O‘zbekistonga kirayotganlardan ekspress test olish tartibi joriy qilinishi navbatlar va odamlarning noroziligini yuzaga keltirdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati bir kun ichida mamlakatga tashrif buyurgan 15 mingdan ortiq kishining 151 nafarida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.
Endilikda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilarini rag‘batlantirish uchun har hafta bitta 100 mln so‘m miqdorida pul mukofoti va mingta velosiped o‘ynaladi. Yangi rag‘batlantirish tizimi ishga tushgani munosabati bilan 2022 yil 16 yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi.
Andijon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan viloyat perinatal markazi hududidagi 12 tup daraxt kesildi. Daraxtlarning kesilishi Ekologiya qo‘mitasi bilan kelishilmagan. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov daraxtlarni kesishga buyruq berganini hokimlik matbuot xizmati rad etdi.
15 yanvar kuni O‘zbekistonda 912 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanish holatlarining yarmi Toshkent shahrida (456 ta) qayd etildi.
O‘zbekiston prezidenti 5 yanvar kuni qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqib, 7 yanvar kuni odatdagi tartibda ishlashga kirishgan edi. Davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov aynan Qozog‘istondagi tartibsizliklar tufayli Shavkat Mirziyoyev mehnat ta’tilidan 2 kunda qaytgani ma’lum qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi joriy umra mavsumida ilk reyslar 22, 25 va 28 yanvar kunlari amalga oshirilishini ma’lum qildi. Safarga 2020 yilning fevraligacha ro‘yxatdan o‘tganlar boradi. Ziyoratchilar Astra-Zeneca, Moderna, Pfizer yoki Jonson&Jonson vaksinalari bilan to‘liq emlangan bo‘lishi lozim. Sputnik V va o‘zbek-xitoy vaksinalarini olganlar esa talab qilingan vaksinalardan birining ilk dozasini olishi yetarli bo‘ladi.
Global Firepower Index reytingida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy Osiyoda birinchi, MDH davlatlari orasida to‘rtinchi va dunyoning 140 mamlakati orasida 54 o‘rinni egallagan. Mamlakat harbiy qudratining tahlili.
Kiprning Lamanka Enterprises Limited hamda Buyuk Britaniyaning Virjiniya orollaridagi Giacinttar Limited kompaniyalari «Ohangaronsement» zavodidagi ulushlari sotuvga chiqarilganini ma’lum qildi. Aksiyalar paketi 1,88 trln so‘mga baholanmoqda.
Prezident hokim yordamchilarini hech qaysi hokim yoki rahbar majlislarga chaqirmasligi, turli hisobotlar bilan «ko‘mib tashlamasligi», hokimlar ular uchun faqat sharoit yaratib berishi kerakligini ta’kidladi. «Hokim yordamchilari har qanday byurokratiyadan xoli bo‘lishi lozim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident videoselektor yig‘ilishida mahallalardagi hokim yordamchilari odamlarni tadbirkorlik va dehqonchilikka o‘rgatish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarishi lozimligini ta’kidladi. Ushbu maqsadlarga esa shu yilning o‘zida 10 trln so‘m imtiyozli kredit va 2,5 trln so‘m subsidiya ajratiladi, har bir mahallaga o‘rtacha 1,3 mlrd so‘mdan to‘g‘ri keladi.
Poytaxtning 12 tumanida 24 soat faoliyat olib boruvchi kovid-poliklinikalar o‘z ishini boshladi. Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlangan (ro‘yxat).
Koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar ketma-ket yettinchi kun o‘sishda davom etmoqda — juma kuni yana 876 kishida virus aniqlandi. Eng ko‘p kasallanish holatlari Toshkent shahrida (434 ta holat) qayd etildi. 2 kishi esa COVID-19 oqibatida vafot etdi.
Uyda tayyorlanadigan sarimsoqpiyozli suxariklar, lavash va pishloqli chipslar, shprotlardan tayyorlangan pashtet, pishloqli lavash, pishloq va kolbasali «atirgullar», pishloq va ko‘katli pishiqlar — Zira.uz gazaklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
«Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi direksiyasidagi davlat ulushini investorga ishonchli boshqaruvga topshirish belgilanmoqda. Bundan tashqari, Arnasoy suv omborida bir yil muddatga baliq ovlashga moratoriy e’lon qilish rejalashtirilmoqda.
Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining 2021 yilda 146,8 mlrd dollargacha o‘sgani, Yevroparlamentning Ukraina bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi, Yaponiya sobiq bosh vaziri Tosiki Kayfuning vafot etgani, BMTning 11 milliondan ortiq afg‘on xotin-qizlari insonparvarlik yordamiga muhtoj ekanini bildirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
14 yanvar kuni kechki payt metroning Yunusobod yo‘nalishi «Turkiston» bekatida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tutun chiqishiga olib keldi. Nosozlik bartaraf etilgan, yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish tiklangan.
Onlayn auksionda sotilgan qariyb 300 mlrd so‘mlik avtoraqamlar, 16 fevral voqealarida qatnashganlikda gumon qilingan shaxsning O‘zbekistonga qaytarilgani, Sharof Rashidov nomi berilgan SamDU, emlanganlar o‘rtasidagi lotereya o‘tkazilishi va unga avtomobil qo‘yilgani, xonadonida baliq yetishtiruvchilarga beriladigan 81 mln so‘mlik kredit, tunda «tez yordam» stansiyasiga borgan vazir va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 14 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug‘bek Muhammadiyev prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U DXAga o‘tishdan oldin ham ushbu lavozimda faoliyat yuritgandi.
Maxsus komissiya qarori bilan 15 yanvardan O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etilmoqda. Test topshirish narxi so‘m ekvivalentida 5 AQSh dollari miqdorida bo‘ladi. Talabalarga 50 foiz chegirma beriladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,07 so‘mga pasayib, 10 839,97 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting