YTTB Xorazmda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i qurilishini moliyalashtiradi
25 dekabr 2024, 17:48

YTTB Xorazmda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i qurilishini moliyalashtiradi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 66,4 mln dollarlik krediti O‘zbekistonning Xorazm viloyatida 230 km uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ini qurishga yo‘naltiriladi.

Asaxiy Books yilning ommabop asarlari ro‘yxatini e’lon qildi
25 dekabr 2024, 17:00

Asaxiy Books yilning ommabop asarlari ro‘yxatini e’lon qildi

“Yil bestsellerlari 2024” reytingidan asaxiy.uz orqali O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan 20 ta kitob o‘rin oldi.

Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
25 dekabr 2024, 16:52

Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi

Eron WhatsApp messenjeri va Google Play ilovalar do‘koniga kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqda. Yozda mamlakatning yangi prezidenti Pezeshkiyon internet-senzurani yumshatishga va’da bergandi. Eronda ko‘plab ilovalar bir necha yillardan beri taqiqda qolmoqda.

O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam va “salomatlik poyezdi” jo‘natdi
25 dekabr 2024, 16:52

O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam va “salomatlik poyezdi” jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga oziq-ovqat va dori-darmonlar bilan birga “salomatlik poyezdi” jo‘natdi. O‘zbekistonlik shifokorlar 25−30-dekabr kunlari Balx viloyatida aholini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.

Deputatlar chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklovchi qonunni qabul qildi. O‘zgartirishlar qanday muhokama qilindi?
25 dekabr 2024, 16:13

Deputatlar chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklovchi qonunni qabul qildi. O‘zgartirishlar qanday muhokama qilindi?

Qonunchilik palatasi chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklovchi qonunni qabul qildi. Deputatlar o‘zgartirishlarni faol muhokama qildi va yakunda cheklovlar joriy etilgunga qadar qarzni to‘lash uchun 5 kun vaqt berishga qaror qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi munosabati bilan hamdardlik bildirdi
25 dekabr 2024, 15:44

Shavkat Mirziyoyev Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istonda qulashi oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya rahbarlariga hamdardlik bildirdi.

Pokistonning Afg‘onistondagi bombardimonidan 46 kishi halok bo‘ldi
25 dekabr 2024, 15:39

Pokistonning Afg‘onistondagi bombardimonidan 46 kishi halok bo‘ldi

Pokiston Afg‘onistonning Paktika viloyatiga bombardimon uyushtirdi, kamida 46 kishi halok bo‘ldi. “Tolibon” bu harakatlar uchun qasos olishni va’da qildi. Pokiston tomoni havo hujumlari chegara bo‘ylab “terrorchilar yashiringan joylarni” nishonga olganini bildirdi.

Diyora Keldiyorova ayollar o‘rtasida yil dzyudochisi nomiga da’vogarlik qilmoqda
25 dekabr 2024, 15:27

Diyora Keldiyorova ayollar o‘rtasida yil dzyudochisi nomiga da’vogarlik qilmoqda

Xalqaro Judo Awards 2024 tanlovida O‘zbekiston vakillari 5 yo‘nalishda g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda. Xususan, Diyora Keldiyorova yil dzyudochisi, uning ustozi Marko Shpitka eng yaxshi murabbiy yutug‘ini qo‘lga kiritishi mumkin. Judogirls.uz loyihasi va Muhammad Jumayevning ipponi ham nominatsiyalarga qo‘yilgan.

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri yuritiladi
25 dekabr 2024, 15:09

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri yuritiladi

Hukumat qarori bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi. Boshqaruv organi Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

UZTELECOM bayram kunlarini maxsus taklif bilan nishonlashni e’lon qilmoqda
25 dekabr 2024, 15:00

UZTELECOM bayram kunlarini maxsus taklif bilan nishonlashni e’lon qilmoqda

UZTELECOM qishki bayramlar uchun 2024-yilning 20-dekabridan 2025-yilning 5-yanvarigacha 25 GB 25 ming so‘mlik maxsus taklifni e’lon qilmoqda.

Xitoy kompaniyasi “Askiya” bozori majmuasi uchun kimoshdi savdosida bitta stavkadan so‘ng g‘olib chiqdi
25 dekabr 2024, 13:22

Xitoy kompaniyasi “Askiya” bozori majmuasi uchun kimoshdi savdosida bitta stavkadan so‘ng g‘olib chiqdi

Xitoyning Sheng Ke-International kompaniyasi Toshkent shahridagi 1,83 gektar maydondagi mulk va “Askiya” bozori hududi bo‘yicha savdolar g‘olibi bo‘ldi. Ikki qatnashchi ishtirokidagi auksion 15 daqiqa davom etdi va 225,59 mlrd so‘mlik bitta stavkadan so‘ng yakunlandi.

Qozog‘istonda Azerbaijan Airlines samolyoti quladi. Nimalar ma’lum?
25 dekabr 2024, 12:45

Qozog‘istonda Azerbaijan Airlines samolyoti quladi. Nimalar ma’lum?

Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boku-Grozniy reysi samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida 67 kishi, jumladan, ekipaj a’zolari bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi tirik qolgan, ulardan 22 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

“Nima uchun davlat o‘z fuqarolarini yo‘llarda himoya qila olmaydi?” “Kontekst” podkasti (video)
25 dekabr 2024, 12:15

“Nima uchun davlat o‘z fuqarolarini yo‘llarda himoya qila olmaydi?” “Kontekst” podkasti (video)

2023-yilda O‘zbekistondagi YTHlarda Shvetsiyadagiga nisbatan 10 (!) barobar ko‘p odam vafot etdi, avtomobillar soni esa deyarli teng. Nega tinch sharoitda har safar ko‘chaga chiqish qo‘rquv va stressga sabab bo‘lyapti? Nega mutasaddilar buni ko‘rmayapti? “Gazeta.uz”ning “Kontekst” podkastida shu savollar ko‘tarildi.

Quruvchilar qurilayotgan obyekt manzili bo‘yicha ro‘yxatga olinishi belgilandi
25 dekabr 2024, 11:34 1

Quruvchilar qurilayotgan obyekt manzili bo‘yicha ro‘yxatga olinishi belgilandi

Hukumat qarori bilan quruvchilarni qurilayotgan obyekt manzili bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi tasdiqlandi. Bu qaror ijrosini nazorat qilish ichki ishlar vaziri zimmasiga yuklandi.

Asl Belgisi milliy raqamli markirovkalash tizimi 2024-yil yakunlarini sarhisob qildi
25 dekabr 2024, 11:00

Asl Belgisi milliy raqamli markirovkalash tizimi 2024-yil yakunlarini sarhisob qildi

CRPT Turon kompaniyasining Asl Belgisi raqamli markirovkalash tizimi orqali har bir mahsulotning haqiqiyligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Deputatlar ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy jazo to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
25 dekabr 2024, 10:26

Deputatlar ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy jazo to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

O‘zbekiston Qonunchilik palatasi ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik va ularni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik kiritilishini nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi (foto)
25 dekabr 2024, 00:46

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi (foto)

Rossiyaga amaliy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyevni aeroportda Sankt-Peterburg gubernatori va boshqa rasmiylar kutib oldi. Asosiy tadbirlar 25−26-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Foto.

Sudan keng ko‘lamli ocharchilik arafasida — BMT
25 dekabr 2024, 00:30

Sudan keng ko‘lamli ocharchilik arafasida — BMT

BMT urush davom etayotgan Sudanda ocharchilik avj olayotgani, shuningdek, aholi zo‘ravonlik, vayronagarchilik, kasalliklar, aloqa yo‘qligi, ommaviy ko‘chishlarlardan jabr ko‘rayotganini bildirdi. 2025-yil mayigacha 24,6 mln kishi, ya’ni barcha sudanliklarning yarmiga yaqini shoshilinch oziq-ovqat yordamiga muhtoj bo‘ladi.

Surxondaryoda 750 ming quti kontrabanda sigaret yo‘q qilindi (foto)
24 dekabr 2024, 23:32

Surxondaryoda 750 ming quti kontrabanda sigaret yo‘q qilindi (foto)

Termizda Bojxona qo‘mitasi tomonidan kontrabanda sigaretlarining rekord partiyasi — 10,2 mlrd so‘mlik salkam 750 ming quti yo‘q qilindi. Foto.

O‘zbekiston harbiy mashg‘ulotlarida yil davomida asosiy e’tibor uchuvchisiz uchish apparatlariga qaratildi
24 dekabr 2024, 23:24

O‘zbekiston harbiy mashg‘ulotlarida yil davomida asosiy e’tibor uchuvchisiz uchish apparatlariga qaratildi

O‘zbekiston yil davomida AQSh, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Asosiy mavzu uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bo‘ldi. Qolaversa, Mudofaa vazirligi milliy armiyaning shayligini oshirish uchun qurolli to‘qnashuvlar tahlili olib borilayotganini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting