Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechmoqda — SES
16 yanvar 2023, 09:57

Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechmoqda — SES

Anomal sovuq kunlarda o‘tkir respirator kasalliklar ko‘payishi mumkin. Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechayotganini hisobga olib, SES fuqarolarni shamollash belgilari kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik, gumon bo‘lganda, koronavirusga test topshirishga chaqirdi.

Namanganda 3 ta fura to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
16 yanvar 2023, 09:28

Namanganda 3 ta fura to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Pop tumanida 3 ta MAN yuk avtomobili to‘qnashib, yong‘in yuz berdi. Yong‘inni salkam bir soat davomida 4 ta qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.

Uyida «svet» o‘chgan toshkentliklar qahraton qishni qanday o‘tkazmoqda?
16 yanvar 2023, 00:01

Uyida «svet» o‘chgan toshkentliklar qahraton qishni qanday o‘tkazmoqda?

Anomal sovuq tufayli Toshkentning Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek va boshqa tumanlaridagi aholi bir necha kundan beri chiroqsiz qolmoqda, gaz bosimi esa past, batareyalar uyni isitadigan darajada emas. «Gazeta.uz» qishga tayyorgarlik ko‘rmagan toshkentliklar energiya ta’minotisiz qanday kun ko‘rayotganiga qiziqdi.

O‘zbekiston prezidenti davlat tashrifi bilan Singapurda bo‘ladi
15 yanvar 2023, 19:08

O‘zbekiston prezidenti davlat tashrifi bilan Singapurda bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16−18 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Singapurda bo‘ladi. Mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazish, «ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami»ni imzolash rejalashtirilgan.

«Buxoro turizm markazi» uchun boshqa yer maydoni tanlanadi
15 yanvar 2023, 16:45

«Buxoro turizm markazi» uchun boshqa yer maydoni tanlanadi

Buxoro viloyati hokimligi ko‘hna shahar markazida qurilishi rejalashtirilgan «Turizm markazi» uchun «boshqa maqbul yer maydonlari tanlanishi»ni ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, markaz qurilishini to‘xtatish haqida prezident Shavkat Mirziyoyev topshiriq bergan.

Toshkentda savdo markazlari va istirohat bog‘lari faoliyati cheklandi
15 yanvar 2023, 14:11

Toshkentda savdo markazlari va istirohat bog‘lari faoliyati cheklandi

Toshkentda elektr energiyasini tejash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo-ko‘ngilochar markazlari hamda istirohat bog‘larining ish vaqti cheklandi. Oziq-ovqat do‘konlari va umumiy ovqattlanish shoxobchalari faoliyati bundan mustasno.

Qator hududlarda ta’til muddati yana uzaytirildi
15 yanvar 2023, 14:01

Qator hududlarda ta’til muddati yana uzaytirildi

Bir qator hududlarda maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’tillar dastlab rejalashtirilganidek, 17 yanvarga qadar uzaytirildi. Xabar yangilanmoqda.

«Ko‘chani kengaytirishni qandaydir zamonaviy narsa deb ko‘rsatish bo‘yicha navbatdagi urinish» — Arkadiy Gershman
15 yanvar 2023, 13:31

«Ko‘chani kengaytirishni qandaydir zamonaviy narsa deb ko‘rsatish bo‘yicha navbatdagi urinish» — Arkadiy Gershman

Tanqidlar, prezidentga murojaat, mutaxassislarning maslahatlari va jamoatchilik bilan muloqot qilish va’dalariga qaramay, Toshkent shahar hokimligi ko‘chalarni o‘zi bilganicha kengaytirishda davom etmoqda. Urbanist Arkadiy Gershman Keles yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasini tanqid qildi.

Buxoro markazida sayyohlik markazini qurish uchun o‘nlab binolar buzilishi mumkin. Aholi norozi
15 yanvar 2023, 13:07

Buxoro markazida sayyohlik markazini qurish uchun o‘nlab binolar buzilishi mumkin. Aholi norozi

Buxoro markazida sayyohlik markazini qurish rejalashtirilmoqda. Buyurtmachi sifatida Enter Engineering kompaniyasi tanlandi. 32,6 ga maydonda majmuani barpo etish uchun hokimlik, prokuratura binolari, stadion va boshqalar buzilishi mumkin. Aholi prezidentga murojaat bilan chiqdi.

Toshkentda isitishni yaxshilash maqsadida issiq suv bosimi pasaytirildi
15 yanvar 2023, 11:27

Toshkentda isitishni yaxshilash maqsadida issiq suv bosimi pasaytirildi

Toshkentda kvartiralar yaxshi isitilmayotgani sababli elektr tarmoqlariga yuklama kuchaygan. Har kuni o‘nlab transformator va simlarda portlash, yonib ketish holatlari qayd etilmoqda. Rasmiylar isitishni yaxshilash maqsadida issiq suv bosimini 3 kunga pasaytirishga qaror qildi.

O‘zbekiston aeroportlarida kutib oluvchilarning ichkariga kirishlariga ruxsat berildi
15 yanvar 2023, 10:40

O‘zbekiston aeroportlarida kutib oluvchilarning ichkariga kirishlariga ruxsat berildi

14 yanvardan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida kutib oluvchilarning uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha bo‘lgan joyda yo‘lovchilarni kutishlari mumkin.

Lolagul Kallixanova: «Boshqa sudlanuvchilar uchun ham qamoqda o‘tirib berishga roziman»
14 yanvar 2023, 20:57

Lolagul Kallixanova: «Boshqa sudlanuvchilar uchun ham qamoqda o‘tirib berishga roziman»

Nukus voqealari bo‘yicha gumondorlardan biri jurnalist Lolagul Kallixanova suddagi muzokaralar davomida «himoya qilmoqchi bo‘lgan Vatani, xalqi bilan sodir bo‘lgan voqealarda o‘zini aybdor deb bilishini ta’kidladi. U boshqa sudlanuvchilarning o‘rniga ham o‘zi qamoqqa o‘tirishga tayyorligini bildirdi.

Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini vaqtincha to‘xtatdi, yetkazib berish qayta tiklanishi kerak
14 yanvar 2023, 19:22

Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini vaqtincha to‘xtatdi, yetkazib berish qayta tiklanishi kerak

Turkmaniston sovuq ob-havo tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga ko‘ra 12 yanvardan boshlab O‘zbekistonga gaz eksportini to‘xtatdi. Yaqin vaqt ichida gaz yetkazib berish qayta tiklanishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» shuningdek, Rossiya bilan gaz bo‘yicha muzokaralar olib borilishini aniqladi.

Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazmdagi YTHlarda 3 kishi vafot etdi
14 yanvar 2023, 17:10

Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazmdagi YTHlarda 3 kishi vafot etdi

Respublikaning 3 ta viloyatida odamlar o‘limi bilan bog‘liq YTHlar sodir bo‘ldi. Ularda 3 kishi halok bo‘ldi.

Qurilish vaziri: «Turizm markazi qurilishi hozircha loyiha»
14 yanvar 2023, 15:34

Qurilish vaziri: «Turizm markazi qurilishi hozircha loyiha»

Qurilish vazirining aytishicha, Buxoroda turizm markazi qurilishi hali loyiha. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar loyihani amalga oshirishga qaror qilgan — binolarni xatlovdan o‘tkazilmoqda, YUNESKO bilan kelishuv ishlari olib borilmoqda, shuningdek, aholiga tovon puli to‘lash rejalashtirilgan.

Yunusoboddagi ayrim uylarda 1 sutkadan buyon elektr energiyasi va gaz yo‘qligi aytilmoqda
14 yanvar 2023, 12:52

Yunusoboddagi ayrim uylarda 1 sutkadan buyon elektr energiyasi va gaz yo‘qligi aytilmoqda

Yunusobod tumanining 11 dahasidagi 26, 27, 29, 30 uylar qariyb 18 soatdan beri «svet», gaz va issiqlik ta’minotidan uzilgan. Bu holat ko‘plab boshqa uylarda ham kuzatilmoqda. 1 sutkadan beri elektr energiyasisiz o‘tirgan yunusobodliklar tuman hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oldida yig‘ildi.

O‘zbekistonda xalqaro avtobus qatnovlari to‘xtatildi
14 yanvar 2023, 11:21

O‘zbekistonda xalqaro avtobus qatnovlari to‘xtatildi

O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari 2023 yil 13 yanvardan vaqtinchalik to‘xtatildi. Ushbu qaror noqulay ob-havo sharoiti va yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilishda ayblanmoqda
14 yanvar 2023, 10:38

Sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilishda ayblanmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ular budjetdan ajratilgan juda ko‘p miqdordagi pullarni rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda.

Nima tayyorlaymiz: Issiq ichimliklar
14 yanvar 2023, 10:30

Nima tayyorlaymiz: Issiq ichimliklar

Sitrus, zanjabil va oblepixali choy, alkogolsiz «glintveyn» ichimligi, shirchoy, issiq shokolad va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy issiq ichimliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekiston xalq shoiri, senator Enaxon Siddiqova vafot etdi
14 yanvar 2023, 09:26

O‘zbekiston xalq shoiri, senator Enaxon Siddiqova vafot etdi

13-yanvar kuni Oliy Majlis Senati a’zosi, shoira Enaxon Siddiqova 68 yoshida vafot etdi. U 2004-yili “Do‘stlik”, 2009-yili “El-yurt hurmati” ordenlari, 2016-yili esa “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlangandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting