni boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi

Prezident qarori bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashkil etildi. Undagi va “O‘zbekekspertiza”dagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi.

Foto: Tutun bilan qoplangan Toshkent
15 mart 2024, 10:40

Foto: Tutun bilan qoplangan Toshkent

Ertalab Toshkent aholisi shaharning ayrim hududlarida quyuq tutunning guvohi bo‘ldi. IQAir reytingida O‘zbekiston poytaxti yana havo ifloslanishi bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi. 1-martdan aholini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish tizimi ishga tushishi kerak edi, biroq u hozircha e’lon qilinmadi.

Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi
15 mart 2024, 09:25

Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi

Bekzot Mavlonov prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi. U bunga qadar Prezident administratsiyasida departament rahbari, prezidentning davlat maslahatchisi o‘rinbosari va bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Hindistondagi mehmonxonada o‘zbekistonlik ayol o‘lik holda topildi
15 mart 2024, 09:21

Hindistondagi mehmonxonada o‘zbekistonlik ayol o‘lik holda topildi

Chorshanba kuni Hindistonning Bengaluru shahridagi mehmonxonada 27 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Elchixona hozirda shahar politsiya vakillari bilan vaziyatni nazoratga oldi. Marhumning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda 3 kishi jarohatlandi
14 mart 2024, 23:29

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda 3 kishi jarohatlandi

Toshkent shahri Olmazor tumanida Lacetti, King Long va 3 ta Cobalt avtomobili to‘qnashdi. 3 nafar haydovchi shifoxonaga yotqizildi. Tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlandi.

Daniya ilk bor ayollarni harbiy xizmatga chaqirishga qaror qildi
14 mart 2024, 23:07

Daniya ilk bor ayollarni harbiy xizmatga chaqirishga qaror qildi

Daniya hukumati majburiy harbiy xizmat muddatini uzaytirish va ayollar uchun muddatli harbiy xizmatni joriy etish niyatida. Hukumat shu yo‘l bilan “jinslar o‘rtasida to‘liq tenglikka” erishmoqchi.

Dunyoda elektromobillar atrofidagi ajiotaj so‘nib bormoqda — CNBC
14 mart 2024, 22:52

Dunyoda elektromobillar atrofidagi ajiotaj so‘nib bormoqda — CNBC

Butun dunyo bo‘ylab elektromobillar atrofidagi ajiotaj asta-sekin susaymoqda — eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z ishlab chiqarish rejalarini qisqartirmoqda yoki keyinga qoldirmoqda, deb yozdi CNBC. Ko‘pgina kompaniyalar gibrid modellarni ishlab chiqarishga intilmoqda.

Foto: Prezident Sayxunoboddagi namunaviy tomorqa xo‘jaligida bo‘ldi
14 mart 2024, 21:51

Foto: Prezident Sayxunoboddagi namunaviy tomorqa xo‘jaligida bo‘ldi

Prezident Sayxunobod tumanidagi “Ittifoq” mahallasida bo‘lib, tomorqa egalari bilan suhbatlashdi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev hududni tomorqa va uy xo‘jaliklari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish namunasiga aylantirish loyihasi haqida aytgan edi.

Qirg‘iziston parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
14 mart 2024, 21:19

Qirg‘iziston parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi

Qirg‘iziston parlamenti Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o‘xshash “xorijiy vakillar to‘g‘risida"gi rezonansli qonun loyihasini muhokamasiz ma’qulladi. Loyiha xalqaro tashkilotlar, huquq himoyachilari va jurnalistlar tomonidan tanqid qilindi.

Toshkent aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati nazoratchisi pora berishga sheriklikda aybdor deb topildi
14 mart 2024, 20:40

Toshkent aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati nazoratchisi pora berishga sheriklikda aybdor deb topildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi Toshkent xalqaro aeroportidagi Aviatsiya xavfsizlik xizmatining sobiq nazoratchisini 2 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U 2000 dollar evaziga fuqaroni ushbu xizmatga ishga joylashtirishga va’da bergan.

O‘zbekistonda fevral oyida avtomobillar savdosi 20,4 foizga qisqardi
14 mart 2024, 20:21

O‘zbekistonda fevral oyida avtomobillar savdosi 20,4 foizga qisqardi

Fevral yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha turdagi avtomobillar savdosi oy davomida 20,4 foizga, yillik hisobda esa 6,3 foizga qisqardi. Yengil avtomobillarga bo‘lgan talab 14 foizga kamaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting