Germaniyadagi fermer xo‘jaliklaridan birida malaka oshirayotgan O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan qulab tushib, vafot etdi.
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi Braziliyada Antonio Karlos Juniorga qarshi o‘tkaziladi.
Mudofaa vazirligi tomonidan 5 kilometrdan ortiqroq masofaga yugurish bo‘yicha «Vatanparvarlik aksiyasi» kichik marafoni o‘tkazildi.
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida bemorning tog‘asi tajovuziga uchragan shifokor ko‘rish qobiliyatini to‘liq yo‘qotdi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov vazirlikdagi boshqarma boshliqlari kamida 15−16 million so‘m oylik maosh olishayotganini bildirdi. Vazirlik ushbu ma’lumotni yanada oydinlashtirdi.
Ertaga O‘zbekistonning 25 ta saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar uchun takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Amsterdam Qirollik teatrida chiqish qilayotgan o‘zbekistonlik akrobatlar Kristina Vorobyova va Rustem Osmanov 10 metr balandlikdan qulab tushishdi.
Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari bilan turli xil sharoitlarda o‘t ochish istehkomlarini o‘zgartirgan holatda paydo bo‘luvchi va harakatlanuvchi nishonlarga o‘q uzish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Farg‘ona shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida Booster Max attraksioni buzilishi natijasida bir ayol vafot etdi. Inshoot 2019 yil dekabr oyida o‘rnatilgan.
Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov)ga nisbatan 2019 yil 30 dekabrdagi tayinlangan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi o‘zgartirishsiz qoldirildi.
Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyev feremerlar topshiriqni vaqtida bajarmagani uchun ularni haqoratlaganini tan oldi. Bu holat boshqa takrorlanmasligini bildirdi.
Yanvar oyidan poytaxt jamoat transportlari — avtobus hamda metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etila boshlandi.
«O‘zbekiston bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini takomillashtirish to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida bir necha yoshlar tayyorlagan qo‘lbola pirotexnika vositasi portlashi oqibatida maktab o‘quvchisi hayotdan ko‘z yumdi.
Andijonlik bloger Abdufatto Nuritdinovga oid ma’muriy ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tadi.
AOKA rahbari Komil Allamjonov andijonlik bloger Abdufatto Nuritdinovning qamoqqa olinganiga izoh berar ekan, tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum etish normasini tezroq bekor qilish zarurligini ta’kidladi.
So‘nggi bir yil ichida Norvegiya poytaxti Oslo yo‘llarida birorta ham piyoda yoki velosipedchi halok bo‘lmadi, o‘lim bilan yakunlangan birgina holat qayd etildi va unda haydovchi vafot etdi.
Qashqadaryo hokimiyati bug‘doy dalasini payhon qilgan qo‘ylar hokim v. b. topshirig‘i bilan so‘yilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Zoyir Mirzayev bunday topshiriqni bermagan, deya ma’lum qildi ma’muriyat.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda bulutli ob-havo saqlanib qoladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Shifokorlarning farmatsevtika tashkilotlari va dorixonalardan moliyaviy mukofot va rag‘bat olishiga taqiq qo‘yiladi. Retsept yozish talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting