Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Bektosh Sayipov Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ayrim diniy soha vakillari O‘zbekistonning din sohasidagi davlat siyosatini noto‘g‘ri tushunishi va baholashini, yangiliklarni o‘z manfaatlariga moslab talqin qilishini ta’kidladi. Oldinroq Toshkent shahar imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov adliya vaziri Ruslanbek Davletovning «do‘zaxga kirish-kirmaslik tanlovini odamlarning o‘ziga qo‘yib beringlar» degan so‘zlariga qarshi chiqqan edi.
O‘zbekistonda Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etiladi. Inspeksiya Davlat budjeti mablag‘larini sarflash samaradorligini oshirish, budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida ishlaydi.
G‘afur G‘ulom bog‘ini 49 yilga ijaraga olgan BMP Smart Decision Management kompaniyasi vakilining aytishicha, bog‘ni 2022 yil yozida ochish rejalashtirilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihaga 4 mln dollar sarmoya kiritilgan. Avvalroq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kompaniyani sarmoyaviy majburiyatlarni bajarmayotgani uchun tanqid qilgan edi.
«O‘zbekneftgaz» tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlarda «Buxoro neft bazasi»da 22 mlrd 58 mln so‘mlik xato-kamchiliklar aniqlandi. Holatlarning asosiy qismi bazaning sobiq bosh hisobchisi ishtirokida amalga oshirilgani aytilmoqda. Shuningdek, neft bazasida 5,5 mlrd so‘mlik manfaatlar to‘qnashuvi, qarindosh-urug‘chilik va 3,4 mlrd so‘mlik talon-taroj qilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isi sportining slalom yo‘nalishida Komiljon To‘xtayev 42-natijani qayd etdi. Biroq, dasturdagi texnik xato tufayli uning natijasi hakamlar tomonidan hisobga olinmadi. Shu bilan uning Olimpiadadagi ishtiroki yakunlandi.
DXX ISHID safida jangovor harakatlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan fuqaroni O‘zbekistonga olib keldi. Uning hali ham «jihod» qilish borasidagi qarashlaridan voz kechmagani aytilmoqda.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Kosmonavtlar maydonini «chiroyli qilish uchun» unga 10 kun vaqt berishlarini so‘radi. «O‘n kun sabr qiling. Agar noto‘g‘ri bo‘lsa, meni har qancha ayblashlaringga roziman», — degan shahar hokimi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ishlar olib borilishi jarayonida qonunchilik buzilganini tasdiqladi.
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Abdulla Qodiriy bog‘idagi 64 tup daraxt noqonuniy ko‘chirilganini ma’lum qildi. Taraxtlarni ko‘chirib o‘tqazgan tadbirkorga nisbatan 1,35 mln so‘m miqdorida jarima tayinlandi. O‘simlik dunyosiga 7,6 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
15 fevral kuni O‘zbekistonda 296 ta koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi. 2 nafar bemor vafot etdi, 52 kishida pnevmoniya aniqlandi.
DXX Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilganini ma’lum qildi. Jumladan, Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 32 gektar yer maydonini 35 ming dollar evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Buxoro viloyati sudining sudyasi Sh. Ne’matov sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi. Xorazm va Navoiy viloyatidagi sud raislari esa intizomiy javobgarlikka tortildi.
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida mast holda janjal ko‘targani uchun IIBga olib ketilgan 37 yoshli erkak oradan 4−5 soat o‘tib o‘lik holda uyiga qaytarilgani aytilmoqda. Tuman hokimligi uning RSHTTYOIM Qarshi filialida olamdan o‘tganini ma’lum qildi. Viloyat prokuraturasi surishtiruv olib bormoqda.
Toshkent markazidagi «Marvarid» uyi oldida joylashgan Kosmonavtlar bog‘ini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu yerda o‘yin maydonchalari, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilishi kutilmoqda. Pudratchi sifatida Mimar Group kompaniyasi tanlandi.
Rossiya Davlat Dumasining Donetsk va Lugansk respublikalarini tan olish qarorini ma’qullagani, Ilon Maskning 5,7 mlrd dollarlik Tesla aksiyalarini xayriya qilgani, Mashqlarni yakunlagan Rossiya harbiylarining Qrimni tark etayotgani, Texas bosh prokurori Ken Pakstanning Facebook’ni sudga bergani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Gazeta.uz» tahririyatining Shavkat Mirziyoyevga murojaati, Kosmonavtlar maydonidagi ruxsatsiz amalga oshirilayotgan rekonstruksiya, hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevning qiziga tegishli Ocard suv brendi, Gulnora Karimovaning xorijdagi aktivlarini qaytarish uchun ochiladigan jamg‘arma, bojxonada to‘xtatib qolingan 230 kg geroin, Qibrayda yupun kiyimda mehmon kutishga chiqarilgan o‘quvchi qizlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 15 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Tadbirkor Murod Nazarov Ocard suv brendi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qiziga tegishli ekanini ma’lum qildi. Ocard savdo belgisi patenti J-United Group korxonasiga tegishli. Bu kompaniya ta’sischisi esa Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev hisoblanadi.
Prezident qarori bilan 1-apreldan moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar mukofotlanadi. Qolaversa, 2023 yil qadar “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasi to‘liq ishga tushiriladi. Moliya vazirligi huzurida esa Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi.
UNICEF O‘zbekiston hukumatiga vaksinalarni saqlash omborlari uchun 500 ming dollardan ko‘proq qiymatdagi 118 muzlatgich, 7 ming dona termosumka va tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini topshirdi (foto).
Heritage Foundation tomonidan e’lon qilingan “Iqtisodiy erkinlik indeksi — 2022” reytingida O‘zbekiston 55,7 ball to‘plagan holda 177 davlat orasida 117-o‘rinni egalladi. Indeks metodologiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti asosan “erkin bo‘lmagan mamlakatlar” guruhida qoldi. Bundan tashqari, 119 davlatda (67,2 foizida) pasayish kuzatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting